haqida ham maqola e’lon qilgan.
Улуқов Н. Ўзбек тили гидронимларининг тарихий-лисоний тадқиқи: Филол. фан. д-ри. ... дисс. автореф. –
Абдураҳмонов Б. Наманган топонимларининг мотивланиш асослари // Ўзбек тилшунослигига оид
Қаранг. Фахриддинов А. Ахсикент сўзи ҳақида // Ўзбек тилининг лексик-семантик ва грамматик
Муҳаммаджонов Қ., Фахриддинов А. Яна Наманган топонимининг этимологияси ҳақида // Ўзбек тили ва
14
«suv» so’zlari qo’shiluvidan yasalgan, uning etimoni
«guldiraydigan suv»
tarzidagi so’z birikmasi degan xulosani beradi. Uning fikricha, til taraqqiyoti
davomida oykonim talaffuzida tovush o’zgarishi ro’y berishi natijasida hozirgi
shaklga kelib qolgan.
1
Haqiqatan, bu fikrlar asosli. Oykonim nomlanish tamoyiliga
ko’ra gidrooykonimlar sirasiga mansub bo’lib, uning lisoniy shakllanish jarayoni
quyidagicha: guldur > ob (guldiraydigan suv) – guldurob > Guldurob > Guldirov.
Demak, qishloq hududidagi gidro ob’ektlariga va suvning oqim xususiyatiga nisbat
berish asosida nomlangan. Namangan viloyati toponimiyasi, jumladan,
oykonimlarining tadqiqi, tumanlar tarixiga oid ommabop, ilmiy-ommabop,
publitsistik xarakterdagi kitoblarda ham kuzatiladi.
2
Namangan viloyati tumanlari tarixiga oid mazkur kitoblar hudud
toponimlari, jumladan, oykonimlarining tarixiy shakllarini, variantlarini to’plashda
manba bo’lib xizmat qila oladi.
Tuman tarixiga oid bu kitoblar orasida Uchqo’rg’on, Namangan,
Yangiqo’rg’on, Chortoq tumanlari tarixi anchayin mukammalligi, ma’lumotlarning
boyligi bilan xarakterlanadi. Kitoblarda asosan oykonimlarning geografik
joylashuvi, tarixiy shakllari, qisman toponimik ma’nosi haqida ma’lumotlar
berilgan. Chortoq tumani tarixiga oid kitobda Chortoq, Koroskon, Ayqiron,
Qorabog’, Qoramurt, Saroy, Peshqo’rg’on; Yangiqo’rg’on tumani tarixiga oid
kitobdagi O’zak, Zarkent, Mamay, Nanay, Kalishox, Navkent, Qorapolvon;
Namangan tumaniga oid kitobda Axsikent, Toshbuloq, Qoratepa, G’alcha,
Qurama, Xonobod va Uchqo’rg’on tumani tarixidagi bir qator mahalliy
oykonimlar haqidagi izohlar fikrimizni tasdiqlaydi, biroq bu ma’lumotlarning
barchasi ilmiy asoslanmaganligi, toponimlarning, uning asosiy bir turi
oykonimlarning to’la qamrab olmaganligi, toponimik ma’lumotlarning mukammal
1
Сулаймонова Ҳ. Гулдиров қишлоғи. – Наманган: Наманган, 2005. – Б.48.
2
Қаранг. Жамоа. Наманган туманининг ўтмиши ва бугуни. – Тошкент: Университет, 1996. – 150 б.;
Қирғизов Ю., Акрамов Т. Бир ўлкаки... (Янгиқўрғон тумани тарихидан лавҳалар). – Наманган, 1996. – 222 б.;
Жамоа. Чортоқ тумани тарихи. – Тошкент: Университет, 1995. – 222 б.; Иномов Ш. Попим
–
саховатли
юртим. – Наманган, 1996. – 94 б.; Жамоа. Учқўрғон тумани (маълумотнома). – Учқўрғон, 1995. – 164 б.;
Жамоа. Чуст тумани тарихи. – Чуст, 1995. – 180 б.; Сайхун, Содиқ. Бугун кечанинг эртаси.
–
Тўрақўрғон,
1992. – 48 б.; Раҳимова М.В. Косонсой тарихидан лавҳалар. – Косонсой, 1996. – 40 б.; Абдураҳмонов. М.
Задарёнома. – Жомашўй, 1992. – 48 б.
15
emasligi, izohlarning qisqaligi bois tuman tarixiga oid manbalarda mahalliy
toponimlar, oykonimlar to’la aks etgan, o’rganilgan degan xulosani bermaydi.
Albatta, buni manbalarning kamchiligi, nuqsoni deb ham bo’lmaydi. Sababi
yuqorida keltirilgan tuman tarixiga oid ishlar tilshunoslik, uning bir tarmog’i
toponimikaga oid asarlar emas.
Shunday bo’lsa-da, tuman tarixiga oid manbalarda hudud toponimlari,
ayniqsa, oykonimlari to’la aks etsa, ularning nomlanish tamoyillari, tarixi,
nomning etimologiyasi va boshqa lisoniy xususiyatlari yoritilsa, uning ilmiy
qiymati ortadi, mazmun-mundarijasi mukammallashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: