17
O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va mayuslik hislarini ifodalovchi
nutq vaqtida shu nutqning so`zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Nutqning
o`zi susayib qoladi, so`zlayotgan kishining tovushi ham bo`linib - bo`linib chiqadi.
Emosiyalar - fiziologik aks ettirish chegarasida turuvchi va odamga o`z ehtiyojlari
bilan bog`liq qo`zg`atuvchilar ta`sir qilganda o`z-o`zini boshqarishni amalga oshiruvchi
psixik aks ettirishning sodda shaklidir. emosiyalar real dunyoni predmet hamda hodisalarni
emas, balki ob`ektiv munosabatlarini aks ettiradi, unda mazkur predmet hamda hodisalar
inson ehtiyoji uchun organizm xizmatida bo`ladilar.
Hissiyotlar faqat insonga xos bo`lib, emosional aks etish va tushunchalarni
umumlashtiruvchi aks ettirishning murakkab formasidir. "Ular predmet va hodisalarning
yuksak ehtiyojlarga hamda insonning shaxs sifatidagi faoliyati stimullariga munosabatini
aks ettiradi." Agarda emosiyalar odamning muhit bilan o`zaro munosabatini organizm
tarzida boshqarsa, hissiyotlar uning munosabatini shaxsning boshqa odamlar, jamiyat bilan
munosabati tarzida boshqaradilar.
Inson emosiya va hissiyotlarni faqat boshdan kechiribgina qolmaydi. Ular tashqarida
mimika, pantomimika, ovoz toni, tempi va nutq ifodaliligining o`zgarishi, yurak urishining
tezlashishi, yuz qizarishi va boshqalarda aks ettiriladi. Har qanday hissiyot bevosita yoki
bilvosita tashqi ta`sir bilan belgilanadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq
bo`lgan narsalar undan ijobiy hissiyotlar (qoniqish, quvonish, sevish va shu kabilar..) paydo
qiladi. Bunga ehtiyojlarni qondirmaslik yoki unga to`sqinlik qilish bilan aloqador bo`lgan
narsalar kishidan (norozilik, g`am, qayg`u, nafrat va shu singarilar) ni keltirib chiqaradi.
Odamning ijtimoiy turmushi oliy hissiyotlarni keltirib chiqaradi. Bularning negizidagi
ehtiyojlar o`zaro munosabatga bo`lgan ehtiyoj, mehnat faoliyatiga bo`lgan ehtiyojlar yotadi.
Hissiyotlar axloqiy, intellektual (bilim) va estetik hissiyotlarga bo`linadi. Axloqiy
hissiyotlar insonning odamlarga, ishga, mehnatga, hamda o`ziga bo`lgan munosabatida
ifodalanadi. Axloqiy hissiyotlar insonning axloqiy xususiyatlari: vijdonlilik, rostguylik,
iltifotlik, intizomlilik va boshqa xususiyatlariga bog`liqdir. Axloqiy hissiyotlar:
vatanparvarlik, insonparvarlik, o`rtoqlik va do`stlik, jamoatchilik, odamning mehnatga
munosabatini ifodalovchi hissiyotlar. Uyalish va vijdon hissi, diniy hissiyot. Axloqsiz
hissiyotlar: g`arazguylik, yulg`uchlik, o`zgalardan ustunlik. Intellektual hissiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |