3) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari buyurtmachi bo’lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesini;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo’limlarini saqlab turish
xarajatlari;
193
5) Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalarini
shakllantirish xarajatlari;
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo’yilishi
munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o’rnini
qoplash xarajatlari;
7) Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag’lari hisobidan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning
viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va
shaharlar byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o’tkazib
beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.
Shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga
oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu
jumladan:
- tuman (shahar) xalq ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan
ta’minlash va tashkil etish bo’limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha
ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab
turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
- tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-
profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
- qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash
tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
- tuman va shahar madaniyat va sport ishlari bo’yicha bo’limlari tasarrufidagi
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
194
- fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan
oilalarga tayinlanadigan hamda to’lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam,
tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam
ko’rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni
va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi
shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
- veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish
stantsiyalarini saqlab turish;
- shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko’chalarini, shuningdek
xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini ta’mirlash;
- uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
- aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo’limlarini saqlab turish
xarajatlari;
4) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar
byudjetlarining mablag’lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim
tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari moliya yili mobaynida
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo’shimcha, ko’zda tutilmagan
xarajatlar o’z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash uchun tashkil
etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari mablag’lari tegishincha
O’zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjeti,
Qoraqalpog’iston
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va
195
Toshkent shahrining shahar byudjetiga tushadigan daromadlar hisobidan
shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari miqdori asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi hamda Davlat byudjetining asosiy
parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari mablag’larining
taqsimlovchilari tegishincha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlaridir.
Mahalliy byudjetlarning ijrosini ta’minlash moliya, soliq, g’aznachilik organlari
tomonidan belgilangan vakolatlar asosida amalga oshiriladi.
Hududiy moliya organlari – Qoraqalpog’iston Respublikasining Moliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari,
tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlaridir
62
Hududiy moliya organlarining mahalliy byudjetlar ijrosini ta’minlashdagi
vakolatlari Byudjet kodeksining 30-moddasida belgilangan bo’lib, unga ko’ra
Do'stlaringiz bilan baham: |