Texnologiyasi


Dori  turining  ahamiyati



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

Dori  turining  ahamiyati.  Dori  turi  bilan  davolash  uning  eng  qu- 
lay  ishlatish  yo‘1ini  tanlashga  bog'Iiq.  Shuning  uchun  dori  ishlab 
chiqarishning 
0
‘sishi  uni  tayyorlash  jarayonlarining  takomillashishi  va 
yangi  dori  turlarining  yaratilishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Dori  turi  dialektik 
nuqtayi  nazardan  dori  va  yordamchi  moddalar  hamda  texnologik 
jarayonlar  majmuasidir.  Dori  turini  tanlash  uni  tanaga  yuborish  yo‘lini 
ham  ifodalaydi.  Shu  sababdan  dorilarning  so'rilishi,  ta'sir  qilishi 
uchun  ketgan  vaqt  hamda  qaysi  a'zoga  ta'sir  ko'rsatishi  dori  turini 
yuborish  usuliga  bog‘liq  bo'ladi.  Masalan,  nitroglitserin  tabletkasi  til 
OStiga  qo'yilganda,  2-5  daqiqa  ichida  o‘z  ta'sirini  ko‘rsatadi.  Aerozol 
holdagi  oktil  nitrat  og‘iz  bo‘shlig‘iga  purkalganda  esa  30  soniya 
ichida  stenokardiya  xurujini  to‘xtatadi.  Astma  kasali  xuruj  qilganda 
ishlatiladigan  prednizolon  va  efedrin  ham  aerozolga  qaraganda  bir necha 
marta  tez  ta'sir  qiladi.  Bu  dori  turi  ta'sir  qilish  tezligi  bo'yicha  ko'pincha 
inyeksiya uchun  ishlatiiadigan  dorilardan  ham ustun turadi.
Ayrim  hollarda  ichishga  buyurilgan  dori  turiga  nisbatan  yo'g'on 
ichak  orqali  (rektal)  yuborilgan  dori  turi  afzalroq  hisoblanadi.  Masalan, 
sistamin  gidroxlorid  tabletkasi  qabul  qilinganda  so‘rilish  58%  ni  tashkil 
etsa,  xuddi  shu  miqdordagi  shamcha  shakli  ishlatilganda  85,5%  so‘riladi. 
Amidopirin  shamcha  shaklida  ishlatilganda  5  daqiqadan  so‘ng  qonga 
so‘rilih  o‘tganligi  aniqlangan.  Kukun  holida  ishlatilganda  esa  15-20
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


daqiqadan  so'nggina  qonda  aniqlangan.  Xuddi  shunday  holat  izadrin 
gidroxloridda  ham  kuzatilgan.
Tiotriazazin  preparati  jigar  kasalliklarida  va  yaralarni  davolashda 
ishlatiladi.  Uning  3  xil  dori  turi  yaratilib  (eritma,  tabletka,  shamcha),  har 
xil  usullar  bilan  (og'iz  orqali,  yo‘g‘on  ichakka,  mushak  orasiga  va  qorin 
bo‘shlig‘iga)  yuborib  ko‘rilganda,  ularning  hammasi  jigar  kasalligini 
davolashni  tezlashtirishi,  lekin  tablctka  dori  turining  terapevtik  unum- 
dorligi  yuqori  ekanligi  kuzatilgan.
Htaden  qiyin  bitadigan  yaralarni  davolashda  ishlatiladi.  Undan 
venaga,  yo‘g‘on  ichakka  yuboriladigan  va  og‘iz  orqali  qabul  qilinadigan 
dori  turlari  tayyorlangan.  Ular  ichida  shamchalarning  terapevtik 
unumdorligi  yaxshiroq ekanligi  aniqlangan.
Triftazin  qiyom  holida  ishlatilganda  tabletka  dori  turiga  nisbatan  tez 
so‘riladi  va uzoq  muddat ta'sir etadi.
Furaginning  kapsula  holdagi  so‘rilishi  87%,  tabletka  holida  esa  50% 
ni  tashkil  etadi  Ovqatdan  so‘ng  qabul  qilinganida  esa  so'rilishi  8  marta 
ortadi.
Fenasol  granula  holida  tabletka  va  kukun  holidagiga  nisbatan  faolroq 
ta'sir ko‘rsatishi  tajribada isbotlangan.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish