hududlar va kam sonli aholi (shaharcha, qishloq yoki oddiy oila) orqali
o‘tmishdagi oddiy odamlar hayoti va fikrlashini o‘rganib, o‘rganilayotgan davrga
ma’lum bir nuqtayi nazardan turib baho beradi. Mikrotarix oddiy, xususiy
hodisalarni o‘rganib, shu orqali ma’lum davr jamiyatini o‘rganishni maqsad qiladi.
ishlatilgan. Brodel bu atamani dastlab salbiy ma’noda qo‘llagan bo‘lib, u
mikrotarixni mayda-chuydalar bilan shug‘ullanuvchi tarix deb atagan. 60-yillar
tarixchilari (Levi, Ginzburg) tomonidan mikrotarix fanda yangi yo‘nalish deb
Mikrotarixchilar Italiyada chop etiladigan
“Guaderni Storici” jurnali
orqali o‘z yo‘nalishlari mohiyatini yoritib borishdi. 1981-yildan boshlab Turindagi
“Eynaudi” nashriyoti mikrotarix bo‘yicha kitoblarni chop eta boshladi. Ma’lumot
o‘rnida aytish mumkinki, 90-yillar o‘rtalarida bu kitoblar 20 tomlik qilib nashr
etildi. Mikrotarix yo‘nalishi tarafdorlari tadqiqotlar orqali jamiyat rivojlanishi
oddiy jarayonlar orqali bo‘lmaganligini, bu rivojlanishlar hammaga har xil ta’sir
qilishini ko‘rsatib berishga harakat qilishgan.
E.Grendining
ta’kidlashicha, bu yo‘nalishning rivojiga ijtimoiy
antropologiyaning ta’siri kuchli bo‘lgan. Keyinchalik mikrotarix ham o‘z
prinsiplariga ega bo‘lib bordi. J.Levi 1991-yilda mikrotarixga oid katta maqola
e’lon qiladi, bu maqolada mikrotarix prinsiplari alohida ta’kidlangan. Shu maqola
mikrotarix mohiyatini ochib berishda katta xizmat qildi.
Levining fikricha, birinchi navbatda, ushbu yo‘nalish tajribaviy yo‘nalish
hisoblanadi, u tajribalarga asoslanadi. Tajribaning eng yuqori cho‘qqisida
tadqiqotchi shu tadqiqotdagi eng ikir-chikir nuqtalarni o‘rganishga kirishadi, shu
orqali butun tadqiqotni ochib berishga harakat qiladi. Levi shunga urg‘u beradiki,
muammoni
kichik
nuqtada
o‘rganish
uning
hajmini,
mazmunini
maydalashtirmaydi, balki hayotning ma’lum nuqtasidagi umumiy jarayonlardagi
burilish nuqtasini ko‘rishga yordam beradi. Mikrotarixchilar funksionalistlarga
qarama-qarshi yo‘nalish vakillari hisoblanib, ular funksionalistlardek ijtimoiy-
madaniy tizimni umumiy holda emas, balki shu tizimni ma’lum bir kichik nuqtalar,
kichik jarayonlar orqali o‘rganishadi.
Germaniya ham mikrotarixni o‘rganish bo‘yicha markazlardan biri
sanaladi. M. Plank nomidagi jamiyat tarixi institutida bu yo‘nalish bo‘yicha keng
tadqiqotlar olib boriladi. 70-yillarda Germaniyada mikrotarix yo‘nalishiga
o‘xshash yangi bir yo‘nalish paydo bo‘ldi, bu “har kunlik tarix” nomini oladi. Bu
ta’rifni ilk bor Y.Kokka ishlatadi. 80-yillarda bu yo‘nalish yanada rivojlana
boshladi, Germaniyaning g‘arbiy hududlarida M.Krom ta’rifi bo‘yicha “tarixiy
Do'stlaringiz bilan baham: