KO‘Z NAMLAMALARI VA YUVISH UCHUN
ISHLATILADIGAN ERITMALAR
Ko‘z uchun ishlatiladigan bu eritmalar ko‘z tomchilari kabi aseptik
sharoitda tayyorlanadi va yaxshilab filtrlanadi. Agar namlamalar sifatida
rux sulfatning izotonik eritmasi yoki kumush nitrat eritmasi yozilgan
bo‘lsa, unda birinchisi natriy sulfat bilan, ikkinchi eritma esa natriy nitrat
bilan izotonik qilinadi.
Rp:
Sol. G ra m ic id in i S. 2% - 2,0
Sol. N atrii ch lo rid i isoto n ica 200,0
M . D. S. K o 'z n i y u v ish uchun.
Aseptik sharoitda 2% li spirtli gramitsidin S eritmasi saqlagan
ampula ochiladi va u natriy xloridning sterillangan izotonik eritmasida
eritiladi. Gramitsidinning suvli entmalari turg‘un emas. Shuning uchun
ularni 1 kundan ortiq ishlatib bo'lmaydi. Suyultirilgan gramitsidin
eritmalari - suyuq holdagi zaharli eritma tomchilari bilan zararlanganda
ko‘z namlamasi sifatida qo'llanadi.
Rp:
Sol. F u racillin i 1:5000-100 m l
D. S. S irtga ish latish uchun.
Bu eritma 0,85% natriy xlor bilan osmotik bosimi tenglashtiriladi.
I20°C da 8 daqiqa sterillanadi. Tayyor eritmani mexanik aralashmadan
xoli ekanligi yana bir bor tekshirilishi kerak.
302
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rp:
N atrii chloridi 5,30
K alii chloridi 0,75
C alcii chloridi 10,46
N atrii acetatis 3,90
G lucosi 0,80
A cidi hydrochloridi puri diluti 0,05 m l
A quae pro injectionibus ad 1000 ml.
Ko‘z shox pardasini ho‘llab turish va ko‘z oldi qismini yuvish uchun
ko‘z operatsiyasida ishlatishga tavsiya ctilgan eritma. Tarkibidagi tuzlar
I litr inyeksiya uchun yaroqli suvda critilib, mcmbranali hltrlar orqali
filtrlab 250 ml sig'imdagi idishlarga solinadi.
Flakonlar IP-21 markali rezina tiqin bilan mahkamlanib alumin
qalpoq bilan kavsharlanadi. 120°Cda - 12 daqiqa stcrillanadi.
KO‘Z SURTM ALARI. PLYONKALAR
Ko‘z tomchilari va suspcnziyalaridan tashqari ko‘z dori shakli sifatida
surtmalar ham ishlatiladi. Surtma dorilar tarkibiga har xil moddalar
kiradi: antibiotiklar, sulfanilamid guruhi, simob oksidi va boshqalar.
Surtma dori qo'llanishidan kutilgan maqsad ham har xil bo'Iishi mumkin
(dczinfeksiyalash, og‘riq qoldirish, ko‘z qorachig'ini kengaytirish, yoxud
toraytirish, ko‘z ichki bosimini pasaytirish va hokazo). Ko‘z surtma
dorilariga umumiy talablardan (dori moddalarini tckis tarqalgan bo‘lishi,
asosning indiffcrentligi va turg'unligi) tashqari ularni ishlatish usulini
hisobga olgan holda quyidagi qo'shimcha talablar ham qo'yiladi:
- Surtma asosi hcch qanday qo'shimchasiz bo'lishi, indiffcrent,
neytral, steril va ko‘z shilliq qavatida tekis tarqalishi kerak;
- Ko‘z surtmalari ascptik sharoitda tayyorlanishi zarur;
- Oori moddalarning zarrachalari optimal maydalikda bo'lishi lozim.
Ko‘z surtmalari uchun asoslar masalasi - murakkab masala.
Hayvon yog'lari surtma uchun yaxshi asos bo‘lib hisoblansa ham,
ko‘z surtmalari uchun ishlatilmaydi. Chunki, birinchidan, ular ko‘z
shilliq qavatida tckis tarqalmaydi, ikkinchidan, turish natijasida achib
ko‘zga qo‘yganda uni qitiqlaydi va noxush ta'sir qiladi. Shuning uchun
kimyoviy jihatdan indiffcrent hisoblangan uglcvodorod asoslaridan
vazelin ishlatiladi. Vazelinning gidrofob xususiyati uni tarkibini biroz
o'zgartirish kcrakligini ko‘rsatadi. Shuning uchun DF ko‘z surtmalari
303
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun asos sifatida 90 qism vazelin va 10 qism suvsiz lanolindan iborat
tarkibni ishlatishni tavsiya etadi. Aralashma eritilib, filtrlanib, mexanik
aralashmalardan tozalanadi, 10 g dan qadoqlanib saqlanadi. Asos
tarkibidagi lanolin uni ko'z shilliq qavatida tekis tarqalishiga sabab
bo'ladi. Ko‘z asoslari tarkibida ishlatiladigan vazelin «Ko‘z surtmalari
uchun» navli, ya'ni tozalangan bo'Iishi kerak. Oddiy vazelin bu maqsadda
ishlatilmaydi. Oddiy vazelinni tozalash quyidagicha olib boriladi.
Ma'lum hajmda vazelin eritilib unga 1-2% miqdorida faollashtirilgan
ko‘mir solinadi. Aralashma 150°C ga yetkazilib 1-2 soat qizdiriladi.
Issiq vazelin qog'oz filtr orqali filtrlanadi va steril bankalarga quyiladi.
Neytrallah, organik qo'shimchalari yo‘qligi aniqlanib, so‘ng ishlatilishi
mumkin.
Ko‘z surtmalari uchun 93 qism glitserin, 7 qism kraxmal va 7 qism
suvdan tashkil topgan asos ishlatish hollari ham uchraydi. Asosning
muhiti neytral, ko‘z konyuktivida oson tarqaladi, oson yuviladi, gidrofil
xususiyatli. Ammo uni turg‘un emasligi, saqlanganda har xil boMakcha
hosil qiiib, surtish xossasi yo'qolishi (sinerezis) va kuchli gigroskopik
xususiyati uni keng tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan omillardan sanaladi.
Keyingi vaqtlarda ko‘z surtma asoslari sifatida yuqori molckulali
birikmalarni (natriy alginat, natriy karboksimetilselluloza kabi) gidrofil
asoslari taklif etilgan. Ular ko‘z shilliq to'qimalarida yaxshi tarqaladi,
o‘zidan dori moddani ycngil ajratadi. Ammo mikroorganizmga juda
ta'sirchan, tez buziladi. Shuning uchun ularning tarkibiga konservantlar
qo‘shiladi.
Tayyorlash texnologiyasi. Ko‘z surtma dorilarni tayyorlash dermato-
logiyada qoMlaniladigan surtmalar kabi bo‘lib, farqi aseptik sharoitni
talab qiladi. Texnologiyasida ishlatiladigan hamma dorivor moddalar,
asos va yordamchi moddalar haroratga chidamli boMsa, ular oxirgi DFda
ko'rsatilgan usullarda stcrillanadi.
Surtma tayyorlashda eng asosiy omil - dori modda zarrachasining
qulay darajadagi maydaligini ta'minlashdir.
Dori moddani kerakli darajada maydalash uchun uni maMum qism
suyuqlikda yoki eritilgan asosda ezgMlab olinadi. Suvda eriydigan
moddalar masalan, alkaloidlar, novokain, protargol va boshqalar oz
miqdordagi steril suvda critilib, so'ngra asos tarkibiga qo'shiladi.
Protargolni asosda tarqalishi va crishini (ezlatish maqsadida esa unga bir
tomchi steril glitserin tomiziladi. Rezorsin va rux sulfatni ko‘z surtmalari
304
www.ziyouz.com kutubxonasi
dcrmatologiyada ishlatiladigan surtmalardan farqlanib, suvda eritib, so‘ng
asosga kiritiladi. Erimaydigan moddalar (rux oksid, kscroform, sariq
simob oksidi) surtma tarkibiga o‘ta mayda zarracha holida qo'shiladi.
Ularni steril suyuq parafin, glitserin yoki suv bilan maydalanadi. Ko‘z
surtmalarining sifat ko'rsatkichlari XI DFsi II qism, 146-betda keltirilgan
«Surtmalarda dori modda zarrachalari oMchamini aniqlash» usuli bilan
aniqlanadi.
Rp: Unguenti Zinci sulfatis 0,5% - 10,0
D.S. 0 ‘ng ko'zga kuniga 1 marta surliladi.
Aseptik sharoitda, steril hovonchada bir necha tomchi steril
tozalangan suvda 0,05 g rux sulfat eritiladi, 10 g ko‘z surtmalari uchun
ishlatiladigan asos solib aralashtiriladi. Plastmassa qopqoq bilan
bcrkitilgan steril shisha idishda «Ko‘z surtmasi» deb yozilgan qizg'ish
yorliq bilan jihozlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |