5-jadval.
Rivojlangan mamlakatlar G’aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi
79
Mamlakatlar
G’aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi
Avstraliya
Yagona hisobraqam
Frantsiya
Yagona hisobraqam, hududiy hisobraqam
Germaniya
Yagona hisobraqam, hududiy xisobraqam
Yaponiya
Yagona hisobraqam. U bir vaqtning o’zida davlat boshqaruvi
organlari bilan bog’liq bo’lgan moliya muassasalariga xizmat
ko’rsatadi
Angliya
Yagona hisobraqam
AQSh
Yagona hisobraqam, tijorat banklaridagi g’aznachilik, soliq va
ssuda hisobraqamlari
79
Eshnazarov T. G’aznachilikning yagona hisobvaragi: nazariya va amaliyot. \\ Moliya. 2009 yil. 1-son. 43 bet.
240
Ko’rib chiqilayotgan mamlakatlar g’aznachiligining institutsional asoslarini
o’rganishda qanday byudjet masalalariga javob berishini va byudjet ijrosini kim
nazorat qilishini aniqlab olishimiz lozim. Bu borada Angliyaning amaldagi modeli
e’tiborni tortadi. Mamlakatda g’aznachilik byudjet masalalarining barcha
jihatlariga javob beradi, kadrlar masalalari bilan shug’ullanadi, byudjet ijrosi
bo’yicha nazoratni tashkil etish, shuningdek, mavjud resurslar boshqaruvi
jarayonini ham o’z ichiga oladi.
Tadqiqot jarayonida o’rganilgan davlatlarning barchasida moliyaviy aktivlarni
boshqarish siyosati tarmoq departamentlari, boshqarmalari va vazirliklari
tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur davlatlarda byudjet ijrosi quyidagilarni
nazarda tutadi:
soliqlar va boshqa tushumlarni yig’ishni;
bank bilan o’zaro aloqani (tushumlarni bank orqali yig’ishda);
daromad tushumlari nazoratini;
turli darajadagi davlat boshkaruv organlari o’rtasida tushumlarni
taqsimlashini.
AQSh va Avstraliyada davlat byudjeti daromadi ijrosida g’aznachilik faol rol
o’ynaydi. U o’zining soliq va bojxona boshqarmalari orqali bank tizimi bilan
o’zaro aloqada bo’lib, barcha soliq va bojxona bojlarni yig’ishga javob beradi.
G’aznachilik Avstraliyada soliq boshqarmasi soliqlar to’lovlari bo’yicha
tushumlarni ta’minlaydi. Angliya va Frantsiyada g’aznachilik soliqlar va bojxona
to’lovlarini yig’ishda ishtirok etmaydi. U faqatgina jamlanma fondga va
g’aznachilikning yagona hisobraqamiga kelib tushgan jami tushumlarni kuzatadi.
Byudjetning xarajat bo’yicha ijrosida AQSh, Avstraliya va Angliya
g’aznachiligi passiv rol o’ynaydi. Bunda byudjet assignovaniyalari doirasida
to’lovlarni va nazoratni tarmoq departamentlari amalga oshiradi. Frantsiyada
byudjetning xarajat qismi bo’yicha nazoratni Byudjet direktorati olib boradi.
Fikrimizcha, byudjetning joriy holatida, agar xarajatler xuddi majburiyatlar va
241
to’lov
topshiriqnomalarini
kabul qilish,
to’lovlarni
amalga
oshirish
bosqichlaridagidek qattiq nazorat qilinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
G’aznachilikni struktura sifatida byudjet ijrosi bilan bog’liq holda ko’rib
chiqishda quyidagilarni ta’kidlash kerak: g’aznachilik byudjet ijrosi bilan bog’liq
masalalarga to’g’ridan-to’g’ri aralashmaydi, u faqatgina byudjet muassasalariga
dasturlarni amalga oshirish uchun mablag’ ajratadi yoki byudjet ijrosi jarayonida
ancha faol ishtirok etishi mumkin. Masalan, u majburiyatlar chegaralarini
o’rnatishga va xarajatlar to’lovini yoki oldindan belgilangan mezon asosida aniq
xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat berish hukuqiga ega.
G’aznachilikka moliyaviy boshqaruv bo’yicha asosiy majburiyatlar
yuklatilgan. Mablag’larni boshqarish uning muhim va asosiy faoliyati hisoblanadi.
U hukumatning hisobraqamiga barcha tushumlar va to’lovlarni shuningdek,
tushumlarni yig’ish jarayonidagi operatsion faoliyatni va to’lovlarni amalga
oshirish jarayoni nazoratini ta’minlaydi. AQSh va Angliyada g’aznachilik
buxgalteriya hisobi metodikasini o’rnatadi, umumiy hisob, muassasalarga
yo’riqnoma, oylik va yillik moliyaviy hisobotlarni tayerlash uchun javob beradi.
Ko’rib chiqilgan davlatlarning barchasida g’aznachilik ichki nazorat va audit bilan
shug’ullanadi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSh. Angliya, Frantsiya, Germaniya va
boshkalar) g’aznachilik tizimi tahlili shuni ko’rsatadiki, G’YaHni Markaziy
bankda ochish g’aznachilikni tashkil etishning asosiy talablaridan biridir. Milliy
bankda G’YaHidan foydalanish davlatning bo’sh turgan mablag’larini bir joyga
yig’ish, ulardan samarali foydalanish, nakd pul oqimlarini boshqarish va kassa
to’lovlarini vaqtida hech qanday majburiyatlar jalb qilmasdan amalga oshirish
imkonini beradi.
Rossiyada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2008 yildan boshlab
“Axborotlashgan Jamiyatni rivojlantirishi Strategiyasi” joriy etilmoqda. Mazkur
strategiyani maqsadi Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy
madaniy va diniy jihatdan jamiyatini rivojlantirish, aholining turmush darajasini
242
oshirish, davlat boshqaruv tizimi zamonaviy axborot va telkommunikatsiya
texnologiyalarini ko’llash orqali takomillashtirishdir.
Kanadada «Elektron xukumat» asosiy vazifasi xarajatlarni o’z vaqtida
moliyalashtirish va byudjet mablag’laridan foydalanishda samaradorlikka
erishishdan iborat. Shuning uchun bu borada taraqqiy etgan mamlakatlar,
jumladan, Kanadada joriy etilgan «Elektron xukumat» axborot tizimini o’rganish
muhimdir. O’zbekiston uchun Kanadaning «Elektron hukumat» tajribasini
o’rganishning ahamiyati katta. «Elektron hukumat»ni tuzish uchun Kanada
hukumati tomonidan 2000 -2006 yillarda 34ta vazirlik va idoralar qamrab olingan.
Dasturining asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
fuqarolarga 130 dan ortiq hukumat xizmatlarini elektron ko’rinishda
takdim etishi;
foydalanuvchilarga elektron xizmatlarga cheksiz foydalanish imkoni
berish;
xizmatchilarni tezkor etkazish va o’tkazuvchi loyihalarni ishlab chikish;
shaxsiy ma’lumotlarni va axborotlarni himoyalash infrastrukturasini
yaratish;
«Elektron hukumat» faoliyati uchun standart va me’yoriy cheklovlar
ishlab chiqish.
Kanadada 2003 yil sentyabrdan mazkur dasturni boshqarish ishlarini
G’aznachilik Soveti va Hukumat xizmatlari va jamoatchilik ishlari vazirligi
bajardi. 2001 yil sentyabrdan dasturni boshqarish uchun G’aznachilik Soveti
boshchiligida maslahatlar guruhi jalb etildi, uning tarkibiga Kanada
iqtisodiyotining turli sohalaridan vakillar kiritildi.
Dasturni boshqarishining asosiy e’tibori, uni amalga oshirish rejasi va amalga
oshirsh jarayonini monitoring qilishdir. 2003 yilga qadar bu va axborot
texnologiyalari boshqarmasi amalga oshirgan bo’lsa, keyinchalik hukumat
xizmatlari vazirligiga o’tdi. Ular «Elektron xukumat»ning aniq bir tashkilotda
amalga oshirilishiga javobgardirlar.
243
Hozirgi paytda devonxona asosiy e’tiborni olti yil davomida to’plangan
tajribalarni targ’ib etish yakuniy natijaga yo’naltirilgan tadbiq etish vositalarini
topishga qaratmoqda, davlat sektorida axborot va axborot texnologiyalarini
boshqarish masalalari bo’yicha vakolatni kengash va davlat sektori xizmatlarini
tashkil etish masalalari bo’yicha kengashdan iborat. Dasturning samaradorligini
baholash uchun 11 turdagi ko’rsatgichlar ishlab chiqildi, bu ko’rsatkichlar uch
asosiy yo’nalishga bo’lingan:axborot sifati; elektron xizmat sifati; elektron aloqa
sifati. Rossiya Federatsiyasida 2007 yil 6 martda “Federal g’aznachilik va uning
hududiy organlari axborotlariga ruxsat berilishini ta’minlash xaqida” gi Federal
g’aznachilik buyrug’i bilan federal g’aznachilik faoliyatiga doir axborotlarga
fuqarolar va tashkilotlarning kirishi umumiy talablar asosida o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |