3. AQSh va Rossiya Federatsiyasida g’aznachilik tizimi faoliyati
AQSh Senat Kongressining qaroriga muvofiq, g’aznachilik moliyani
boshqaruvchi doimiy organ xisoblanadi. Uning barcha vazifalarini quyidagi
organlar bajaradi. G’aznachilik sekretarlari - bosh idora, kontroler, auditor,
g’aznachilik inspektori va g’aznachilik sekretariat yordamchisi. G’aznachilik
sekretari lavozimiga birinchi bo’lib A.Gaminton tayinlangan bo’lib, u 1789 yil 11
sentyabrdan 1795 yilgacha ushbu vazifani bajardi. O’n yillar mobaynida
g’aznachilik funktsiyasi kengaytib va murakkablashib bordi. Bugungi kunda
G’aznachilik AQShda hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat
loyihalarini ishlab chiquvchi yagona muassasasidir. AQShda g’aznachilik uchta
asosiy funktsiyani bajaradi:
1. Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish,
soliq siyosatini yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo’yicha asosiy iqtisodiy
maslaxatchisidir.
2. G’aznachilik davlatga moliya xizmati ko’rsatish bo’yicha funktsiyalarni
bajaradi:
davlat pul mablag’larini xisobga olish;
omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarish;
soliq to’lovlari va bojxona bojlarini yig’ish;
milliy banklar faoliyatini nazorat qilish;
tangalar zarb qilish, qog’oz pullar va pochta markalari chiqarish.
3.Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g’aznachilik Prezident, Vitse
prezident ularning oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U
225
firibgarlar, kontrabandist, butlegerlar, davlat chek va qimmatbaxo qog’ozlarini
qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash, o’q otar qurollar savdosini nazorat
qilish va qonun nazorati bo’yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan ortiq federal
tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda g’aznachilik
AQSh hukumatining tashqi aloqalar bo’yicha vakilidir. AQSh tomonidan XVF,
XTTB, Amerika tarakiyot bankining boshqaruvchisidir. Shuningdek AQSh
G’aznachiligi ko’p sonli qo’mita va uyushma, sug’urta fondining a’zosidir.
G’aznachilik milliy omonat muassasalari faoliyatini nazorat qiladi, ularga
litsenziyalar beradi va omonat xolding kompaniyalarini faoliyatini nazorat qiladi.
Xolding – aktsiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi, o’z mablag’ini boshqa
kompaniyalar nazorat paketini sotib olishga sarflaydi va ularni nazorat qiladi.
G’aznachilik Kongressga mamlakatning moliyaviy xolati bo’yicha yillik
hisobot tayyorlaydi va taqdim etadi. G’aznachilik tomonidan doimiy nashr
etiladigan hisobotlar g’aznachilikning kunlik hisoboti, AQShning ichki qarzi
bo’yicha oylik hisobot, AQShning daromad va xarajatlari bo’yicha oylik hisobot
va muomaladagi pul mablag’lari bo’yicha oylik hisobotni o’z ichiga oladi.
Shuningdek g’aznachilik oylik byudjetni ham chop etadi. Oylik byudjetda quyidagi
ma’lumotlar beriladi:
Federal hukumatning moliyaviy operatsiyalari;
Federal hukumatning pul majburiyatlari;
G’aznachilik hisobvarag’idagi fereral va qarz mablag’lari statistikasi;
davlat qarzlarini moliyalashtirish;
davlat omonat obligatsiyalari;
davlat qimmatli qog’ozlaring bozor kotirovkasi;
davlat qimmatli qog’ozlarning egalik tarkibi;
tijorat banklardagi g’aznachilik mulki tarkibi;
uzoq muddatli obligatsiyalarining daromadlilik darajasi;
xalqaro moliyaviy statistika;
kapital xarakatlar statistikasi.
valyuta rezervlari;
226
davlat agentliklari va fondlarining moliyaviy operatsiyalari.
AQSh G’aznachiligi funktsiyalari quyidagilardan iborat. G’aznachilik Nyu-
Yorkdagi Federal jamg’arma bankidagi o’zining yagona hisob raqami bo’yicha
barcha tushumlarni va to’lovlarni nazorat qiladi hamda hukumatning bankdagi
hisob raqamlarini nazorat qiladi. G’aznachilik tushumlarni yig’ish uchun bank
tizimidan foydalanadi.G’aznachilik 4-6 oyga, kunlik taqsimoti bilan, o’zgaruvchan
moliyaviy grafikni tayyorlaydi va uni har oyda yangilaydi.
AQSh G’aznachiligi:
davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarishni nazorat qiladi va hajmi,
muddatlari va auktsionlarda joylashtirish bilan bog’liq masalalarnihal
qiladi.
kimmatli qog’ozlarining ikkilamchi bozori uchun tartib- qoidalarni
belgilaydi;
barcha soliq va bojxona bojlarini yig’adi va ayrim muassasalar uchun
foydalanganlik va xizmatlar uchun to’lovlarni markazlashgan tarzda
yig’ishni ta’minlaydi.
xarajatlarga byudjet birligi talabnomasi bo’yicha byudjet ajratmalari
doirasida amalga oshiriladi. Ajratmalar tuzilmasi G’aznachilik va
Ma’muriy - byudjet boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi;
buxgalteriya hisob-kitobida tashkilotlarga yo’riqnomalarni tayyorlash,
ularning talabnomalarini olish, har oylik hisobotlarni va yillik
moliyaviy
qaydnomalarni tayyorlash uchun javob beradi.
Dunyoning rivojlangan kapitalistik davlati-AQShda davlat byudjetini
tayyorlash va ijrosini tashkil etilishiga mamlakat Prezidentining Ma’muriyatiga
kiruvchi Byudjet Boshqaruvi Idorasi (Office of Management and Budget) (BBI)
javob beradi. AQSh Kongresi tomonidan ajratmalar xarajatlari haqidagi qarorlar
Prezident ma’muriyatidagi tarmoqlar departamentlari orqali nazorat qilinadi.
Quyidagi rasmda byudjetning qarzga olingan pul oqimlari ko’rsatilgan. U
shaxodatlangan $78.1 mlrd pul mablag’lari oqimlarini g’aznachilikka, dasturlar
227
hisobraqamiga, moliyalashtirish hisobraqamiga, qarz va xususiy qarz beruvchilar
o’rtasida taqsimlangan. Bu zayomlar ichida hisoblangan subsidiyalar xarajatlari
$2.9mlrdni tashkil qilgan. Bu so’rov moliya yilida dasturlar hisobvarag’iga
qiritilgan va shaxodatlangan qarzlar bo’yicha majburiyatlar tasdiqlanganda
moliyalashtirish hisobvarag’iga o’tkazilgan. Shu moliyaviy yilda $1.5 milliardni
xususiy kreditorlarning majburiyatlari bo’yicha hisob to’lovlariga o’tkazilgan.
Dastur hisobraqamlaridan subsidiyalangan ajratmalardan tashqari qarz
beruvchilardan xizmatlari (komission to’lov) uchun ham ($2.2mlrd) olingan u
rezervda saqlangan va G’aznachilik tomonidan foizlar ($0.1mlrd.) o’tkazilgan.
Rezervlar xususiy kreditorlarning to’lovlariga defolt vaqtida to’lanmagan) holatida
($0.4mlrd. ) foydalanilgan (5-ilova).
Nodavlat moliyaviy nazorati ichki (byudjet tashkiloti, g’aznachilik, firma,
korporativ) va tashqi (auiditorlik) nazoratlariga bo’linadi. Nazoratning davlat va
nodavlat turlari o’tkazish usullariga ko’ra o’xshash bo’lishi bilan birgalikda oxirgi
maqsadlari bo’yicha bir biridan keskin farq qiladi. Nodavlat moliyaviy
nazoratining asosiy maqsadi esa- xo’jalik sub’ektlari tomonidan davlat hisobiga
soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish
hisobiga quyilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi.
AQSh g’aznachiligi (Treasure Department) hamma davlat tushumlari va
to’lovlar tizimi ustidan nazoratni amalga oshiradi. G’aznachilik tarkibiga Soliq
boshqaruvi va Bojxona boshqaruvi kiradi. Shu bo’linmalar orqali G’aznachilik,
hamma soliq va bojxona yig’imlari va davlat bojlari hamda ayrim muassasalar
xizmatlari evaziga tushumlarni yig’ib oladi. G’aznachilikning bosh hisobraqami
Federal rezerv tizimida (AQSh Markaziy bankida) yuritiladi. Shu bilan birga
g’aznachilik hukumat hisob raqamini nazorat qiladi. Daromadlar va tushumlar
yig’imi bank tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat mablag’lari xarajatini hisobi va auditini Bosh Nazoratchi
boshchiligidagi Bosh Hisob Boshqarmasi (BHB) (General Accounting Office)
ta’minlaydi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari va prognozi Internet
tizimida AQSh G’aznachiligining saytida chop etiladi. Chop etilgan
228
ma’lumotlarning maxsus bo’limi kassa operatsiyalari va majburiyatlarni bajarish
operatsiyalariga bag’ishlangan.Kongresning taqdimotiga va Prezident tasdiqlagan
ajratmalarga asoslangan ravishda byudjet mablag’larini oluvchilar G’aznachilikka
rasmiy talabnoma taqdim qilishadi. G’aznachilik departamentlarga ajratilgan
ulushni Byudjet Boshqaruvi Idorasi bilan birgalikda nazorat qiladi. Shu bilan birga,
BBI departamentlar xarajatlari tarkibiga umumiy holda javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |