2.
Annallar maktabida L. Fevr va M. Bloklar faoliyati
M.Blok ba’zi hollarda L.Fevrga o’xshab madaniyat tarixi va ijtimoiy
psixologiyaga murojaat qiladi. Alohida individumlarining tafakkurini tahlil
qilishda emas bevosita ommaviy ko’rishda o’rganadi. Demak, Blok eng avvalo
madaniyat tarixi va o’sha o’tmishdagi odam psixologiyasini o’rganish
metodologiyasini bevosita ommaviy ko’rnishlar asosida amalga oshirishga
chaqirdi. Shuningdek, olim biror-bir senor yoki hukmdorning shaxsiga tavsif
bermaydi. Blok foydalangan metodlarning tadqiqotchilari uning metodida
sotsiologik mavhumlashtirish ko’rinishida bo’lmay, aynan insoniyat jamiyatining
aloqalar tizimi odamlar o’rtasidagi munosabatlar ko’rnishida chiqadi.
Tadqiqotchilar Blok metodologiyasida shaxslarni emas, butun bir jamiyatni
tahlilini ko’radi. Uning asarlarida bir senor yoki hukmdorni shaxsiy tavsifi
berilmaydi. Blok texnika tarixi, o’zaro yer munosabatlari, G’arbiy Yevropaning
feodallashuvi, madaniy ruxiy tiklanishi bilan shug’ullangan bo’lsa ham, u ijtimoiy
tuzumning tadqiqotchisi bo’lib kelgan.
“M.Blok va L.Fevrning madaniyat tarixiga, ijtimoiy pisixologiyaga murojaat
etishlari, muammoni o’rganishda olim alohida individlarning fikrlari tahlilidan
emas, balki bevosita ommaviy hodisalarning tahliliga asoslanadi. Blokning
“Feodal jamiyat” nomli ikki jildlik asariga nisbatan Fevr hayrat bilan feodal davrda
“hukmronlikning mavhum g’oyasi aniq bir hukmdor tavsifidan kam ajratilganligi”
va biror bir mansabdor shaxs yoki hukmdorning shaxsiy tavsifnomasi
berilmaganligi to’g’risida so’z yuritadi”. M.Blok tarixiy taraqqiyot o’rganishda
ayrim tarixiy shaxslar emas, hukmdorlar emas, balki o’sha tarixiy taraqqiyot
davridagi ommaviy hodisalarni tahlil qiladi. Ommaviy hodisalarni o’rganish
asosida o’sha davrning mazmun mohiyatini ochib berishga harakat qiladi.
Insoniyatning o’tmish tarixiy taraqqiyoti alohida tarixiy shaxslar emas,
taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan xalq ekanligi g’oyasini ilgari
suradi. Blok nima bilan shug’ullanmasin texnika tarixi, yer munosabatlari, G’arbiy
Yevropadagi feodalizm o’rta asrlardagi odamlarning madaniy, psixologik bo’g’ini
bilan u ijtimoiy strukturalizm tadqiqotchisi bo’lib qolavergan, shuning uchun uni
iqtisodiy qiziqishlarini asl diapazonini jiddiy toraytirish hisoblanadi. Blok fransuz
tarix metodologiyasi zahirasi, ruhiyat asosida o’z tadqiqotini amalga oshirdi. Shu
bilan birga Blok metodolgiyasi nemis tarixchilarining ko’rsatmalaridan yiroq edi:
tarixchilar e’tiborini nafaqat jamiyat, balki mamlakat ham egallagan. Tarixchi
M.Blokning hamkori L.Fevr asosiy kategoriya sifatida “sivilizatsiyani hisoblasa,
undan farqli ravishda Blok uchun asosiy kategoriya sifatida jamiyat bo’lib qoldi.
Blokning nazarida ma’lum bir takroriylikka ega bo’lgan tipik ommaviy hodisalar
egallagan, shuning uchun Blok metodologiyasining muhim parametri bo’lib,
o’rganiladigan jamiyat va institutlarga qiyosiy tipologik yondashuv hisoblangan.
Keng dunyoqarashga ega bo’lgan tarixchi uchun taqqoslashdan foydalanish tabiiy
holdir. U g’arbdagi feodalizm bilan eski Yaponiya tuzilishigacha bo’lgan
qiyoslashlardan
foydalangan.
Chunki
Blok
uchun
feodalizm
Yevropa
rivojlanishining noyob hodisasi emas, balki “ijtimoiy tipdir”. Bu yerda olim
insoniyat tarixiy taraqqiyotining notekisligi va har bir mamlakat, hudud uchun
alohida bo’lishini e’tirof etdi. Shu bilan birga turli jamiyatlarning o’xshash
rivojlanish bosqichlarida ularga xos bo’lgan qonuniyatlarni aniqlagan. Ammo
qiyosiy-tipologik metoddan foydalanish unga tuzilgan qatorlar orasidan yakka
xususiy holatlarini aniqlashga imkon bergan. Tarixchi uni qiziqtirgan ijtimoiy
hodisalarning genezisini o’rganishi tabiiydir. Biroq Blokni ko’pgina olimlar afzal
ko’rgan usullari - aniq bir institutning mavjudligini aniqlab olishdan oldin ularning
asoslarini o’zlashtirmay turib sabablarini manbalar bilan almashtirib o’rganadigan
bunday genetik tushuntirish qoniqtirmaydi. Blok murakkab tarixiy hodisalarni
tushuntirishda faqatgina ularning tub ildizlarini qidirishdan iborat bo’lgan urunish
xatarli ekanini bildiradi. U ko’pgina tarixiy tadqiqotlar mualliflarida uchraydigan
“vasvasa” “manba but-sanam”, “kelib chiqish savdoyiligi” deya atadi. Tarixiy
tadqiqotlarda faqat manbani o’rganish va faqat shu manba asosida butun bir yaxlit
manzarani tasvirlashga qarshi chiqdi. Ba’zi olimlar o’tmishni o’rganish emas,
tarixiy manbani o’rganish bu tarixchining kasbi deb tushundilar. M.Blok bunday
tushunchaga qarshi chiqdi. “Eman urug’idan eman daraxti paydo bo’ladi. Ammo u
faqatgina qulay muhit sharoitidagina eman bo’lib yetishadi va daraxt bo’lib qoladi,
muhit esa embriologiyaga bog’liq emas. Arablar, vengrlar, normanlar bosqinidan
yaratilgan “muhit” ta’rifida “inson insonga tobeligi” yetakchilikni egallagan.
M. Blok “Feodal jamiyat” asarini ham feodal munosabatlarini yoki ularning
paydo bo’lishi sharoitlarini aniqlash genezisining “embriologik” tadqiqotlaridan
boshlamaydi. Biroq Blokning manbalarni emas, balki ma’lum bir feodal institut
egallagan klassik shaklini tadqiqot qilishga kirishish va uning kelib chiqish tarixi
bilan umuman qiziqmaydi degan fikrga kelish noo’rindir. M.Blok shu qatlamning
mohiyatiga doir bilimlar bilan to’laqonli qurollangandagina genesis
1
muammosiga
murojaat etgan. Jamiyat paydo bo’lishini yaxlit holda uning rivojlanish
bosqichining yetuk davrida bir butun tasavvur eta turib, uni keng genetik aloqada
ko’rishga harakat qilgan”. Blok tomonidan maxsus o’rganilgan IX-XIII asrlardagi
feodal jamiyat bir tomondan kechki antik davrni, ikkinchi tomondan esa yangi
davrni (XVIII asr revolyutsiyasigacha) o’z ichiga olgan tarixiy istiqbolga
kiritilgan. Ratsional tanlov bilan qurollangan iqtisodiy-ijtimoiy tadqiqot o’chog’i
Annall tarixchilari keyinchalik Blok tomonidan davom ettirilgan yarim statik
qishloq joylarining bayoniga qarshilik bildiradi. Ular axloqiy asoslarga ega bo’lgan
institutlar funksiyalarini amalga oshirish kishilar muhtojligiga bo’ysunishning
umumiy ezgulikka xizmat qilishini savolini beradi. Jumladan, Allan Marksfadlani
o’rta asrlarning oxiridagi ingliz qishloq hayoti haqida yozadi. Ular ruhiy va
jismoniy harakatlarining bo’shliqlarini ahamiyatiga urg’u berish an’anasi haqida
qayg’urishadi. Blok ijtimoiy qatlamning mohiyati talqinini va uning hosil bo’lish
tarixini taklif etsa hamki, o’z vazifasini bajargan deb hisoblamaydi. Har safar o’rta
asrlarning u yoki bu ijtimoiy institutini o’zi tugallangan tahririyatida tasvirlaganda,
shu institutning turli mamlakatlar yoki bir davlat hududidagi turli viloyatlarida
ko’p qirrali ekanligini ko’rsatishga harakat qilgan. Bunga sabab, o’zi tomonidan
berilgan dastlabki ta’rif barchada bir xillik yoki keng tarqalgan fikrlarning yuzaga
kelishini oldini olish mumkinligi sababi mavjud edi. M.Blok tarixiy bilimni
rivojlantirish bilan shug’ullanib, tarixni o’rganishda qiyosiy metodga alohida
e’tiborni qaratdi. Olim tarixiy tadqiqotlarda qiyosiy metoddan foydalanish
1
Lotincha
“Genesis” – vujudga kelish, tug`ilish. Bu o`rinda yo`nalishning vujudga kelishi nazarda tutilmoqda.
tadqiqotda aniqlikka xizmat qilishini ta’kidlaydi. Shu sababli u tarixiy
tadqiqotlarda bu metoddan kengroq foydalanishni ko’rsatdi va o’z tadqiqotlarida
ushbu metoddan unumli foydalandi. Biroq ijtimoiy tizim qiyosiy tahlili bitta olim
hal qilishi qiyin bo’lgan muammodir. Shuning uchun ham Mark Blok “Feodalizm
va feodal, yakkalik yoki ko’pchilik muammosini ko’tarib uni hal etishdan bosh
tortadi. U faqatgina o’z tadqiqotining natijasini va imkoniyatini ko’rsatgan holda,
Yevropa feodalizmi va o’rta asrlarda Yaponiyadagi ijtimoiy tuzilish orasidagi tipik
yaqinlikni faraz qilish uchun asos bo’lgan Yevropa va Yaponiya orasidagi
bog’liqlikni ko’rsatib o’tish bilan chegaralanadi. Olim o’rta asr feodal jamiyatini
tadqiq qilishga ko’p kuch sarfladi. Blok mulohazalarining boshi hisoblanmish
feodalizm ko’rinishi hayotiy haqiqatning mavhumlashtirilgan belgilar to’plami
emas edi. Bu ko’rinish real makon va tarixiy zamonga to’g’rilangan, hamda
ko’pgina manba va dalillarga tayangan edi. Tahlillarning keyingi bosqichlarida
ushbu tavsif aniqlashtirilib, serqirra va ko’p o’lchovli xossaga ega bo’lib boradi.
Blok feodalizmning qandaydir umumiy xossalarini sanab o’tishdan iborat bo’lgan
yo’ldan bormaydi. U tarkibiy qismlari o’zaro bog’liqlikda bo’lgan yaxlit bir
organni sistemali ko’rinishini ochib berishni ma’qul ko’radi. Uning fikricha,
feodalizm bu G’arbiy Yevropa hududida bir necha asr davomida yetakchilik qilgan
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy institutlarning o’zaro aloqasi va bog’liqligi
yig’indisidir. “Blok tarixchilarni sud tergovchilariga qiyoslaydi. Ayblanuvchi
tomonidan aytilgan fikr, yoxud uning iqroriga ham qoniqmay, tergov ishining
barcha ikirchikrigacha aniqlashga uringan tergovchidek, tarixchi-tadqiqotchi ham
“yuzada yaqqol ko’rinib turgan” manba dalillarigagina tayanib qolmaydi. U takror-
takror yangi savollarni berib boradi, garchi savollar to’plami to’g’ri tuzilgan
bo’lsa, u eng muhimlarini ajratib oluvchi “hujjatlar uchun magnit”ga aylanishini
ta’kidlaydi. M.Blok tadqiqotlarida tarixiy haqiqatni ochishda eng asosiy unsur bu
manba deb e’tirof etdi. Tarixiy haqiqatga yetishmoq uchun yodgorliklarga o’ta
faollik bilan murojaat etmoq zarur . “Ish boshida doimo – tirishqoqlik ruhiyati,
ammo bu tirishqoqlik ruhiyati talabchan olimga tegishlidir. Blok asarlari g’oya va
gipotezalarga boy. Biroq u o’zi shakllantirgan “ har qanday tarixchi tekshirishi iloji
yo’q bo’lgan hech qanday fikrlarni ilgari surmasligi haqidagi to’g’rilik qonuni” ga
rioya qilib kelgan. “Tog’rilik qonuniga bir misol” O’rta asrlarning ijtimoiy tarixiga
oid muammoli savolga to’xtalib, unga javob bera olishga botinolmagan. Blok
shunday deydi: “Kitobxondan uzr so’rayman, ammo shunday holatlar uchraydiki,
tadqiqotchining galdagi vazifasi “Men topa olmadim” degan iqrorni aytishi lozim
bo’ladi. Kamina aynan mazkur holatga tushib, bilmasligini tan olishi lozim, lekin
ayni paytda bu holat ushbu tadqiqotimni davom ettirishim uchun asos bo’lib
qoladi”. Blok manbalarning doirasini kengaytirishga da’vat qilish va ularni
o’rganish metodikasini qayta ko’rib chiqish bilan chegaralanmaydi. Blok olim va
shaxs sifatida o’ziga xos xislati shundan iboratki, uning novatorlik tabiatiga mos
keluvchi so’z va ish birligidir. U o’z asarlari va maqolalarida tarixiy
yodgorliklarini tanlash, talqin qilish va qayta ishlashning o’ziga xos usullarini
qo’llash bo’yicha qimmatli ilmiy ma’lumotlarni yoritib o’tadi. Tarixiy
tadqiqotlarning chegaralarini shiddatli chetga surgan Blok yangi kelajak istiqlolini
aniq tushunuvchi odam va hodisalarning qatlami ostida ijtimoiy hayot yuzasida
sodir bo’ladigan o’zgarishlarni aniqlashtiruvchi jamiyat strukturasi qa’ridagi
yashirin qatlamlari mavjudligini aniqlaydi. Asosiy e’tiborini siyosiy hodisalar
tavsifidan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni o’rganishga qaratar ekan, u
tarix manbalarining kategoriyasiga murojaat qildi. Blok ishlaridan biri bo’lgan
“metod darsi” edi. Uning mehnat faoliyati manbalarning ostida yashiringan
ijtimoiy haqiqatga aniq va chuqur erishishga yetaklovchi atamalar tahlilining
ishonchli tajribalaridan iborat. Blokning safdoshlari ham bunday vorisiylikni
tasdiqlash bilan chegaralanishgan. Blok uchun esa muammo shu yerdan
boshlangan. Zero, ijtimoiy muhitning o’zgarishi bilan aloqaning insoniy tuzilishi
ham tegishlicha o’zgaradi. Annallar maktabining o’tgan faoliyati davrida o;ziga
xos avlodlar shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |