Elektron davlat xaridlarida buyurtmachilar va etkazib beruvchilar
ishtirok etishi uchun yaratilgan qulaylik
Eng asosiy va muhim afzallik shundaki, davlat xaridlari bo’yicha barcha
operatsiyalar Elektron raqamli imzodan foydalangan holda buyurtmachining
shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Bu esa O’zRTXBga kelish
majburiyatidan ozod qiladi, ya’ni davlat xaridlarida ishtirok etishingiz uchun
qog’oz shaklidagi hujjatlar talab etilmaydi, barcha operatsiyalar – ro’yxatdan
o’tishdan tortib to tovarni sotish yoki qabul qilib olishgacha bo’lgan jarayon
elektron tarzda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |