yangi sabzavotlar bilan yil davomida uzluksiz ta'minlash maqsadida xususiy mulkchilikka
asoslangan yopiq yerdagi sabzavotchilik rivojlanmoqda. Ta'kidlash joizki, ochiq yerdagi va yopiq
yerdagi sabzavotchilik tashkiliy-texnologik jihatdan bir-birlaridan sezilarli darajada farq qilib, bu
o‘z navbatida ularning tannarxini hisoblashda turli usullarni qo‘llashni taqozo etadi.
Sabzavotlar yetishtirish bilan asosan sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari
shug‘ullanadilar. Lekin ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi, assortimenti, tannarxi va
samaradorlik ko‘rsatkichlari fermer xo‘jaliklari bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi. Yirik
ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida mazkur ishlab chiqarish muhim hisoblanib, asosiy sabzavot
mahsulotlari katta maydonlarda etishtiriladi.Bunday fermer xo‘jaliklari ichki bozorni
sabzavotchilik mahsulotlari bilan ta'minlash va chetga eksport qilish bilan ham shug‘ullanadilar.
Ular odatda, shahar atrofida joylashgan bo‘lib, mahsulotlarni iste'molchilarga etkazish xarajatlari,
ushbu mahsulotlar tez buziluvchan bo‘lganligi bois, yo‘qotishlar ham qisqaradi. Ixtisoslashmagan
fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari xo‘jalikning ichki ehtiyojlarini qondirish va
qisman bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi.
Sabzavotchilikda har xil mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada farq qiladi.
Chunki bozorda ularga bo‘lgan talab va mahsulotlarning tayinlanishi ham turlicha. Shu munosabat
bilan ochiq yerdagi sabzavotchilik asosiy ekinlar (karam, bodring, pomidor, lavlagi, sabzi,
sarimsoqpiyoz)va boshqa sabzavot ekinlariga (petrushka, salat, shpinat, ukrop) bo‘linadi.
Ushbu sabzavot mahsulotlarining ahamiyati, yetishtirish hajmi va fermer xo‘jaliklarining
ixtisoslashganligini hisobga olgan holda sabzavot ekinlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish
obektlari belgilanadi. Sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida xarajatlar har bir
asosiy ekin turi bo‘yicha alohida va boshqa ekinlar bo‘yicha bir butunligicha, ixtisoslashmagan
fermer xo‘jaliklarida esa ochiq yerdagi barcha sabzavot ekinlari bo‘yicha butunligicha hisobga
olinadi. Bu o‘z navbatida Kalkulyatsiya obektlari va har xil ekinlar mahsulotlarining tannarxini
hisoblash tartibini belgilashda tegishli yondashuvlarni taqazo etadi. Masalan, ixtisoslashgan
fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari har bir asosiy ekin turi bo‘yicha alohida, boshqa
ekinlar bo‘yicha butunligicha hisoblanadi. Ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda esa ochiq yerdagi
barcha sabzavot mahsulotlari tannarxi bir butunligicha hisoblanadi.
Odatda sabzavot ekinlaridan bir turdagi mahsulotlar olinadi. Ayrim hollardagina palak,
karam bargi, to‘liq rivojlanmagan karam boshlari foydalanilishi mumkin. Bunday mahsulotlar
qo‘shimcha hisoblanadi va ko‘k massa tannarxi bo‘yicha baholanadi (agar kirim qilinsa). Shunday
qilib, alohida ekin turi, ekinlar guruhi butun quyi tarmoq bo‘yicha asosiy sabzavot mahsulotlari
tannarxi uni parvarishlash uchun qilingan barcha xarajatlardan qo‘shimcha mahsulot qiymatini
(agar u mavjud bo‘lsa) chegirib, aniqlanadi.
Sabzavotchilik mahsulotlarini kirim qilishda ular standart va nostandart mahsulotlarga
bo‘linib, bu keyinchalik mazkur mahsulotlar har bir guruhining tannarxini alohida hisoblash uchun
zarur axborotlar bilan ta'minlaydi. Bizning fikrimizcha, standart va nostandart mahsulotlar
tannarxini alohida hisoblash uchun asosiy mahsulotga tegishli xarajatlar ushbu mahsulot guruhlari
bo‘yicha ularning bozor bahosiga asosan aniqlangan qiymatiga mutanosib taqsimlanishi zarur.
Fikrimizni tasdiqlash uchun fermer xo‘jaligida yetishtirilgan sabzavotchilik mahsulotlari
tannarxini hisob-kitobini keltiramiz (6.2-jadval).
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 1s standart sabzavot mahsulotlari haqiqiy
tannarxi 261,0 ming so‘m, 1s nostandart sabzavot tannarxi esa 117,0 ming so‘mni tashkil etgan.
1s standart sabzavot sotishdan 189,0 ming so‘m (450,0-261,0), nostandart sabzavot sotishdan 83
ming so‘m (200,0-117,0) foyda olingan. Demak, fermer standart mahsulotlar ulushini ko‘paytirish
va sotish bahosini yanada oshirish imkoniyatlarini izlashi lozim. Sabzavotchilikka
ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari ularning turlari bo‘yicha
hisoblanishi mumkin. Bunda hisobga olingan xarajatlarning asosiy mahsulotlarga tegishli qismi
ularning bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida «boshqa sabzavot mahsulotlari» guruhiga kiruvchi ekinlardan
olingan mahsulotlar tannarxi ham shu tartibda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: