Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

13.2. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi 

Ajratilgan  bo‘linmalar,  sho‘‘ba  va  qaram  xo‘jalik  jamiyatlariga  joriy  va  uzoq  muddatli 

majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 

 a) joriy qismi: 

 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”; 

 6120 “Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”. 

 b) uzoq muddatli qismi: 

 7110 “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar”; 

7120 «Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar». 

 Mazkur schyotlar krediti bo‘yicha alohida bo‘linmalar, sho‘‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari 

oldidagi  turli  xil  muomalalar  bo‘yicha  majburiyatlar  tovar-moddiy  boyliklar,  pul  mablag‘lari, 

xarajatlar va hokazolarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada hisobga olinadi. 

 Masalan, alohida bo‘linmadan (sho‘‘ba yoki tobe xo‘jalik jamiyatidan) xom ashyo olindi: 

 Dt 1010250000 so‘m 

 Kt 6110 (6120)250000 so‘m 

 Yahni mazkur schyotlar bo‘yicha yuqorida sanab o‘tilgan to‘lovga oid schyotlardagi singari 

hisob yuritiladi, faqatgina farqi shundaki, bu yerda barcha xo‘jalik sub’ektlari bilan emas, balki bosh 

sub’ektga tobelik tarzida alohida yuridik munosabatga ega bo‘lganlari bilan muomalalar aks ettiriladi. 

 Bo‘linmalarga uzoq muddatli qarzlarni hisobga olish schyotlarida, xususan olingan mol-mulk 

bo‘yicha qarz ham aks ettirilishi mumkin. 

Alohida balansda ajratib ko‘rsatiladigan filiallar bilan hisob-kitoblar go‘yoki filial - mustaqil 

tashkilotdek  olib  boriladi.  Bu  narsa  qonun  hujjatlariga  ko‘ra  alohida  balansga  ajratilgan  barcha 

bo‘linmalar soliq solish maqsadida alohida mustaqil birlik sifatida qaralishi bilan bog‘liq. Biroq, agar 

alohida  balansda  ajratib  ko‘rsatilmaydigan  bo‘linmalar  mavjud  bo‘lsa,  yuqorida  aytib  o‘tilgan 

schyotlar (6110, 7110) qo‘llanilmaydi. Bunday bo‘linmalarga mol-mulkni ajratish (berish) chog‘ida 

sub’ekt balansida o‘zgarishlar ham yuz bermaydi, chunki ular mazkur holatda bosh sub’ekt bilan bir 

butun  ko‘rib  chiqilyapti  (ular  alohida  balansda  ajratib  ko‘rsatilmagan  va  mustaqil  birlik 

hisoblanmaydi}. Hisob to‘liq bo‘lishi uchun sub’ektga bunday bo‘linmalarga ajratilgan mol-mulkni 

aks ettirish uchun qo‘shimcha schyotlar joriy etish tavsiya qilinadi. 

Masalan, bo‘linmaga avtomobil berilganda quyidagi yozuvni qayd etish mumkin: 

Dt 0161 «Filiallardagi trasport vositalari» 5600000 so‘m 

Kt 0160 «Trasport vositalari» (Bosh sub’ektda) 5600000 so‘m 

Muddati kechiktirilgan  majburiyatlarni hisobga  olish. Muddati kechiktirilgan majburiyatlar 

haqidagi  axborot,  agar  ularning  muddati  joriy  davrda  kechiktirilgan  va  kelgusida  to‘lanadigan 

(bajariladigan) bo‘lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 

 a) qisqa (joriy) muddatlilari: 

 6210 «Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» 

 6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" 

 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 

 6240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar" 

 6250  «Vaqtinchalik  farqlar  bo‘yicha  kechiktirilgan  daromad  (foyda)  solig‘i  bo‘yicha 

majburiyatlar» 

 6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar " 

 b) uzoq muddatlilari: 

 7210 «Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» 

 7220 "Mukofot (ustamalar)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" 

 7230 - "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"  

 7240  "Soliqlar  va  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  uzoq  muddatli  muddatli  kechiktirilgan 

majburiyatlar" 

 7250  "Vaqtinchalik  farqlar  bo‘yicha  kechiktirilgan  daromad  (foyda)  solig‘i  bo‘yicha  uzoq 

muddatli majburiyatlar" 

7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 




 

6210  va  7210-schyotlarda  diskont  (chegirmalar)  ko‘rini-shidagi  muddati  kechiktirilgan 

daromadlar hisobga olinadi hamda investorlargina (obligatsiyalar xaridorigina) undan foydalanadi. 

Misol. 


1500  ming  so‘mlik  nominal  qiymatga  ega  uch  yillik  obligatsiyalar  1440  ming  so‘mga 

chegirma bilan sotib olindi. Qimmatli qog‘ozning nominal qiymati va uning xarid qiymati o‘rtasidagi 

farq 60 (1500-1440) diskont (chegirma) deb ataladi hamda xaridor (investor) taraf uchun daromad, 

sotuvchi (qarz beruvchi) taraf uchun esa – xarajat hisoblanadi. 

Buni  quyidagicha  izohlash  mumkin,  agar  xuddi  shunday  kreditga  qobillik  yoki  xatarni 

baholash  bilan  majburiyatlar  bo‘yicha  bozor  foiz  stavkasi  Ushbu  qimmatli  qog‘ozlar  bo‘yicha 

belgilangan foiz stavkasidan, yahni mazkur qimmatli qog‘ozda ko‘rsatilgan foiz stavkasidan yuqori 

bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar chegirmalar bilan sotiladi. 

Chegirma  joriy  davrdagi  daromad  sifatida  aks  ettirilmaydi,  balki  obligatsiyaning  butun 

muomala  davrida  (mazkur  holatda  3-yil)  tengravishdataqsimlanadi.Chegirmasummasimuddati 

kechiktirilgan daromad schyotlarida hisobga olinadi. Joriy chegirma sifatida - uning uchdan bir qismi 

(obligatsiya muomalasi 3 yil bo‘lgani uchun) - 20 ming so‘m, uzoq muddatlisi (keyingi ikki yilga 

taqsimlangan chegirma) - 40 ming so‘m. 

Obligatsiyalarni chegirma bilzn xarid qilish muomalalari 

quyidagicha aks ettiriladi: 

Dt 0610 «Qimmatli qog‘ozlar»1500 m.s. 

Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti"1440 m.s. 

Kt 6210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar»20 m.s. 

Kt 7210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"40 m.s. 

Obligatsiyalar  bo‘yichz  chegirmalarni  hisobdan  chiqarish  davriyligi,  odatda  ular  bo‘yicha 

hisoblab yoziladigan foiz daromadlari davriyligiga mos keladi. Agar masalani soddalashgirish uchun 

obligatsiyalar bo‘yicha 

foiz daromadlari bir marta yil oxirida hisoblab yoziladi,deb faraz qiladigan bo‘lsak, chegirma 

ham ushbu muddatlarda hisobdan chiqariladi: 

Dt 6210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi kechiktirilgzn daromadlar»20 m.s. 

Kt 9530 "Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar" 20 m.s. 

Obligatsiyalar  bo‘yicha  diskont  (chegirma)ning  joriy  qismini  hisobdan  chiqarish  chog‘ida 

yana bir buxgalteriya yozuvi qayd etiladi: kelgusi yil hisobdan chikariladigan muddati kechiktirilgan 

uzoq muddatli chegirmalar qismi joriy qismga o‘tkaziladi: 

Dt 7210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"20 m.s. 

Kt 6210 "Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar"20 m.s. 

Shunday qilib, 3 yil davomida butun chegirma hisobdan chiqariladi. 

6210 va 7210 schyotlarda mukofot (ustama) ko‘rinishidagi muddati kechiktirilgan daromadlar 

hisobga olinadi hamda faqat qarz beruvchi (obligatsiyalarni sotuvchi) tomonidan foydalaniladi. 

Misol. 

1500 ming so‘mlik nominal qiymatga ega 3 yillik obligatsiyalar 1560 ming so‘mga mukofot 

(ustama)  bilan  sotilgan,  deb  faraz  qilaylik.  Sotilgan  qimmatli  qog‘oz  qiymati  va  uning  nominal 

qiymati  o‘rtasidagi  farq  60  (1560-1500)  mukofot  (ustama)  deb  ataladi  hamda  sotib  oluvchi  taraf 

(investor)  uchun  qimmatli  qog‘ozni  sotib  olishda  uni  so‘ndirishdagiga  nisbatan  ko‘proq  pul 

to‘langanligi  sababli  xarajat  hisoblanadi;  sotuvchi  (qarz  beruvchi)  taraf  uchun  esa  daromad 

hisoblanadi. 

Buni quyidagicha izohlashimiz mumkin, agar ushbu qimmatli kogozlar bo‘yicha belgilangan 

foiz stavkasi xuddi shunday kreditga qobillikni yoki xatarni baholashga oid majburiyatlar bo‘yicha 

bozor  foiz  stavkasidan  yuqori  bo‘lsa,  mazkur  qimmatli  qog‘ozlar  mukofot  (ustama)  bilan  birga 

sotiladi. 

Chegirmalar  singari  mukofotlar  ham  joriy  davr  daromadlari  sifatida  aks  ettirilmaydi,  balki 

obligatsiyaning butun muomala davriga teng ravishda taqsimlanadi. 

Mukofot bilan obligatsiyalarning sotilishi muomalalari quyidagi aks ettiriladi: 

Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti"1560 m.s. 



 

Kt 7830 "To‘lanadigan obligatsiyalar"1500 m.s. 

 Kt 6220 "Mukofot (ustama) ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar»20 m.s. 

 Kt 7220 "Mukofot (ustama) ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar»40 m.s. 

 Bundan keyingi muomalalar xuddi hisob chegirmalarini hisobga olishga o‘xshab yuritiladi. 

 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" hamda 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan 

daromadlar"  schyotlarida  hisobot  davrida  olingan  (hisoblab  yozilgan),  lekin  kelgusi  hisobot 

davrlariga taalluqli bo‘lgan daromadlar aks ettiriladi. 

 "Kechiktirilgan 

daromadlar" 

atamasi 

(xalqaro 

amaliyotda 

"oldindanto‘langandaromadlar","ishlamaytopilgan  daromadlar"  va  boshqa  atamalar  ko‘p 

qo‘llaniladi)  ko‘proq  sub’ekt  yetkazib  bermagan  tovari  yoki  ko‘rsatmagan  xizmati  uchun  pul 

mablag‘lari oladigan holatlarga xosdir. Bunday holatlarga ko‘proq xos xususiyatlar oliy o‘quv yurtida 

o‘qish uchun haq, ijara haqi, temir yo‘l, aviatsiya va boshqa transport vositalariga chiptalarni sotish, 

jurnalga obuna uchun haq to‘lash va boshqalar hisoblanadi. 

 Buxgalteriya  hisobi  tamoyillariga  muvofiq,  bo‘nak  tarzida  olingan  pul  mablag‘lari  toki 

daromad  keltiradigan  xizmatlar  ko‘rsatilib  yoki  tegishli  tovar  yetkazib  berilgunga  qadar  daromad 

sifatida  tan  olinmaydi.  2-son  BHMSga  ko‘ra,  bunday  to‘lovlarning  kelib  tushishi  majburiyatlarni 

yuzaga keltiradi  va tovarlar yetkazib berilgandan (xizmatlar ko‘rsatilgandan) 

keyingina muddati kechiktirilgan daromadlar schyoti yopiladi, unda aks ettirilgan summalar 

sotishdan daromadlarni hisobga olish schyotlari kreditiga hisobdan chiqariladi. 

Masalan, kelgusida bajariladigan ishlar uchun pul kelib tushganda quyidagicha buxgalteriya 

yozuvi beriladi: 

Dt 5110 «Hisob kitob schyoti»1200 m.s. 

1200 m.s.Kt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 

Ishlarning  bajarilishiga  qarab,  muddati  kechiktirilgan  daromad  sotishdan  olingan 

daromadlarga kiritiladi:  

Dt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"1200 m.s. 

Kt 9030 "Ishlarni bajarishdan va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" 

1200 m.s. 

6230-schyotda  sotilmagan  (realizatsiya  qilinmagan)  daromadlar  deb  ataluvchi  -  masalan, 

kursdagi musbat farqlar ko‘rinishidagi daromadlar ham aks ettiriladi. «Buxgalteriya hisobi, statistika 

va boshqa hisobotlarda chet el 

valyutasidagi  muomalalarni  aks  ettirish  tartibi  to‘g‘risida»gi  Nizomga  (yangi  tahrirdagi 

Adliya vazirligi tomonidan 2004  yil 17 sentyabrda 1411-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, Moliya 

vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasining 

2004  yil  2  sentyabrdagi  98,  41,  2004-57,  257-V,  8-son  qarori  bilan  tasdiqlangan)  ko‘ra,  xo‘jalik 

yurituvchi  sub’ektlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  kursi  bo‘yicha  yuzaga  kelgan 

kursdagi musbat farqni "Kelgusi davrlar daromadlari" schyotiga kiritish bilan har oyda balansning 

valyutaga doir moddalarini qayta baholashni o‘tkazadi. 

Har oyda balansning valyutaga oid moddalarini qayta baholash natijasida to‘plangan kursdagi 

musbat farq kuyidagi tartibda sub’ekt moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi: 

-xorijiy valyutadagi debitorlik qarzi bo‘yicha 

–uning so‘ndirilishiga (hisobdan chiqarilishiga) qarab; 

-qolgan  holatlarda  -  balansning  tegishli  valyutaga  oid  moddalariga  binoan  xo‘jalik 

muomalalarini bajarish bo‘yicha. 

Misol. 


Qimmatli  qog‘ozlarni  valyutada  qayta  baholash  tufayli  hisobot  davrida  kursdagi  farq  500 

ming so‘mni tashkil qildi: 

Dt 0610 «Qimmatli qog‘ozlar»500 m.s. 

Kt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar"500 m.s. 

Agar  bunda  qimmatli  qog‘ozlarning  muomala  muddati  yaqin  yilga  mo‘ljallangan  bo‘lsa, 

kursdagi  farqning  butun  summasi  joriy  muddati  kechiktirilgan  daromad  schyotida  aks  ettirilishi 

lozim. Qimmatli qog‘ozni so‘ndirishda: 



 

Dt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 500 m.s. 

Kt 9540 "Valyuta kurslari farqlaridan daromadlar" 500 m.s. 

6240  va  7240-schyotlarda  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  vakolatli  hokimiyat  organlarining 

qabul qilingan qarorlariga ko‘ra, to‘lovi bir necha yilga kechiktirilgan soliqlar va majburiy to‘lovlar 

bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar aks ettiriladi.  

Chunonchi,  masalan,  Prezidentimizning  1996  yil  31  maydagi  "Xorijiy  investitsiyalar 

ishtirokidagi  sub’ekt-larni  tashkil  qilish  va  faoliyat  yuritishini  rag‘batlanti-rishga  doir  qo‘shimcha 

chora-tadbirlar  to‘g‘risida"  PF-1467-son  Farmoni  bilan  eksportga  yo‘naltirilgan  va  import  o‘rnini 

bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi sub’ektlarlarga soliq 

kredit-larini  taqdim  etish  shartlari  belgilangan.  (O‘zbekiston  Soliq  kodeksida  soliq  krediti 

tushunchasi mavjud emas). Yuqorida aytib o‘tilgan Farmonga muvofiq, soliq krediti 

foyda  solig‘i,  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  va  yer  solig‘i  bo‘yicha  byudjetga  to‘lanishi  lozim 

bo‘lgan  to‘lovlar  muddatini  ikki  yilgacha  kechiktirish  hisobidan  beriladi.  Soliq  to‘lovchidan  soliq 

kreditidan  foydalangani  uchun  hisoblab  yozilgan  (muddati  kechiktirilgan)  soliqlarning  umumiy 

summasidan  Markaziy  bankning  qayta  moliyalash  stavkasining  30  foiziga  teng  stavka  bo‘yicha 

foizlar ko‘rinishidagi haq undiriladi va har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga 

qadar byudjetga hisoblab o‘tkaziladi. 

 Mazkur holatda byudjet oldidagi majburiyatlarni hisoblab yozish, masalan, daromad (foyda) 

solig‘i bo‘yicha kuyidagicha aks ettiriladi: 

Dt 9810 "Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar" 

Kt 7240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar". 

Bu qarz so‘ndirilishiga 1 yil qolganda, u joriy qarz sifatida aks ettiriladi: 

 Dt 7240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 

 Kt 6240 "Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar". 

 6250  va  7250-schyotlarda  hisobot  davridagi  soliq  solinadigan  va  hisobga  olinadigan 

(buxgalteriya)  daromadlar  o‘rtasidagi  farq  hisoblanadigan,  yuzaga  keladigan  vaqtdagi  farqlar 

mavjudligi bilan muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i summasi aks ettiriladi. Ular daromad 

va xarajatlarning ayrim moddalari soliq solinadigan daromadga kiritiladigan hisobot davri, ular hisob 

daromadiga kiritiladigan (chiqariladigan) hisobot davriga mos kelmaganda yuzaga keladi. Daromad 

(foyda)  solig‘i  bo‘yicha  xarajat  hisob  daromadidan  kelib  chiqqan  holda  (yahni  sub’ektning  hisob 

siyosatiga muvofiq) hisob-kitob qilinadi, daromad (foyda) solig‘i esa soliq solinadigan daromaddan 

kelib chiqib hisoblanadi. 

Olingan joriy bo‘naklarni hisobga olish 

    Bo‘nak olish butun dunyoda xaridorlar va buyurtmachilar bilan munosabat o‘rnatishning 

juda keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bo‘nak xaridorlar va buyurtmachilardan kelgusida to‘lovlar 

kelib tushishi hamda mol yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma bajarilishining kafolati sifatida 

ifodalanadi. O‘zbekistonda bunday hisob-kitob shakli qonunda belgilangan (xo‘jalik sub’ektlarining 

oldindan  15%  to‘lov  to‘lanmasa,  yuklashni  amalga  oshirishi  taqiqlangan).  Olingan  bo‘naklar  pul 

mablag‘larini olgan sub’ekt uchun ishlar bajarilmaguncha, xizmatlar ko‘rsatilmaguncha yoki tovar 

yuklanmaguncha majburiyatni yuzaga keltaradi. 

TMBni yetkazib berish yoki buyurtmachilar uchun qisman tayyorlik bo‘yicha bajarilgan ishlar 

va ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan olingan bo‘naklar bo‘yicha joriy qarzlar, shuningdek aktsiyalar 

obunachilari - jismoniy shaxslardan olingan summalar hamda boshqa bo‘naklar quyidagi schyotlarda 

aks ettiriladi: 

    6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar"; 

    6320 "Aktsiyaga obunachilaridan olingan bo‘naklar"; 

    6390 " Boshqa olingan bo‘naklar". 

    Olingan  bo‘naklar  summalari  6310,  6320,  6390-schyotlar  krediti  va  pul  mablag‘larini 

hisobga olish schyotlari debeti bo‘yicha aks ettiriladi. 

    Misol. 

500 ming so‘mlik summadagi tovarlarni  yetkazib berish  yuzasidan 15%  mikdorida bo‘nak 

olindi: 



 

Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti"75 m.s. 

Kt 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar"75 m.s. 

Xaridorga  tovarlarni  yuklab  ortish  chog‘ida  olingan  bo‘nak  summasi  uning  qarzini 

kamaytiradi: 

Dt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"500 m.s. 

Kt 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar"500 m.s. 

Bir yo‘la quyidagi provodka tuziladi: 

Dt 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar"75 m.s. 

Kt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"75 m.s. 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish