Gidrologiya va injener indd


Namlik  va  plastik  holat



Download 4,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/114
Sana31.12.2021
Hajmi4,41 Mb.
#274196
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114
Bog'liq
gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi

Namlik  va  plastik  holat.  Gruntlarning  namligi  deb,  uning 
tarkibidagi suv miqdorining (% da) absolut-quruq massasiga nis-
batiga  aytiladi.  Gruntlarning  namligi  o‘zgaruvchan  ko‘rsatkich, 
juda  keng  miqdorda  o‘zgaradi.  Namlik  gruntning  holatini  ifo-
dalovchi muhim ko‘rsatkich bo‘lib, GOST 5179-84 bilan aniqla-
nadi.
Namlikni aniqlash tartibi. Namlik odatda tortish usuli bilan 
aniqlanadi. Bunda quyidagi ishlar qilinadi: 1) quruq byuks ning 
og‘irligi  (q)  aniqlanadi;  2)  byuksga  og‘irligi  10–20  g  bo‘lgan 
nam  grunt  solinadi;  3)  byuks  nam  grunt  bilan  birgalikda  0,01 
g aniqlikda tarozida tortib olinadi (q
1
); 4) grunt bilan birgalik-
da og‘irligi aniqlangan byuks quritgich shkafiga qopqog‘i olinib 
qo‘yiladi va 105
ºC haroratda quritiladi. Grunt namunasi shkaf-
da 5–8 soat quritiladi; 5) quritilgan grunt qopqog‘i berkitilgan 
holda  xlorli  kalsiy  solingan  eksikatorga  solinib,  xona  harorati-
da sovitiladi; 6) sovigan byuks grunt bilan birgalikda qayta tor-
tib olinadi.
Absolut quruq holatgacha quritilgan grunt qaytadan tortiladi. 
Birinchi va ikkinchi tortib olinishdagi natijaning farqi 0,02 g dan 
oshmasligi kerak. 
Grunt namligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
 
W
q
q
q
q
=


1
0
0
100%
  
(10.10)
.
Namlikni aniqlashda tarozida tortish aniqligi 0,01 g dan osh-
masligi kerak. 
Gilli  gruntlar  namlanish  darajasiga  qarab  qattiq,  yarim  qat-
tiq,  plastik  va  oquvchan  bo‘lishi  mumkin.  Gruntlarning  nam-
ligi  o‘zgarishi  bilan  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  (konsistensi-
ya)  o‘tishi  sakrash  bilan  tez  kechadi  va  ularning  yuk  ta’sirida 
mustahkamlik  darajasi  o‘zgarishi  bilan  xarakterlanadi.  Shuning 


109
uchun gruntlarning bir holatdan ikkinchi holatga tez o‘tishi (kri-
tik namligi)dan ularning muhim xarakteristikasi sifatida foydala-
niladi.
Gruntlarning plastik holatdan qattiq holatga va plastik holat-
dan  oquvchanlik  holatiga  o‘tishdagi  namligini  aniqlash  muhim 
ahamiyatga ega. 
Gruntlarning  plastik  holati  deb,  uning  tashqi  kuch  ta’sirida 
massasi  yaxlitligini  (butunligini)  o‘zgartirmasdan  deformatsiya-
lanishi va deformatsiyalovchi kuchning ta’siri to‘xtatilganda, be-
rilgan  shaklni  saqlab  qolish  qobiliyati  tushuniladi.  Gilli  grunt-
lar  plastik  holatga  ma’lum  bir  namlikda  o‘tadi,  bu  namlikdan 
kam  namlikda  ular  qattiq  holatda  bo‘ladi,  ko‘p  namlikda  esa 
oquvchanlik holatiga o‘tadi.
Gruntlarning  plastiklik  holatini  olish  qobiliyatini  aniqlash 
uchun ularning plastiklik holatini xarakterlovchi oquvchanlik va 
jo‘valanish chegarasidagi namlik aniqlanadi.
Gruntlarning  oquvchanlik  chegarasi  W
O
  deganda,  ularning 
plastik  holatdan  oquvchanlik  holatiga  o‘tishdagi  namligi  tu-
shuniladi.  Bu  namlikda  zarralar  orasidagi  bog‘liqlik  yo‘qoladi, 
shuning  uchun  ular  yengil  aralashadi,  grunt  mustahkamligini 
yo‘qotadi. 
Gruntlarning jo‘valanish chegarasi W
J
 deganda ularning plas-
tik holatdan qattiq holatga o‘tishdagi namligi tushuniladi. Nam-
likning oshishi gruntning mustahkamligini yuk ta’sirida juda tez 
kamaytirib yuboradi. 
Oquvchanlik chegarasi va jo‘valanish chegarasi yuqori va past-
ki plastiklik chegaralar deb ataladi.
Plastiklik soni (I
P
) gruntlarning plastik holatida bo‘la oladigan 
namlik oralig‘ini aniqlaydi. U oquvchanlik chegarasi va jo‘valanish 
chegarasi orasidagi namlikning farqi bilan aniqlanadi.
Plastiklik soni gilli gruntlarning muhim tasnifiy ko‘rsatkichi 
bo‘lib,  ular  orqali  8-jadvaldan  gruntlarning  turlari  belgilanadi. 
Yo‘l asosida yoki gruntli yo‘llarning qatnov qismida mustahkam 
turuvchi va qovushqoq ashyolar bilan mustahkamlanadigan grunt-
larning plastiklik soni 1 dan 7 gacha o‘zgaradi. 
Gruntlarning  plastiklik  soni  qiymatiga  qarab,  gilli  darajasi, 
fizik-mexanik va suvli xossalari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Grunt-


110
larning  tarkibida  gil  miqdorining  ko‘payishi  ularning  plastiklik 
sonining oshishiga olib keladi. 
Gilli gruntlarning konsistensiyasi B bilan belgilanib, quyidagi 
ifodadan aniqlanadi:
 
B
W W
W
W
J
O
J
=


.
  
(10.11)
Gilli  gruntlarning  konsistensiyasi  QMQ  II-B.1-92  bo‘yicha 
aniqlanadi.
Grunt nomi  
 
Konsistensiya B
Supeslar
qattiq ……………………………….... B<0
plastik ………………………………... 0 ≤ B ≤ 1
oquvchan …………………………... B > 1
Suglinoklar va gillar
qattiq ………………………………… B<0
yarim qattiq ………………………. 0 ≤ B ≤ 0,25
nim plastik ..………………………. 0,25 ≤ B ≤ 0,5
yumshoq plastik ………………… . 0,5 ≤ B ≤ 0,75
oquvchan plastik ……………….. 0,75 ≤ B ≤ 1 
oquvchan ………………………….. B > 1
Gruntning  namligi  jo‘valanish  chegarasiga  teng  yoki  ozgina 
kamroq bo‘lsa, o‘ymalar o‘yish, ko‘tarma qurish va ularni zich-
lash qulay bo‘ladi. Gruntning holati plastik holatga o‘tishi bilan 
ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirish qiyin bo‘ladi, ayrim hollarda 
mumkin  bo‘lmaydi.  Grunt  oquvchan  holatida  mustahkamligini 
deyarli yo‘qotadi. 

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish