ANTIBIOTIKLAR BILAN ERITMALAR (TOMCHILAR)
TAYYORLASH
Antibiotiklar bilan suvli eritmalar (ko‘z tomchilari, burun uchun
tomchilar) aseptik sharoitda tayyorlanadi. Ko‘p antibiotiklar termolabil
moddalar bo‘lib, ularning eritmalari sterilizatsiya qilinmaydi, faqatgina
levomitsetinning eritmasini IOO°Cda 30 daqiqa sterillash mumkin.
01ing:Natriy benzilpenitsillin 100000 TB
Natriy xloridning 0,9 % li eritmasidan 10 ml.
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 2 tomchidan kuniga 3 marta ko'zga
tomizish uchun.
Pasport:
Natriy benzilpenitsillin 100000 TB (0,06 g)
Natriy xlorid 0,09
Inyeksiya suvidan 10 ml.
Umumiy hajm 10 ml.
Aseptik sharoitda sterillangan yordamchi idishda 5 ml inyeksiya
uchun suvda 0,06 g natriy benzilpenitsillin tuzi va 0,09 g natriy xlorid
eritiladi. Eritmani qog‘oz filtr (filtr qog'oz oldin inyeksiya suvi bilan
yuvilgan) va paxta tamponi orqali shisha idishga filtrlanadi, so‘ngra filtr
qog‘ozni qolgan inyeksiya suvi bilan shisha idish yuviladi. Shisha idish
rezina tiqin bilan berkitiladi Eritmada mexanik aralashmalar bor-yo‘qligi
tekshiriladi. Shisha idish metall qopqoqcha bilan berkitilib, ko‘z tomchi
yorlig'i bilan jihozlanadi.
307
www.ziyouz.com kutubxonasi
ANTIBIOTIKLAR BILAN POROSHOKLAR
TAYYORLASH
Antibiotiklar poroshok shaklida ko'pincha sulfanilamid preparatlari
va boshqa moddalar bilan birga beriladi.
Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni
umumiy tayyorlash texnologiyasiga asoslangan holda tayyorlanadi.
Rp:
Sulfadimezini
Streptocidi
Synthomytcini ana 1,0
Ephedrini hydrochloridi 0,1
M. D. S. Hidlash uchun poroshok.
Aseptik sharoitda steril hovonchada 1 g streptotsid 10 tomchi etil
spirti yordamida maydalanadi Ustiga sulfadimczin solib yana maydalash
davom ettiriladi. Hovonchada aralashmadan taxminan 0,1 g qoldirilib,
qolgan qismi kapsulaga olib qo‘yiladi. So'ngra hovonchaga 0,1 g efcdrin
gidroxlorid solib yaxshilab maydalanadi va kapsulaga olib qo'yilgan
kukundan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
Aralashma quritgich shkafida 150°C haroratda 1 soat davomida
sterillanadi. So‘ngra poroshok tayyorlash qoidasiga ko'ra 1 g sintomitsin
qo‘shiladi. Poroshok sterillangan shisha idishga solinib, og'zi buraladigan
qopqoq bilan yopiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi. Xona harorati 10°C
dan yuqori boimagan quruq joyda saqlanadi.
A N TIB IO TIK LA R BILAN SURTMALAR
TAYYORLASH
Dermatologiya va ko‘z kasalliklarini davolashda tarkibiga antibiotik
kiritilgan surtmalar ko‘p ishlatiladi.
A ntibiotiklar bilan surtm a dorilar tayyorlash. Surtma dorilar
antibiotiklar bilan aseptik sharoitda surtma dorilar tayyorlash texnolo-
giyasi qoidalariga asoslanib tayyorlanadi. Asos retseptda ko'rsatilmagan
bo'lsa, unda 60 qism vazclin va 40 qism suvsiz lanolin aralashmasi
ishlatiladi. Asosni tayyorlash uchun vazelin va suvsiz lanolin eritilib,
150°C haroratda i soat mobaynida sterillanadi. Antibiotiklar suvli sha-
roitda tez inaktivatsiyaga uchraydi, shu sababli ularni asosga suspenziya
308
www.ziyouz.com kutubxonasi
holatida qo'shish kerak. Buning uchun ularni sterillangan vazelin moyi
yoki eritilgan asos bilan eziladi.
01ing:Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 TB.
Suvsiz lanolin 4,0
Vazelin 6,0
Aralashtiring, surtma dori hosil bolsin.
Bering Belgilang. Ko'zga surtish uchun.
Pasport:
Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 TB. (0,06g)
Vazelin 6,0
Suvsiz lanolin 4,0
Umumiy og‘irligi 10,06 g.
Aseptik sharoitda steril hovonchada 0,06 g natriy benzilpenitsillin
tuzini 2-3 tomchi vazelin moyi bilan eziladi. Ustiga vazelin va suvsiz
lanolin qo'shib, bir xil qorishma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
Tayyor massani steril bankaga o‘tkazib qopqoq bilan yopiladi, yorliq
yopishtiriladi.
ANTIBIOTIKLAR BILAN SURTMA
DORILAR TAYYORLASH
Tarkibida antibiotik bo'lgan surtma dorilar aseptik sharoitda
tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazelin (4:6) aralashmasini
ishlatish maqsadga muvofiqdir Chunki penitsillin va boshqa antibiotiklar
toza vazelindagi aralashmada teriga qiyin so‘riladi. Asoslar steri! holatda
ishlatiladi.
Rp:
Unguenti Benzylpenicillini - natrii
Unguenti Erythromycini ana 10,0
M. D. S. Ko‘z surtmasi.
Steril hovonchaga 50000 TB (0,03 g) penitsillin (1 g surtma doriga
5000 TB to‘g‘ri keladi) va 100000 TB (0,11 g) eritromitsin (1 g surtma
doriga 10000 TB to‘g‘ri kcladi) o‘lchab olinadi, unga sterillangan asosdan
oz-ozdan qo'shib bir xil massa hosil bo'lguncha aralashtiriladi. Tayyor
surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq
yopishtiriladi.
Tetratsiklin gidroxlorid, streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan
ham surtma dori yuqorida keltirilgandek tayyorlanadi.
309
www.ziyouz.com kutubxonasi
Antibiotiklarning ko'pchiligi yorug'lik ta'siriga chidamsiz boMadi.
Shuning uchun ularni og‘zi mahkam berkiladigan chinni yoki shisha
idishga solib berish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» va qo‘shimcha
«Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |