Mazkur fanni kollej o‘quvchilariga o‘qitishdan asosiy maqsad oshpazlik kasbini
Umumiy ovqatlanishning xalq xo’jaligi uchun ahamiyati katta. Taomlarni umumiy
ovqatlanish korxonalarida tayyorlash, kulinariya yarim fabrikatlarini joriy etish juda
ko’p mehnat va vaqtni tejaydi, insonni xalq xo’jaligida va ijtimoiy- siyosiy
sohalarda ishlash uchun bo’shatib olishga imkon beradi. Yaxshi tashkil etilgan,
ilmiy-gigiyenik asosda yolga qo’yilgan umumiy ovqatlanish mehnatkashlar keng
ommasi uchun foydali bolib, sanoatda va qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini
oshirishga yordam beradi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulot sifati,
kishilarning soglom va mehnatga qobiliyatli bolishlari ko’pincha pazandalarning
malakasiga, ularning taom tayyorlash texnologiyasini va zamonaviy texnika
vositalarini qanchalik yaxshi egallaganliklariga bogliqdir.
Taom tayyorlash texnologiyasi- pazandachilikda ko’pchilik xo’randalarga
moljallab taom tayyorlash uchun mahsulotlarga mexanik va issiqlik ishlovini
berishning oqilona sirlarini o’rgatadi. Bu texnologiya xalq urf-odatlariga, usta
pazandalarning ish tajribalariga, fan-texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutadi.
Hozirgi zamon umumiy ovqatlanish korxonalarida pazandachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bolib, bu jarayon taom tayyor
bolgunga qadar mahsulotlarga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan ketma-ket
bosqichlardan iboratdir.
«Pazandachilik
texnologiyasi»
fanining
vazifasi
texnologik
jarayonlarlarni va ularning nazariy asoslarini, oziq-ovqat mahsulotlaridan
iste’molga yaroqli taom va tayyor va yarim tayyor pazandalik mahsulotlarini
ishlab chiqarish texnologik rejimlari, shuningdek, tayyor mahsulotning sifatini
belgilab beruvchi omillarini, xom ashyoni, tayyor taom va pazandalik
mahsulotlarini tahlil usullarini chuqur va har tomonlama o’rgatishdir.
SHuningdek, fanning vazifasi ovqatlanishni to’g’ri tashkil etish bilan kishilarning
sog’lig’ini saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish va umrini uzaytirishdan iboratdir.
Ushbu uslubiy qo’llanma «Pazandachilik texnologiyasi» fani o’quv
amaliyoti dasturiga muvofiq tuzilgan bo’lib, qo’llanmaning asosiy maqsadi
oquvchilarning amaliy laboratoriya ishlariga mustaqil tayyorlanishida va
bajarishida yordam berishdir. Shuning uchun mashg’ulotning bayoni bilan bir
qatorda, xom ashyo hisobi, yordamchi mahsulotlar hisobi, tayyor olingan mahsulot
hisobiga tegishli ma’lumotlar berilgan.
Uslubiy qo’llanma oxirida aadabiyotlar ro’yxati berilgan bo’lib, bu adabiyotlar
mashg’ulotlarga tayyorlanish uchun o’quvchilarga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: