Tarixiy so‟zlar. Jamiyat о‗sib-о‗zgarib borar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-ma‘naviy hayotdagi ba‘zi tushunchalar tamomila eskirib, amaliyotdan
chiqib ketadi. Badiiy asarda muayyan davr voqealari tasvirlanar ekan, ana shu
davrga oid bо‗lgan eski tushunchalarga murojaat qilmaslikning aslo iloji yо‗q.
Tilshunoslikda bunday tushunchalarni ifodalaydigan sо‗zlar «arxaik sо‗zlar» va
«istorizm – tarixiy sо‗zlar» degan nomlar ostida umumlashtiriladi. Tilning
hozirgi davri uchun eskilik bо‗yog‗iga ega bо‗lgan til birligi arxaizm deb
yuritiladi. «Arxaizm о‗zi nomlayotgan voqelikni anglatuvchi leksik birlik bilan
yonma-yon yashaydi.»
5
Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan davr
voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhini ta‘minlash maqsadida
qо‗llaniladi. Asarda jinoyatchilarning majlislari, yig‘inlari arxaizm bilan
berilganiga juda ko‘p o‘rinda ko‘zimiz tushadi: ―O‘ychi o‘yiga yetguncha,
tavakkalchi uyiga yetadi‖, deganlariday, hozir ―Nima qilsam ekan?‖ deb
mashvarat quradigan vaqt emas.‖ (V kitob, 701-b.); ―Asadbekning
kutilmaganda qozixonaga kirib kelishi Qozini ham, Qamariddin, uning o‘g‘lini
ham dovdiratib qo‘ydi.‖ (IV kitob, 290-b.).
Hozirgi kunda uchramaydigan, faqat
tarixiy narsa yoki voqea-hodisalarning nomini bildiruvchi so`zlar istorizm
(tarixiy so'zlar) deyiladi. Istorizmning arxaizmdan farqi shundaki, bugungi kunda
o`sha tarixiy voqelikning o`zi ham, uni anglatuvchi boshqa leksik birlik ham
bo`lmaydi, demak istorizm o`zi ifodalayotgan hodisaning yagona nomidir.
Masalan: amin, mingboshi, noyib, mirza, ellikboshi kabilar badiiy matnda
5
Sayfullayeva R., Mеngliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M. va boshq. Hozirgi o‘zbеk adabiy tili. – T.: FTM,
2009.
19
ishlatilganda kitobxon ijtimoiy boshqaruv tizimi bilan bog`liq tarixiy voqelikni
ko`z oldiga keltiradi. T.Malik ―Shaytanat‖ qissasida o`zbek xalqining mustaqillik
uchun kurashga qaratilgan milliy ozodlik harakati voqealari haqida ham bayon
qiladi, bunda u tarixiy so`zlardan o`tmish voqeligini real tasvirlash maqsadida
ishlatadi: ―Turkiston kerakkim muxtoriyat bo`lsun, muhokama shariyalar barpo
bo`lsun. ... Ammo mullalar syezdi Turkistondan askar olinmoqg`a qaror
beribdur, deb ilmodan balki ba‘zilar norozi bo`lur deb boshqa syezdga muquf
qo`yildi‖ (I kitob, 208-b.). Yana bir misolga e‘tiborimizni qarataylik; ―Moziy
tiliga ko‘chirilsa, ular - qo‘mondonidan ajralgan asirlar. Asirlarning taqdirini
esa hamisha g‘olib amirlar hal etganlar.‖ (III kitob, 658-b.). Adib jinoyat
olamini kichik bir saltanat sifatida takidlagani uchun ham to‘daboshisi
o‘ldirilgan guruhni tarixga qiyos aylab, qo‘mondonidan ajralgan asirlarga
o‘xshatgani bejiz emasligini ko‘ramiz (―Agar ta‘bir joiz bo‘lsa, Asadbek
shaytanat olamining ―o‘zga davlat‖ rahbari, yigitlar esa ―mag‘lub
mamlakat‖ning fuqarolari edilar‖). ―Hovuz polvon ―Hoy mirob, ovqat
berasizmi yo yo‘qmi?‖ deb baqiradi. Ikki-uch yil ichida u Mahmudning bobosi
bilan do‘stlashib, shunday hazil qilishga haddi sig‘ib qolgan edi.‖ (II kitob, 396-
b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |