Texnologiyasi


Pastalar sifatini  baholash



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

Pastalar sifatini  baholash
1.  Pastalar sifatini  tashqi  ko'rinishi  bo'yicha baholanadi.
2.  Pastalar  tarkibidagi  moddalarning  bir  xil  tarqalganligi,  bir  xil 
massaga ega ekanligi  bilan baholanadi.
3.  Tayyor  massa  kaftga  surtganda  hech  qanday  zarrachalar  sezil- 
masligi  kerak.
4.  Pastalar mazlarga qo'yilgan  barcha talablarga javob berishi  kerak.
5.  Pastalar  og‘zi  yaxshi  yopiladigan  idishlarda,  salqin  va  qorong'i 
joyda saqlanadi.
261
www.ziyouz.com kutubxonasi


X II  BOB.
SH A M CH A LA R N I  TAYYORLASH  LfSIJLLARI
JO ‘VALASH  USULI
Jo'valash  usuli  bilan  shamdori,  sharcha  va  tayoqcha  tayyorlanganda, 
faqat kakao  moyi  va uning hosilalari  qo'llanilishi  mumkin.  Kakao  moyini 
qirg'ich  tegirmon  orqali  o'tqazib  maydalanadi.  Maydalash  uchun  esa 
sovitilgan kakao moyi olish maqsadga muvofiqdir.
Jo ‘valash  usulida  sham chalar  tayyorlash.  Shamchalarni  jo‘valash 
usulida  tayyorlash  uchun  retseptdagi  moddalarning  yog'dagi  va  suvdagi 
eruvchanligi hisobga olinadi.
Shamchalarni  jo'valash  usuli  bilan  tayyorlash  uchun  olinishi  kerak 
bo'lgan  dori  moddalar  va  shamcha  asosining  kerakli  miqdori  hisoblanib, 
pasport  tuziladi.  Chinni  hovonchaga  dori  modda  solib  maydalanadi. 
Dori  moddaning  xususiyatlari  va  eruvchanligini  hisobga  olgan  holda 
uni  oz  miqdor  suvda  yoki  suyultirilgan  asosda  eritib  olish  mumkin. 
Suvda  va  moyli  asosda  erimaydigan  dori  moddalarni  esa  suspenziya 
tayyorlash  qoidasiga  ko'ra  qo'shiladi.  Agar  shamcha  tarkibiga  «A»  va 
«B»  ro'yxatdagi  dori  moddalar  kirgan  bo'lsa,  u  holda  X  DFda  keltirilgan 
jadvaldan  foydalanib,  bu  moddalarni  ichish  uchun  belgilangan  yuqori 
doza  qoidasiga  amal  qilish  kerak  bo'ladi.  Hovonchadagi  maydalab 
yoki  eritib  olingan  dori  modda  ustiga  oz-ozdan  shamcha  asosi  qo'shib 
aralashtiriladi.  Shamcha  asosi  oldindan  qirg'ich  orqali  maydalab 
chiqarilgan  bo'lishi  kerak,  ana  shunda  aralashtirish  jarayoni  bir  xil 
boradi.  Agar  shamcha  asosi  va  dori  moddani  xuddi  elaki  dorilardagi 
singari  hovoncha  dastasi  bilan  aylanma  harakat  yordamida  aralashtirilsa, 
moddalar  aralashuvi  yaxshi  bo'lmaydi  va  shamcha  asosi  tez  suyulib 
ketadi.  Shuning  uchun  aralashtirish  jarayonini  yaxshilash  maqsadida 
ularni  dasta  yordamida  ezg'ilash  kerak.  Ezg'ilash  davomida  moddalar 
plastmassa  kurakcha  yordamida  hovoncha  devorlaridan  ko'chirib  turiladi. 
Hosil  bo'lgan  shamcha  massasi  hovoncha  devoriga  yopishib  qolmaydigan
262
www.ziyouz.com kutubxonasi


qattiqroq  xamir  holatida  bo‘lish  kerak.  Agar  tayyorlangan  shamcha 
massasi  muloyim  (plastik)  holatga  kelmasa,  ya’ni  uvalanib  ketsa,  u  holda 
qovushqoqlikni  oshirish  uchun  ozgina  suvsiz  lanolin  (har  30  g  shamcha 
massasiga  1-1,5g  hisobida)  qo'shib  aralashtiriladi.  Shamcha  massasi 
tayyor  boMgach,  uni  toza  mumiangan  yoki  pergament  qog'ozga  o‘rab, 
tez-tcz  harakat  yordamida  kaftlar  orasida  siqilib,  zuvala  hosil  qilinadi. 
Shamcha  zuvalasi  tortilib  pasportga  yozib  qo‘yiladi.  Shamcha  dorini 
hab  dori  tayyorlash  moslamasining  oynasiga  qo'yib, jo‘va  yordamida  uni 
g‘o‘)acha  shakliga  kelliriladi.  G‘o'lachaning  yo'g'onligi  barcha  ycrida  bir 
xil  boMishi  kerak,  aks  holda  shamchalar  katta-kichikligi  turlicha  bo'lib 
qoladi.  G'oMachani  keskich  yordamida  retseptda  ko'rsatilgan  miqdorida 
tcng  boMinadi  Har  bir  boMak  yassi  taxtacha  (rolik)  yordamida  zoldir 
holiga  keitiriladi.  Retseptda  zoldir  tayyorlash  aytilgan  bo'lsa,  shu  holda 
qoldiriladi.  Agar boshqa  shakl  yozilgan  bo'lsa, jo'vani  tekislikka  nisbatan 
qiya  ushlagan  holda  zoldirga  konus,  torpedo  shakllari  yoki  jo'vani 
tekislikka  gorizontal  tutgan  holda  zoldirni  o'ng  va  chap  tomonlarga 
bir  nccha  marta  dumalatib  tayoqcha  shakli  beriladi.  Tayyor  bo'lgan 
shamchalarni  yupqa,  mumlangan  yoki  parafinli  qog'oz  bo'lakchalarjga 
o'raladi.  Zoldir  va  tayoqchalar  gofrillangan  qog'ozda,  karton  qutilarda 
beriladi.  Qutilarga  «Sirtga  ishlatish  uchun»,  «Salqin  joyda  saq!ansin» 
singari  yozuvlari  bo'lgan  yorliq  yopishtiriladi.
Rp: 
E x trac ti  Belladcmnae  0,015 
N o v o ca in i  0,015  g 
Sol.  A d ren alim   k tt  XX.
O lei  C acao   q.s.
U t  fiat.  supp  N  10.
D.S.
Hovonchaga  20  tomchi  adrenalin  gidroxlorid  tomiziladi  va  unda  0,15 
g  novokain  critiladi,  shundan  keyin  0,3  ml  Belladonna  ekstraktining 
spirt-suv-g!itscrinli  aralashmasi  qo'shiladi.  Olingan  suyuqlik  1-1,5  g 
suvsiz  lanolin  bilan  aralashtiriladi,  keyin  kakao  moyi  qo'shilib,  muloyim 
massa  hosil  bo'lguncha  aralashtiriladi.  Tayyor  massa  hab  dori  tayyorlash 
moslamasining  oynasiga  oMkaziladi,  taxtacha  yordamida  diametri  bir  xil 
boMgan  silindr  tayoqcha  yasaladi  va  rctseptda  ko'rsatilgan  miqdordagi 
teng  boMakka  keskich  yordamida  boMib,  har  bir  boMakka  shakl  beriladi. 
Shamdori  shaklini  konussimon,  torpcdo  yoki  sigara  shaklida  qilib  ham 
jo'valash mumkin.
263
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jo'valash usulida sharchalar tayyorlash.
Rp: 
O sarsoli  0,2
A cidi  B oiici  0,25 
O lei  C acao  q.s.
U t.f.  globuli  N   20.
D.S.
Osarsol  («A»  ro'yxati)  suvda  kam  eriydi.  Bor  kislotasining 
eruvchanligi  ham  yuqori  emas  (1:25).  Shuning  uchun  butun  moddalar 
kukun  ko'rinishiga  olib  kclinadi.  Ularni  murakkab  elaki  dorilar 
tayyorlash  qoidasi  bo‘yicha  aralashtiriladi.  Keyin  kakao  moyini  oz- 
ozdan  aralashtiriladi.  So‘ngra  undan  tayoqcha  yasab,  uni  20  ta  bo'lakka 
mo‘ljallab  boMinadi.  Har  bir  bo'lagidan  alohida  shar  yoki  ovuli,  pessariy 
yasaladi.
Z.V.Gurvich  sharchalar  uchun  taklif  etgan  keskich  moslamaning 
eni  15  mm  va  uzunligi  15  sm  boMib,  u  yoysimon  shaklda  tuzilgan.  Bu 
keskichning  dorixona  sharoitida  shamdorilar  tayyorlashda  ishlatilishi 
ancha  qulay  va  unumliroqdir.  Moslama  sharchalarni  kesishda  ishlatiladi. 
Keskichning  yana  bir  yaxshi  tomoni  shundaki,  u  massaga  bir  yoMa  shar 
shaklini  ham beradi.
Jo'valash usulida tayoqchalar tayyorlash.
Rp: 
X eroform ii  0,2 
01.  C acao  2,0
M.  D ivide  in  partes  aequales  N  4.
Ut.  fiat b ac illae  longitudine 4   sm e t  d ia m etro   4  m m .
D.S.
Kseroform  modda  sifatida  asosda  ham,  suvda  ham  erimaydi  (shuning 
uchun  kseroformni  suspenziya  ko‘rinishida  kiritiladi),  uni  yog‘ning 
yarim  miqdori  bilan  hovonchada  aralashtiriladi,  kcyin  asosning  qolgan 
miqdori  qo‘shiladi.  Tayyor  massa  teng  miqdorda  4  qismga  boMinadi,  har 
qaysi  qismdan  4  sm  uzunlikda  tayoqcha  jo'valab  olinadi.  Tayoqchaning 
qalinligi uzunasiga bir xil boMishi  va bir tomoni  uchli  boMishi  kerak.
QUYISH USULI
Quyish  usuli  bo'yicha  shamcha,  sharcha  va  tayoqchalar  tayyorlanadi 
(87,  88,  89-rasmlar),  bunda  hamma  turdagi  asoslar  qoMlaniladi.  Quyish 
maxsus  qoliplar  yordamida  olib  boriladi.  Agar  shamcha,  sharcha  va
264
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish