N A Z O R A T SA V O LLA R I
1. Interaktivlik deganda nimani tushunasiz?
2. Interaktiv xizmatlar nimalardan iborat?
3. Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmat
turlarini aytib bering.
4. Transport vositalarining harakatlanish jadvali, aviaparvozlar
jadvali, temiryo‘l transporti qatnovi jadvali, bank xizmati
ma’lumotlari va boshqa axborotlar qanday olinadi?
13-bob.
AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA
INTERNET TIZIMINING MASOFAVIY USLUBI
Masofaviy uslub asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning
rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan b o ‘lib, o‘qituvchi bilan
o‘quvchilar m a’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish
tizimidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010-
yilning 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» asosida Inter
netning ta’limiy va m a’rifiy imkoniyatlari haqida alohida to ‘xtaldi:
«Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha, ya’ni 12 mingdan ortiq
ta’lim muassasalari, ilmiy va madaniy-ma’rifiy tashkilotlar 25 ming
dan ziyod o‘quv materillari va resurslarni o‘z ichiga olgan Ta’lim
portaliga ulandi. Bu — masofadan turib o‘qitish usullarini ta ’lim
tizimiga keng joriy etish, o‘quvchi va yoshlarga boshqa xil axborot-
kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish imkonini berishi bilan
ayniqsa, ahamiyatlidir. Shu bilan birga, zamonaviy axborot va
69
kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommu-
nikatsiyalar, Internetni, nafaqat, maktab, litsey, kollej va oliy
o ‘quv yurtlariga, balki har bir oilaga joriy qilish harakatlari
bugungi kunda tobora kuchayib bormoqda.
Aynan zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimi mam-
lakatimiz va jamiyatimizning taraqqiyot darajasini ko‘rsatadigan
mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 2010-yilda bu borada amalga
oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda yurtimizda 12 million
kishi Internetdan foydalanmoqda. Ularning yarmini mobil aloqa
orqali Internetdan foydalanuvchilar tashkil etadi. Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi tomonidan aholi, birinchi navbatda, o‘quvchi
va talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalari asosida axborot-
kutubxona, avvalambor, Internet xizmati ko‘rsatishni yanada
yaxshilash maqsadida «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi
Qonun qabul qilindi.
Masofaviy uslub asosida o‘qitish quyidagi texnologiyalarni o‘z
ichiga oladi.
Interaktiv texnologiyalar:
• audiokonferensiyalar (audioconferencing);
• videokonferensiyalar (videoconferencing);
• ish stolidagi videokonferensiyalar (desktop videocon
ferencing);
• elektron konferensiyalar (e-mail, onlayn services);
• ovoz kommunikatsiyalari (voice mail);
• ikki tomonlama sputnik aloqa;
• virtual borliq (virtual reality).
Nointeraktiv texnologiyalar:
• bosib chiqarilgan materiallar;
• audiokassetalar;
• videokassetalar;
• bir tomonlama yo‘ldosh aloqa;
• televizion va radio ko‘rsatuvlari:
• disketa va CD-ROMlar.
Masofaviy uslubning quyidagi afzalliklari mavjuddir:
a) o‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida
o‘qituvchi ilm tolibini o‘qitadi, o‘quvchi esa faqat berilgan mate-
rialni o‘zlashtiradi;
b) mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy uslub
asosida ta ’lim berish — boshlang‘ich, o‘rta, universitet, sirtqi-
kechki va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga oladi;
70
d) ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy uslub asosida ta ’lim
berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqa-
rishdan ajralmasdan ta ’lim olayotganlar uchun qulay sharoit
yaratib beradi;
e) o‘qitish va ta ’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik
m a’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, masofaviy uslub asosida ta ’lim
berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qishdan unumlidir.
Hozirgi kunda to ‘g‘ridan to ‘g‘ri Internet tarmog‘iga kirish
xizmati masofaviy uslub asosida ta ’lim berish uchun elektron
pochtalar, kompyuter konferensiyalar va ma’lumotlarning elektron
bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi
yangi gipermedia tizimini berib, u o‘z ichida Internet tarmog‘iga
kirishning uch asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydala-
nuvchining interfeysi (muloqoti)ni yanada takomillashtirishga
yordam beradi.
Maltikast texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va
multimedia kompyuterlarining mavjudligi Internet tarmog‘i orqali
videokonferensiyalarni yo‘lga qo‘yishga imkon beradi. Shunday qilib,
bunday gigant axborotlashgan tarmoq o‘quvchilarning masofaviy
uslub asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda
turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati m a’lu-
motlarining katta hajmi va ularni uzatishning yuqori tezligi bilan
bog‘liq ko‘plab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu audio-video
axborotning siqiq texnologiyalarini rivojlantirish va katta sig‘imdagi
jamg‘aruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |