G‘alla ekinlari mahsulotining tannarxi ularga qayta ishlov berish,quritish natijasida
kamayishi va xo‘jalikda foydalanilmaydigan xas-cho‘plar vazni chiqarib tashlangandan keyingi
vaznda aniqlanadi. Masalan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan g‘allaning bunker vazni 992 sentner.
g‘allaga qo‘shimcha ishlov berish va uni quritish natijasida kamayishiga tuzilgan dalolatnomalar
a) g‘allani xas-cho‘pdan tozalash va quritish tufayli kamaygan vazni 12 sentner;
b) em uchun foydalaniladigan don chiqiti (laboratoriya tahlili natijasida tarkibida 40% don
borligi aniqlangan) – 80 sentner. Undan tashqari, 54 sentner somon olingan. Demak, 830 sentner
G‘allaning tannarxini aniqlash uchun 2010-«Dehqonchilik» schotining tegishli analitik
schotida g‘allaning mazkur turi bo‘yicha hisobga olingan barcha xarajatlar summasidan somon
uchun normativlar bo‘yicha qilinadigan (o‘rib-yig‘ib olish, presslash, jo‘natish, g‘aramlash)
xarajatlari summasi chegirib tashlanadi. Qolgan summa g‘alla bilan don chiqiti tarkibidagi sof don
hajmiga mutanosib taqsimlanadi. So‘ng don chiqiti tarkibidagi 1 sentner donning tannarxi
Fermer xo‘jaligida yuqorida keltirilgan miqdordagi g‘alla mahsulotlarini yetishtirish uchun
G‘alla mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun jami qilingan xarajatlardan somonning
normativ qiymati chegirib tashlanadi. Faraz qilaylik, 54 sentner somonning normativ xarajatlar
bo‘yicha qiymati 270000 so‘mga teng, unda 1 sentner somonning normativ tannarxi 5000 so‘m
(270000:54) bo‘ladi. Bu holda g‘alla bilan don chiqitiga tegishli xarajat 12930000 so‘mni
(13200000-270000) tashkil etadi.
Don chiqitining tarkibida 40% don bo‘lganligi uchun g‘allaga aylantirilganda 32 sentner
bo‘lsa (80x40:100), jami shartli g‘alla miqdori 862 sentner (830+32) ga teng. Shundan don
chiqitidagi g‘alla miqdori 3,712%ni (32x100:862) tashkil etadi. Demak, somonning normativ
qiymati (270000 so‘m) chegirib tashlangandan so‘ng qolgan xarajatlar summasining 3,712%i don
chiqiti (g‘alla)ga tegishlidir. Bu 480000 so‘mni (12930000x3,712:100) tashkil etadi. Shunday
qilib, 1 sentner don chiqiti tannarxi 6000 so‘m (480000:80) bo‘lsa, 1 sentner sof don tannarxi
15000 so‘mga ((12930000-480000):830) teng.
Amaldagi tartibga muvofiq urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan urug‘lik don tannarxi
quyidagi obektlar bo‘yicha hisoblanadi: supyerelita, elita, I va II reproduksiya va foydalaniladigan
don chiqiti.
Bir sentner tegishli reproduksiyadagi urug‘lik don (supyerelita, elita, I reproduksiya va II
reproduksiya) tannarxini aniqlash uchun jami xarajatdan don chiqiti normativ qiymati chegirib
tashlanadi. Qolgan urug‘lik donga tegishli summa yuqoridagi reproduksiyalarning sotish bahosi
bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi va olingan summa tegishli reproduksiyadagi urug‘lik
donning, ular tozalanib, quritilgandan so‘nggi miqdoriga bo‘linadi. Natijada tegishli
reproduksiyadagi I sentner urug‘lik donning haqiqiy tannarxi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: