Asarining lisoniy xususiyatlari


Maqol  -  matal  va  hikmatli  so'zlar



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/38
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#275048
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
shaytanat asarining lisoniy xususiyatlari

Maqol  -  matal  va  hikmatli  so'zlar.  Maqollar  -  grammatik  jihatdan 

tugallangan  fikrni  bildiruvchi,  kichik,  ixcham,  o`tkir  mazmunli,  ko`chma 

ma‘noda yoki ham ko`chma ma‘noda, ham o`z ma‘nosida qo`llanadigan hikmatli 

xalq  iboralaridir.  Maqollarda  fikrni  lo`nda  va  tiniq  ifodalash  imkoniyatining 

mavjudligi  nutqning  ta‘sirchanligini  ta‘minlashda  juda  qo'l  keladi.  Badiiy 

matnning  xalqchilligini,  haqqoniyligini  ta‘minlashda  ham  maqollarga  murojaat 

qilinadi.  Qahramonlar  nutqini  boyitish,  emotsional-ekspressivlikka  erishish 

maqsadida  ham  maqollardan  keng  foydalaniladi.  Hikmatli  so`zlar  ma‘lum 

shaxslar  tomonidan  aytilgan  yoki  asarlarida  ishlatilgan  ixcham,  ma‘nodor, 

ishlatishga  qulay  va  quyma  fikrlardir.  Nutqqa  tayyor  holda  olib  kirish 

imkoniyatiga  ega  bo`lgan  bunday  so`zlar  ―aforizmlar‖  ham  deyiladi. 

Tilshunoslikda maqol-matal va hikmatli so`zlar ―paremalar‖ deb ham yuritiladi. 

Tohir  Malik  ushbu  asarida  xalq  og‘zaki  ijodining  go‘zal  namunalaridan 

sermahsul foydalangan. Misol keltiradigan bo`lsak: 

  ―Vatan  –  ya‘ni  ona  yurtni  sog`inish  darajalarini  belgilamoqda 

―musofir  bo`lmaguncha  musulmon  bo`lmas‖,  degan  hikmatni 

hisobga olmoq balki joizdir.‖ (IV kitob, 8-b.); 

  ―Bizda och qornim, tinch qulog‘im degan maqol bor‖ (II k, 535-b); 

  ―Ponani  pona  bilan  chiqaradi‖  deganlariday  o‘zi  ham  piching 

bilan javob qaytardi.‖

  ―Pichoqni  oldin  o‘zingga  ur,  og‘rimasa,  birovga  ur‖  degan 



hikmatni eshitmaganmisan?‖ (III kitob, 649-b); 

  ―Toqqa tog‘ning ishi tushmas ekan, odamga odamning ishi tushib 



turarkan.‖ (II kitob, 391-b.); 

  ―Meni  bilasan-a,  ―oqmasa  ham  soy  yaxshi,  boqmasa  ham  boy 



yaxshi‖ deydigan odamman.‖ 


25 

  ―Ishtonsizning  hadigi  cho‘pdan‖  deganlaridek,  Asadbek  har  bir 



qarashi  Kesakpolvonning  nigohiga  sanchilardi.‖    (IV  kitob,  173-

b.); 


  ―Chiqmagan  jondan  umid‖,  deganlariday,  Fima  titroq  ovozda 

o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi…‖ (V kitob, 651-b.). 

Ruscha maqollardan ham namunalar keltirilgan: ―Bularning bir maqoli bor: 



―Puling  bo‘lsa  xaltada,  yallo  qilgin  Yaltada‖,  shunaqami  a?‖;  ―O‘rislarda 

maqol  bor:  ―Tulaga  o‘z  samovari  bilan  borilmaydi.‖  (III  kitob,  683-b); 

―O‘rislar  aytadi-ku,  ―Baxt  yo‘q  edi,  baxtsizlik  qo‘llab  yubordi‖…‖  (V  kitob, 

644-b.);  ―Xa,  mayli,  o‘rislarning  gapi  bor-ku:  hechdan  ko‘ra  kech  ham 



yaxshiroq.‖  (V  kitob,  637-b.);  ―Bek  aka,  o‘rislarda  ―ehtiyotkor  odamni  Xudo 

ehtiyot qiladi‖ degan maqol bor.‖ (V kitob, 635-b.). 

Ba‘zi hikmatli so‘zlar esa, ―roviylar, mashoyixlar‖ tilidan zohir bo‘ladi: 



―Mashoyixlar:  ―Otamlatsang  otamlatgin,  bo‘tamlatmagin‖  deb  bejiz 

aytmaganlar.‖  (III  kitob,  729-b);  ―Bir  donishmand:  ―Aytgan  so‘zim  –  xojam, 

aytmaganim  –  qulim‖,  degan  ekan.‖  (V  kitob,  648-b.);  Payg`ambarimiz 

alayhissalom  ―o`lmasdan  burun  o`linglar‖,  deb  marhamat  qilganlar  (V  kitob, 

434-b.);  Shoir:  ―Har  nimaga  g‘am  yema  –  g‘am  ko‘p  durur,  aysh  birla  o‘zni 



ovutmoq  kerak‖  degan  ekan.  (IV  kitob,  273-b.);  Mashoyixlar:  ―Bedardning 

oldida boshimni og‘ritma‖, deganalricha bor. (III kitob, 591-b.). 

Bir  o‘rinda  arab  maqoli  ham  keltirilgan:  ―Arabning  ―Biz  bermoqni 



o‘rgandik,  olmoqni  o‘rgana  olmadik‖  maqolidagi  singari  olim  ham  beradi-yu, 

birovdan olmaydi.‖ (V kitob, 723-b.). 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish