Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet404/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 

XVI MAVZU. YAGONA YER SOLIG`I 

26.1. Yagona yer solig‘ining iqtisodiy mohiyati va huquqiy–me’yoriy asoslari. 

Yagona yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 1998 yilning 10 oktyabrida qabul 

qilgan  «Qishloq  xo‘jalik  tovar  ishlab  chiqaruvchilari  uchun  yagona  yer  solig‘ini  joriy  etish 

to‘g‘risida»gi Farmonga hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabridagi 539-sonli qaroriga 

asosan  joriy  qilingan.  Yagona  yer  solig‘ining  to‘lovchilari  bo‘lgan,  qishloq  xo‘jalik  tovar  ishlab 

chiqaruvchilarining  shu  soliq  bo‘yicha  davlat  byudjeti  bilan  hisoblashish  mexanizmi  O‘zbekiston 

Respublikasining Adliya Vazirligi 2002 yilning 5 martida 1102-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan 

«Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig‘ini hisoblash va to‘lash 

tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da belgilangan.  

Yagona yer solig‘i yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jalik tovar ishlab 

chiqaruvchilari mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va soliqqa 

tortish mexanizmini soddalashtirish uchun 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab joriy qilingan.  

Yagona  yer  solig‘ini  hisoblash  va  to‘lash  tartibi  to‘g‘risidagi  vaqtinchalik  nizom  dastlab 

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Shu 




 

279 


 

nizomga  muvofiq  Samarqand  va  Toshkent  viloyatlarining  qishloq  xo‘jalik  tovar  ishlab 

chiqaruvchilari  2004  yilning  1  yanvaridan  boshlab  tajriba  tariqasida  yagona  yer  solig‘ini  qishloq 

xo‘jalik yerlarining me’yoriy qiymatiga asosan hisoblash tartibiga o‘tkazildi.  

Bu tajriba 2005 yildan boshlab Surxondaryo viloyatiga, 2006 yildan boshlab Andijon, Buxoro 

va Xorazm viloyatlariga hamda 2007 yildan boshlab Navoiy, Jizzax va Farg‘ona viloyatlariga tadbiq 

etildi.  

Yagona yer solig‘ining stavkasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq xo‘jalik yerlarining 

me’yoriy qiymatiga nisbatan foiz hisobida belgilangan.  

Yagona yer solig‘i quyidagi barcha amaldagi umumdavlat (alkagol mahsulotlari uchun aktsiz 

solig‘idan tashqari) va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar o‘rniga kiritilgan: 

•  daromad (foyda) solig‘i; 

• 

qo‘shilgan qiymat solig‘i; 



•  aktsiz solig‘i; 

• 

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 



•  er ostidan foydalanganlik uchun soliq; 

•  mulk solig‘i; 

• 

er solig‘i; 



•  infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; 

•  boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar.  

Yagona  yer  solig‘ining  to‘lovchisi  hisoblangan  qishloq  xo‘jalik  tovar  ishlab  chiqaruvchilari 

uchun  bojxona  boji,  davlat  boji,  litsenziya  yig‘imlari,  byudjetdan  tashqari  fondlarga  ajratmalar, 

hamda alkagol mahsulotlar uchun aktsiz solig‘i to‘lashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.  

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuritishga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan yoki 

ijaraga olingan yer maydonlari soliq ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. 

Qishloq  xo‘jalik  kooperativlari  (shirkatlar),  fermer  xo‘jaliklari  va  agrofirmalar  yagona  yer 

solig‘ining to‘lovchilaridir. 

Agar fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir 

qatorda shu faoliyat turlari bilan shug‘ullansa, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turlari 

bo‘yicha qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lashlari lozim. 

O‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va ilmiy muassasalarning tajriba, 

eksperimental  va  o‘quv-tajriba  xo‘jaliklari,  huquqiy  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lmagan  yordamchi 

qishloq xo‘jaligi hamda dehqon xo‘jaliklari yagona yer solig‘i to‘lamaydi.  

Jamoat binolari va xonadonlar, suv havzalari, kanallar, kollektor va yo‘llar bilan band bo‘lgan 

yerlar  hamda  qishloq  xo‘jaligida  foydalanilmaydigan  boshqa  yerlar  bo‘yicha  tegishli  tuman  va 

shaharlarning sug‘oriladigan yerlarining birinchi sinfi uchun belgilangan stavkalar baza stavkasiga 

qabul qilingan.  

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish