755
qilinishini belgilaydi. Shu bilan birga byudjet tasnifi byudjetning oshkoralik va
muvofiqligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
203
Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor xarajatlar ob’ektidan mablag‘larni
davlatning strategik maqsadlarini ijrosini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan
davlatning dasturlarini amalga oshirishga ajratilishiga qaratiladi.
Mablag‘lar turli maqsadlar (natijalar) va davlat mablag‘larini
boshqaruvchi organlari xarajatlari uchun ajratiladi, shu bilan birga natijalarga
erishishning iqtisodiy jixatdan foydaliroq va innovatsion usullarini izlashadi.
Markaziy byudjet boshqaruvi har bir tashkilotning dasturiy maqsadlariga erishish
uchun qaratilgan.
204
O‘zbekiston
Respublikasi
Byudjet
Kodeksining
byudjet
tasnifi
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari,
shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat
bo‘lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni
tizimlashtirish uchun foydalaniladi. Byudjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga
muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlanadi.
Byudjet tasnifi:
• davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish
maqsadida byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalaniladi;
• mamlakat byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan
shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi.
Soliq bazalarining kengayishi, soliq tizimiga o‘zgartirishlar kiritilishi, yangi
soliq turlarining joriy etilishi yoki amaldagi soliqlarning bekor qilinishi,
shuningdek, davlat oldidagi vazifalarning o‘zgarishi bilan byudjet xarajatlari
203
“Budget Classification” Davina Jacobs, Jean-Luc Hélis, and Dominique Bouley. December 2009.
International Monetary FundFiscal Affairs DepartmentWashington, DC.USA
204
Budgeting andbudgetaryinstitutions.Anwar Shah. 2007. The International Bank for Reconstruction and
Development / The World Bank 1818 H Street,NWWashington, DC. ISBN 0-8213-6939-3
756
tarkibining o‘zgarishi amaldagi byudjet tasnifiga tegishli o‘zgartishlar kiritilishini
taqozo etadi.
Shu sababli byudjet amaliyoti taraqqiyotining ma’lum bosqichlariga kelib,
mavjud byudjet tasnifnomasiga o‘zgartishlar kiritib turiladi. Byudjet tasnifi qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Byudjet ko‘rsatkichlarining milliy
tasniflash tizimini ishlab chiqishda xalqaro tasniflash tamoyillariga rioya qilinishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: