boshlang‘ich qoldiqlar aktiv schotlarning chap tomoniga, passiv schotlarning esa o‘ng tomoniga
yoziladi, ya'ni ular balansda ham tegishli moddalar bo‘yicha shunday joylashgan;
3)
schotlarning boshlang‘ich qoldiqlarini va hisobot davridagi xo‘jalik muomalalarini hisobga olgan
holda chiqarilgan oxirgi qoldiqlari keyingi hisobot sanasi uchun balans tuzishda birlamchi
ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi;
4)
balans ko‘rsatkichlarining mazmunini ochib berish tegishli schotlarda aks ettirilgan oborotlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘llash bilan namoyon bo‘ladi.
Masalan, balansning «Tovarlar» (180-satr) moddasi bo‘yicha ikkala firmaning qoldig‘i 10
mln. so‘mni tashkil etgan, ammo ushbu tovarlarning yillik oboroti birinchi firmada 120 mln. so‘m,
yoki yillik zaxiraning 1/12 qismi, ya'ni bir oylik zaxira; ikkinchi firmada ushbu ko‘rsatkich 20 mln.
so‘m, ya'ni u yarim yillik zaxiraga ega.
Schotlar va balans o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning mazmunini quyidagi misollarda ochib
beramiz:
Faraz qilaylik, «Sharq» fermer xo‘jaligining 2011 yil 1 dekabrga balansi quyidagicha:
Aktiv
Satr
kodi
Hisobot
davri
boshiga
(ming
so‘m)
Passiv
Satr kodi
Hisobot
davri
boshiga
(ming
so‘m)
1
2
3
4
5
6
Asosiy vositalar
012
310
Ustav kapitali
410
460
Tovar-moddiy zaxiralari
140
190
Kreditor qarzdorlik
601
221
Shu jumladan:
Shu jumladan:
Ishlab chiqarish zaxiralari
(Materiallar)
150
90
Mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga
qarzdorlik
610
75
Tayyor mahsulot*
170
100
Budjetga to‘lovlar
bo‘yicha qarzdorlik
680
12
Kassadagi pul mablag‘lari
330
6
Davlatning maqsadli
fondlariga to‘lovlar
bo‘yicha qarzdorlik
700
40
Hisob-kitob schotidagi pul
mablag‘lari
340
175
Mehnat haqi bo‘yicha
qarzdorlik
720
94
Balans
400
681
Balans
780
681
Rahbar________________ Bosh buxgaltyer __________
«Sharq» fermer xo‘jaligida dekabr oyida quyidagi xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan:
1. 10 dekabrdagi 6-sonli schot bo‘yicha shartnoma bahosi 80 000 so‘mlik Material «Zenit» zavodidan
olingan.
2. Xodimlarga ish haqi hisoblangan – 47 000 so‘m
3. Hisoblangan ish haqidan yagona ijtimoiy to‘lov uchun ajratma hisoblandi – 15510 so‘m.
4. Xo‘jalik ehtiyojlari uchun hisob-kitob schotidan pul olindi va kassaga kirim qilindi – 5 000 so‘m.
5. «Zenit» zavodiga olingan Materiallar uchun qarz hisob-kitob schotidan o‘tkazildi (1 muomalaga
qarang) – 80 000 so‘m.
Ushbu muomalalarni aks ettirish tartibi quyidagicha:
1)
Balans aktivi va passivi moddalari ma’lumotlariga asosan aktiv va passiv schotlarni
ochib, ularga qoldiqlarni o‘tkazamiz:
0100-“Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar” (mashina va uskunalar);
1000-“Xom-ashyo va Materiallar ”;
2000-“Asosiy ishlab chiqarish ”;
2810-“Ombordagi tayyor mahsulotlar ”;
5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari ”;
5110-“Hisob-kitob schoti ”.
8300-“Ustav kapitali”;
6010-“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar”;
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar ”
6520-“Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar”;
6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik ”.
2) Dekabr oyida sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyatini ko‘rsatamiz:
1.
Ombordagi ishlab chiqarish zaxiralari ko‘payadi va bir vaqtning o‘zida majburiyatlar (kreditor
qarz) ko‘payadi.
2.
Korxonaning joriy xarajatlari va ish haqi bo‘yicha majburiyatlari ko‘paygan.
3.
Davlatning maqsadli fondlari oldidagi majburiyatlar ko‘paygan.
4.
Hisob-kitob schotida pul mablag‘lari kamaygan va kassada ko‘paygan.
5.
Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘lari kamaygan va mol yetkazib beruvchilarga qarzlar
kamaygan.
Yuqorida keltirilgan xo‘jalik muomalalarini ularning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan
holda schotlarda aks ettiramiz. Har bir schot bo‘yicha oborotlarni jamlab, oy oxiriga qoldiq
chiqaramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: