7.2. Valyuta schyotiga doir muomalalar hisobi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini erkinlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan
islohotlar mamlakat hayotining amalda barcha tomonlarini qamrab olgan. Ular qatoriga
O‘zbekistonning tashqi dunyo, xususan, tashqi iqtisodiy aloqalar bilan iqtisodiy va boshqa xar qanday
muloqotiga yo‘ldosh bo‘lgan va unga xizmat qiluvchi, pul ko‘rinishidagi turli tuman aloqalarning
murakkab majmuini tashkil etuvchi valyuta munosabatlari sohasi ham kiradi.
Milliy valyutaning tashqi barqarorligini tahminlash vazifalari valyuta bozorining faoliyat
ko‘rsatishi uchun zarur shart sharoitlarini,musbat to‘lov balansini barpo etish, yetarlicha oltin valyuta
zaxiralarini shakllantirish, milliy valyutaning barqaror almashtirish kursini qo‘llab turish uchun
zamin yaratishni talab qiladi. 2003 yilda so‘mning konvertatsiya qilinishini tahminlash chora-
tadbirlarining amalga oshirilishi barcha xo‘jalik sub’ektlari uchun ochiq, chet el valyutasiga bo‘lgan
talab va taklif nisbatidan kelib chiqqan holda yagona almashtirish kursini belgilab beradigan valyuta
bozorini shakllantirish imkonini berdi.
Valyuta bozorini erkinlashtirish va almashtirish kursini qo‘llab-quvvatlash eksportchilar
uchun qulaylik yaratib, xom ashyo bo‘lmagan tovarlar eksportining o‘sishi va maxalliy ishlab
chiqarishning rivojlanishini rag‘batlantirdi. Xom ashyo eksportiga doir narxlar konhyunkturasini
yaxshi tomonga o‘zgartirishi bilan bir qatorda bu hol 2003 yilda to‘lov balansining musbat saldosini
va oltin valyuta zaxiralarining o‘sishini tahminlash imkonini berdi.
Chunonchi, 2003 yilda respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyati jo‘shqin rivojlanib bordi.
Tashqi savdo aylanmasi 2002yilga qaraganda17,3%ga, shu jumladan eksport – 24,6% ga oshdi.
Import bilan solishtirganda tovarlar va xizmatlar eksporti o‘sishi yanada yuqori surhatlarining
saqlanib qolishi natijasida savdo balansining musbat saldosi eksport hajmi 3725 mln dollar, import
xajmi esa 2964,2 mln dollarni tashkil qilganda 760,8 mln AQSh dollarini tashkil qildi.
O‘tgan yillarga qaraganda to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi saldosining sekin-
astalik bilan o‘sib borayotganligini tahkidlash lozim. Agar 2001 yilda ushbu ko‘rsatkich manfiy
bo‘lgan va YaIM nisbatan 1,1% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2002 yilga kelib u musbat ko‘rsatkichga
aylandi va YaIMga nisbatan 2,3%ga, 2003 yilda esa –3,4% ga teng bo‘ldi.
Hukumat va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha
milliy valyutaning konvertatsiya qilinishini tahminlashga doir harakatlar rejasini bajarish uchun 2003
yilda birjadan tashqari valyuta bozoridagi, naqd valyuta bozoridagi operatsiyalarga, shuningdek
tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishga doir mahlum cheklashlarni
bekor qilgan bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha:
− savdo vositachilik tashkilotlari tomonidan chet el valyutasini xarid qilishga doir taqiq bekor
qilindi;
− xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga byudjet oldida qarzlari yoki bo‘sh turgan valyuta mablag‘lari
mavjud bo‘lgan hollarda chet el valyutasini sotib olishlariga yo‘l qo‘ymaydigan qoidalar bekor
qilindi;
− chet el valyutasini qarz mablag‘lari hisobidan xarid qilishga ruxsat berildi;
− so‘mdagi mablag‘larning birjadan tashqari valyuta bozorida konvertatsiyasini amalga oshirish
uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan vakolatli banklarga taqdim etiladigan xujjatlar
ro‘yxati imkoni boricha qisqartirildi;
− xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar so‘mdagi pul mablag‘larini chet el valyutasiga konvertatsiya qilish
tartibini soddalashtirish bilan bir qatorda chet el valyutasi sotib olishga doir buyurtmalarni ko‘rib
chiqish muddati bir haftadan uch kunga qadar qisqartirildi;
− ichki valyuta bozorida almashtirish kurslarini bir xillashtirish to‘liq nihoyasiga yetkazildi va
hozirgi vaqtda barcha operatsiyalar banklararo savdo sessiyalarida belgilanadigan kurs bo‘yicha
amalga oshiriladi.
− Naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha:
− jismoniy shaxslarga vakolatli banklarning almashtirish punktlari orqali ularning davriyligi va
cheklangan summasi bo‘yicha naqd chet el valyutasi va yo‘l cheklarini sotishlar chog‘idagi
cheklashlar bekor qilindi;
− rezident jismoniy shaxslar 2000 yil AQSh dollariga ekvivalent summadagi naqd chet el
valyutasini respublika hudududidan tashqariga erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etildi.
Tashqi savdo operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarining amalga oshirilishidan:
− import kontraktlari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlariga doir cheklar shuningdek chet el banki kafolatini
taqdim etish va bo‘nak to‘lovi xajmiga mutanosib ravishda summani milliy valyutada
deponentlashtirish bo‘yicha talashlar bekor qilindi;
− offshor zonalarda bo‘nak to‘lovlar yoki xizmatlar uchun to‘lovlarga taqiqlar bekor qilindi;
− norezident uchinchi shaxslar foydasiga import konraktlari bo‘yicha to‘lovlarga taqiqlar olib
tashlandi, shuningdek chet el kreditlarining jalb qilinishi munosabati bilan foizli va o‘ziga
to‘lovlar xajmlariga doir cheklashlar bekor qilindi;
− savdoga tegishli bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq to‘lovlar va o‘tkazmalarining amalga
oshirilishiga doir cheklashlar olib tashlandi;
− MDH davlatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bilan hisob-kitoblarni faqat kliring asosida
yoki erkin amashtiriladigan valyutada amalga oshirish haqidagi talablar bekor qilindi.
− Bundan tashqari, import konraktlarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligidan oldindan ro‘yxatga
o‘tkazish ularning bojxona monitoringi bilan almashtirildi.
Valyuta bozorini erkinlashtirishga 2003yilinining 11 dekabrida 2-chaqiriq oliy majlis 13
sessiyasida qabul qilingan, yangi tahriridagi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” gi qonun xam
ko‘mak bermoqda. O‘zbekiston bilan Halqaro valyuta fondi o‘rtasidagi amaliy muloqot harakatlar
rejasida nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlarning begona mo‘ljallangan muddatda bajarilishiga
imkon yaratdi. Valyutani tartibga solib rejimining o‘zgartirilishi respublikaga 2003 yil 15 oktyabr
milliy valyutaning joriy halqaro operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyalashini tahminlash bo‘yicha
halqaro valyuta fondi Bitimi Moddalarining VIII moddasi 2 (a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘yicha
majburiyatlarini qabul qilish imkonini berdi. XVF direktorlarining ijroiya kengashi ularning qabul
qilinishini mahqulladi. Unning 2003 yil 11 noyabrdagi rasmiy matbuot relizida tahkidlanishicha,
milliy valyutasining konvertatsiyalanishini tahminlash orqali O‘zbekiston halqaro hamjamiyatga
pozitiv signal bermoqda va halqaro tizimini rivojlantirishga o‘z ulushini qo‘shmoqda. 2004 yil
O‘zbekiston hukumati so‘mining o‘zgaruvchan almashtirish kursini qo‘llab-quvvatlash amaliyotini
davom ettirdi. Bundan u ichki va tashqi narhlar dinamikasini, balansi ko‘rsatkichlarini hisobga oladi,
shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining chet el bozorlaridagi
raqobatbardoshliligini qo‘llab-quvvatlash vazifasidan ham kelib chiqdi.
Tabiiyki, valyutani tartibga solish sohasidagi muvaffaqiyatlarga respublikaning xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlari tomonidan amalga oshirilayotgan buxgalteriya hisobi sohasida o‘tkazilayotgan
tashqi iqtisodiy operatsiyalarni isloh qilish ham o‘z tahsirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozoridagi valyuta
almashtirish kurslarini unifikatsiya qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq
MV,IVDSQ, va MBning Adliya vazirligi tomonidan 2004 yilining 17 sentyabr 1411 son bilan
ro‘yhatdan o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan «Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya
xisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom» ishlab chiqilganligi bu
yo‘nalishdagi muhim qadamlardan hisoblanadi.
Shuningdek Moliya Vazirining Adliya vazirligi tomonidan 2004 yilining 20mayda 1364-son
bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chet el valyutasida aks ettirilgan aktivlar
va majburiyatlar hisobi” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (22-sonli BHMS)ning qabul
qilinishi chet el valyutasidagi operatsiyalarining buxgalteriya hisobi takomillashtirilishida tub
burilishiga sabab bo‘ldi. Mazkur standart chet valyutasi ko‘rinishida aks ettirilgan aktivlar va
majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotlarda ochib berish
tartibini belgilab beradi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq respublikaning barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlari buxgalteriya hisobi yuritishlari va hisobotlarni , agar qonunlarda o‘zgacha
tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa , milliy valyuta –so‘mda taqdim etishlari kerak. Buxgalteriya
hisobida aks ettirish maqsadida chet el valyutasidagi operatsiyalar ularning amalga oshirilish
sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazilishi lozim.
Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa
hisobotlar yuritish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona to‘lovlari va
boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblab chiqarilishi uchun muntazam ravishda (odatda, har haftaning
boshida) so‘mning chet el valyutalariga nisbatan kurslarini belgilaydi. Chet el valyutasida
ifodalangan operatsiyalar summasi, aktivlar va majburiyatlar qiymatining so‘mga hisob-kitob
qilinishi chog‘ida ularning o‘zgarishiga qarab manfiy yoki musbat kurs farqi yuzaga keladi.
Chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalar buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyasining
amalga oshirilishi sanasida amal qilgan Markaziy bankning kursi bo‘yicha, shu jumladan quyidagilar
bo‘yicha so‘mdagi ekvivalentda aks ettiriladi:
− kassadagi valyuta mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schetlari, akkreditivlar, valyuta ssuda
qarzlari;
− chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari;
− bojxona yuk dekloratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha import
qilingan tovar-moddiy qiymmatliklar va boshqa aktivlarning kirim qilinishi;
− bojxona to‘lovlarining chet el valyutasida amalga oshirilishi;
− chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
− chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
− Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt:
− mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni)
chet el valyutasiga sotib olganida yoki sotganida;
− ular bo‘yicha to‘lanadigan yoki olinadigan summalar chet el valyutasida belgilangan kreditlar va
qarzlarni olayotgan yohud taqdim etayotganda;
− o‘z zimmasiga majburiyatlarni chet el valyutasida olganda yoki so‘ndirayotganda chet el
valyutasida amalga oshiriladigan bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |