amallar esa (zararli yoki zararsiz b o ‘lishi mumkin) viruslarni
yaratuvchi mutaxassislar tomonidan ularning tarkibiga oldindan
kiritiladi. Shu sababdan foydalanuvchi istagidan qat’i nazar, o‘zini
o‘zi yuklovchi dasturlar ham virus sirasiga kiradi.
Virus qanday ishlaydi? Ma’lumki, kompyuterda dasturiy va oddiy
fayllar mavjud. Odatda, virus o ‘z «tana»sini dasturiy faylga
joylashtiradi va tizim ish jarayoni boshlanganidan, ya’ni kompyuter
yuklanishi bilan faollashadi. Bundan tashqari, viruslar yuklovchi
vositalarga o‘rnashib, tizim ishga tushgan vaqtda uni ham ishga
tushiradi.
Virus infeksiyasi obyektga o ‘z tanasini joylashtirish orqali yuqib,
o‘z nusxasini yaratadi va qo‘shimcha fayllarga birikish tarzida kelgusi
«hayoti»ni kechiradi. Dastavval, viruslar disketalar orqali yuqqan
bo‘lsa, bugun ularning aksariyati Internet orqali tarqaladi. Ularning
funksional imkoniyatlari ham tobora kengayib, hatto bir-birlarini
to ‘ldirishga ham qodir dasturlar yaratilmoqda.
Viruslarning «biologik turlari» va tarqalish yo‘llariga ko‘ra, bir
necha xili mavjud. Viruslarni quyidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra farqlash
mumkin:
• zararlovchi obyektlarga ko‘ra (fayl viruslari, yuklanuvchi
viruslar, skript-virus, makroviruslar, dastlabki kodni zararlovchi
viruslar, tarmoq qurtlari);
• zararlantiruvchi operatsion tizim va platformalarning turiga
ko‘ra (DOC, Microsoft Windows, Unix, Lynux);
• virus tomonidan qo‘llaniladigan texnologiyaning turiga ko‘ra
(polimorf viruslar, stels-viruslar, rutkitlar);
• virus yozilgan dasturiy tilga ko‘ra (assembler, dasturlashning
yuqori darajali tillari, skript tili va boshqalar);
• qo‘shimcha zararli vazifalarga ko‘ra (bekdorlar, keyloggerlar,
shpionlar, botnetlar va h.k.).
Ularning har biri bir xilda zararli bo‘lishi bilan birga, vazifalariga
ko‘ra alohida, o‘ziga xos harakatlarni amalga oshiradi. Viruslarning
eng keng tarqalgan turlari quyidagilardir: troyan viruslari, polimorf
va polimorf bo‘lmagan shifrlanuvchi viruslar, stels-viruslar, retro-
viruslar, tarkibiy viruslar va makroviruslar.
Kompyuter virusi — bu o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, kompyuter
tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi hamda
kompyuter va unda saqlanayotgan axborot, dasturlarga zarar
yetkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisob
lanadi.
55
Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o‘zidan nusxa
ko‘chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U
o‘zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida
qayta ko‘paytirib va tarqatib hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun
nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik
va buzilishlarga sabab bo‘ladi va biror hodisa yuz berishi bilan,
masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: