Qishloq xo‘jalik korxonalarida kassa muomalalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa
muomalalarini amalga oshirish qoidalari»ga muvofiq amalga oshirilmoqda. Chet el valyutasida
muomala qilish ruxsat etilgan korxonalar esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan
1998 yil 23 iyundagi 35-son bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el
Kassaga naqd pullarni qabul qilish va kassadan pul berishga oid barcha muomalalarni maxsus
tayinlangan shaxs – kassir amalga oshiradi. Kassir – moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. U qabul
Ishga qabul qilinishida kassir bilan mahmuriyat o‘rtasida to‘lamoddiy javobgarlik to‘g‘risida
shartnoma tuzilib, unda pul summalari va kassadagi boshqa boyliklar uchun moddiy javobgarlikni
o‘z ustiga oladi. Agar kassirning ehtiyotsizligi, sovuqqonligi yoki beparvoligi natijasida xo‘jalikka
Kassirning unga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib bajartirishi tahqiqlanadi. Kassir
ishni to‘satdan to‘xtatgan hollarda (kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra) kassadagi barcha
boyliklar dalolatnoma bo‘yicha boshqa shaxslarga o‘tkaziladi. Kassirning vazifasini kassa
hujjatlariga qo‘l qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan buxgalteriya xodimlarining bajarishi man etiladi.
Xo‘jaliklarda ish haqi to‘lash vazifalarini ana shu to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar bilan bog‘liq
bo‘lgan shaxslarga topshirish mumkin emas.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mahmuriyati kassadagi boyliklarning but saqlanishi uchun zarur
sharoitlarni yaratishi shart. Jumladan, kassa binosi holi bo‘lishi lozim, kassaga kiradigan eshik esa
operatsiyani bajarish vaqtida ichki tomondan yopiq turishi, begona kishilar kassaga kiritilmasligi
kerak; kassadagi barcha boyliklar maxsus yonmaydigan shkaflarda saqlanishi kerak; ish tugaganlan
so‘ng kassir shkaflarni qulflashi va ularni surg‘ichli muhri muhri bilan muhrlab qo‘yishi kerak;
kassada xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan pul mablag‘larini saqlash mahn etiladi.
Kassada kechiktirib bo‘lmaydigan sarflarga to‘lash uchun zarur pul mablag‘lari belgilangan
limit chegarasida saqlanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari belgilangan limitdan oshiqcha pul mablag‘larini bankdagi
tegishli schyotlarga topshirishlari lozim.
Kassaga naqd pullar asosan bankdagi hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. Bundan tashqari
kassaga hisobi beriladigan pullarning foydalanilmay qolgan qoldiqlari, mahsulot sotishdan olinadigan
tushumlar, turli kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar kelib tushadi va h.k.
Belgilangan limitdan oshiqcha pul mablag‘lari faqat ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy sug‘urta
bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar va nafaqa berish vaqtida uch kun mobaynida (pul olingan kun bilan
birga) saqlanishi mumkin (bank muassasalaridan uzoq masofada joylashgan shirkat xo‘jaliklari va
boshqa korxonalar esa 5 ish kunigacha).
Do'stlaringiz bilan baham: