Qosimova G. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2013. - 476 b.
216
Amerika Qo’shma Shtatlarida Moliya vazirligi G’aznachiligi bevosita
Prezidentga bo’ysunadigan bo’linma bo’lib, keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy
funktsiyalarni bajaradi. Jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalar:
byudjetni tayyorlash uchun mas’ul Ma’muriy - byudjet boshqarmasi (BMB) va
qator hisob-kitob va audit funktsiyalari uchun mas’ul Byudjet - nazorat bosh
boshqarmasi (BNBB)dir. Soliq va bojxona boshqarmalari G’aznachilikning bir
qismi hisoblanadi.
Byudjetning xarajatlar bo’yicha ijrosi Byudjet direktorati tomonidan nazorat
qilinadi. Byudjet derektorati o’z tizimiga qarashli moliyaviy nazoratchilar
yordamida mablag’larni xarajat qilishni nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq
nazorat qilinadi: Frantsiyadagi G’aznachilik Avstraliyadagi G’aznachilik kabi
davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqaradi, muomalaga qimmatli qog’ozlarni
chiqarishni nazorat qiladi, ularni hajmiga, to’lov muddatiga va tarkibiga bog’liq
masalalarni echadi. Frantsiyada ham davlat moliya axborot tizimi samarali faoliyat
ko’rsatadi. Mazkur tizimda byudjetni tayyorlash, byudjet xujjatlarini nashr qilish
va byudjet ijrosi amalga oshiriladi. Shuningdek, Byudjet derektorati va tarmoq
vazirliklarini bog’laydigan boshqa tizimlar ham mavjud. Buxgalteriya yozuvlari
(provodkalar) asosida yagona hisobraqamdagi mablag’lar to’g’risida to’liq axborot
olish uchun bir kun ketadi, har xafta to’liq kengaytirilgan ma’lumotlar olish
mumkin. Davlat moliyasini boshqarish uni hisob-kitobini yuritish mablag’ jalb
qilish bilan olib boriladi. U davlat majburiyatlarini boshqaradi, ichki va tashqi
mablag’ni jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat qarzlari
to’g’risidagi hisobotni tayyorlaydi.
Quyidagi jadvalda Frantsiyaning Davlat byudjeti daromadlari to’g’risida ma’lumot
berilgan.
217
2-rasm. Frantsiyaning g’aznachilik tizimida daromadlarni yig’ish
Frantsiyaning Davlat byudjeti daromadlari yig’ish funktsiyalarni bajarish
uchun soliqli to’lovlar va to’lovlarni yig’ishning avtomatlashtirilgan protseduralari
ishlab chiqilgan. Qo’shimcha qiymat solig’ini to’laydigan 2000 ga yaqin soliq
to’lovchilar to’lovlarni to’g’ridan-to’g’ri Markaziy bankning yagona hisobraqamga
o’tkazadi, qolgan soliqlarning 50 foizi Tushumlar Derektorati tomonidan, 35 foizi
Davlatning hisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi tomonidan, 15 foizi Bojxona
xizmati tomonidan yig’iladi. Frantsiyadagi g’aznachilik tizimi faoliyatining eng
muxim tomonlaridan biri shundaki, kadrlar masalasiga alohida e’tibor beriladi.
Frantsiyada o’tgan yillar mobaynida Davlat G’aznasi Bosh Boshqarmasi kadrlarni
sifatli tanlash va xodimlarni samarali boshqarishga alohida e’tibor berdi.
2-jadval.
Frantsiyaning Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari to’g’risida ma’lumot
76
Do'stlaringiz bilan baham: