Kreditor bu shunday korxona, tashkilot yoki shaxski, uning oldida boshqa korxonalarning
hisob-kitoblar bo‘yicha majburiyatlari bo‘ladi. Turli debitor va kreditor qarzlar quyidagi hollarda
yuzaga keladi:
− korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan pul
undiriladigan bo‘lsa;
− kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo‘lmagan xonalarning ijara haqlari bo‘yicha;
− mehnat jamoasi a’zolarining buyrug‘i bilan bankka va boshqa joylarga pul o‘tkazish bo‘yicha;
− boshqa hollarda.
Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga kelishining asosiy sababi -
hisob-kitoblarda to‘lovlar muddati yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunga har
qanday holatda ham yo‘l qo‘yiladi. Agarda mahsulot ortib jo‘natish orqali sotiladigan bo‘lsa, bunda
to‘lovlar amalga oshish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida aks ettiriladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining undirish muddati 3 oy yoki 90 kun qilib
belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik va kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi va
ularning holati bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va
moliyaviy) belgilanadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida yuridik shaxslar
o‘rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat belgilangan. Ushbu
muddatda to‘lanmagan yoki undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxonaning foyda va
zararlariga olib boriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari davlat tomonidan
nazoratga olinadi. Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga
qo‘shiladi va umumiy asosda soliqqa tortiladi. Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarini zararga olib
borish soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirmaydi.
Da’volar bo‘yicha hisoblashishlar 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyot (to‘lovlar)»
hisobvarag‘ida yuritiladi. Bu hisobvaraq mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga, transport va
boshqa tashkilotlarga bildirilgan e’tirozlar, shuningdek, ularga taqdim etilgan va tan olingan
jarimalar, o‘simlar va beqarorliklar bo‘yicha hisoblashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyaviy va operativ lizinglar bo‘yicha olinadigan
to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti (royalti – bu sotuvchiga litsenziya shartnomasida
belgilangan ma’lum narsani ishlatish huquqi uchun davriy to‘lovlar) va gonorar (gonorar – bajarilgan
ish, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha mukofot va rag‘batlantirishlar) bo‘yicha olinadigan schyotlar va
boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu muomalalarning hisobi 4800-«Turli
debitorlarning qarzlari hisobi» bo‘yicha ochilgan (4810, 4820, 4840 va 4890) hisobvaraqlarda aks
ettiriladi.
Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga moliyaviy va operativ lizinglar
bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar, to‘lanadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo‘yicha
to‘lanadigan schyotlar, hisobdor shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday
muomalalarning hisobi 6900-«Turli kreditorlardan olingan qarzlar va boshqa majburiyatlar hisobi»
hisobvarag‘i bo‘yicha ochilgan (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) hisobvaraqlarda
aks ettiriladi.
43, 40, 63, 65, 47, 67, 48, 69, 41, 61-hisobvaraqlar bo‘yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi.
O‘uyida bu qaydnomaning shakli ko‘rsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |