Gidrologiya va injener indd


 INJENERLIK GЕОLОGIYASI АSОSLАRI



Download 4,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/114
Sana31.12.2021
Hajmi4,41 Mb.
#274196
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114
Bog'liq
gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi

10. INJENERLIK GЕОLОGIYASI АSОSLАRI
Gruntlar va ularning tarkibi. Gruntlar to‘g‘risidagi fan Grunt-
shunoslik  nisbatan  yosh  fan  bo‘lib,  geologiya  va  tog‘  jinslarini 
o‘rganish,  geologiya  usullarini  keng  qo‘llash,  kolloid  kimyo  va 
qurilish  mexanikasi  (gruntlar  mexanikasi),  shuningdek,  dispers 
jismlarning fizik-kimyoviy mexanikasi bilan uzviy bog‘langan.
Gruntshunoslikning  asosiy  maqsadi  yer  qobig‘ining  yuqori 
qavatidagi  gruntlarni  insonning  injenerlik-quruvchi  faoliyatidan 
kelib chiqib o‘rganishdir. 
Gruntshunoslik tabiiy-tarixiy bilimlarga va tadqiqot usullari-
ga tayangan holda injenerlik-qurilish ishlarining ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq masalalarini, shuningdek, avtomobil yo‘llarini qu-
rish ishlarini hal qiladi. 
Tabiiy  omillarning  (iqlimning  tebranishi,  yog‘ingarchiliklar 
va  boshqalar)  va  organik  hayotning  uzoq  vaqt  ta’siri  natijasi-
da joylarning har xil relyefli sharoitida tog‘ jinslari rivojlanishi-
ning geologik tarixida nuraydigan mintaqaning yuzasi murakkab 
o‘zgarishga uchraydi va tuproq ko‘rinishiga o‘tadi. 
Hozirgi vaqtga kelib, gruntshunoslikning alohida yo‘nalishlari: 
gruntlar  fizikasi  va  fizik-kimyosi,  gruntlar  mexanikasi  va 
gruntlarni  mustahkamlash  usullari  rivojlandi.  Gruntshunos-
likning  bu  sohalari  rivojlanishiga  M.M.  Filatov,  N.N.  Ivanov,  
N.N. Maslov, V.V. Oxotin, N.A. Sitovich, E.M. Sergeyev, A.K. Brulya,  
V.M. Bezruk, G‘.O. Mavlonov, X.Z. Rasulov va boshqalar katta 
hissa qo‘shdilar. 
Grunt deb nurash mintaqasida yotgan, injenerlik inshootlari, 
shuningdek,  yo‘l  inshootlarining  asosi  yoki  ularga  ashyo  bo‘lib 
xizmat qiladigan har qanday tog‘ jinsiga aytiladi. Ular magmatik, 
cho‘kindi va boshqa tubjoy jinslarining yemirilishi natijasida pay-
do bo‘lgan – elyuviy, delyuviy, allyuviylarning keyingi maydala-
nishlari natijasida paydo bo‘lgan jinslardir. 
Tog‘  jinslarining  maydalanish  darajasiga  va  qurilishda  ishla-
tilishiga nisbatan muhim boshqa xossalariga qarab, injenerlik in-
shootlari asosida yotgan yoki qurilish ashyosi sifatida ishlatiladi-
gan gruntlar qurilish me’yorlari va qoidalariga asosan, quyidagi 
asosiy sinflarga bo‘linadi: 


102
1)  tog‘  jinslari  –  mineral  yoki  donalari  o‘zaro  mustahkam 
bog‘langan, bir butun massivlar yoki yoriq qavatli otqindi, meta-
morfik va cho‘kindi jinslar;
2) yirik donali – massasining 50% dan ko‘pi kristall donalar 
ko‘rinishida yoki zarrasining o‘lchami 2 mm dan katta bo‘lgan 
cho‘kindili, bog‘lanmagan gruntlar;
3) qumli-plastiklik xususiyatiga ega bo‘lmagan (plastiklik soni 
birdan kichik) va zarralarining o‘lchami 2 mm dan katta bo‘lgan, 
miqdori 50% kam quruq holatidagi sochiluvchan gruntlar;
4) gilli-quruq holatda mayda donachalari o‘zaro bog‘langan, 
plastiklik  soni  (oquvchanlik  va  jo‘valuvchanlik  chegaralari 
oralig‘idagi namlik) birdan katta. 

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish