Q u sm o n o V, U. J o ‘rayev, N. N o r q u L o V о ‘zbekiston tarixi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/199
Sana31.12.2021
Hajmi2,42 Mb.
#271857
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   199
Bog'liq
Oz Tarix 8-sinf Kutubxona n1 uz

Qishloq  xo jaligi  va 

,
t  .  ,  .  , ,   . 
ro  davlatida  ham  qishloq  xo  laligmmg
sug  onsh  ishlari 

,. 

.  ,  . 
,
taqdin  sun ly  sug onshnmg  qanchalik
to ‘g‘ri  hal  etilganligiga  bog‘liq  edi.
Shuning  uchun  ham  XVIII  asrda  sug‘orish  tarmoqlarining 
kengaytirilishiga  alohida  e’tibor  berildi.  Zarafshon  daryosida 
Xurmo  va  Sarazm  nahr  (ariq)lari  chiqarilgan.  Ulaming  biri  to ‘rt 
chaqirim,  ikkinchisi  uch  chaqirim  uzunlikda  bo‘lgan.
Amir  Shohmurod  zamonida  40  chaqirim  (1  chaqirim  0,9 
km  ga  teng)  uzunlikdagi  Qozonariq  (Urgut  tum anini  su- 
g‘organ),  24  chaqirim  uzunlikdagi  Toyman  arig‘i,  24  chaqirim
60


uzunlikdagi  To‘g‘uzariq  qazilgan.  Yana  Oqdaryo  va  Qoradaryo- 
dan  ham  ariqlar  chiqarilgan.
Sug‘orish  inshootlarini  yaroqli  holda  saqlashning  og‘ir  yuki 
mehnatkashlar  gardanida  edi.  Aynan  ularning  matonatli  meh- 
nati,  sabr-toqati,  sug‘orish  inshootlarining  muqim  ishlashini 
ta ’minlar  edi.  Dehqonlar  suvdan  foydalanishda  asrlar  davomida 
juda  katta  tajriba  to ‘plagan  edilar.  Ular  shunday  sug‘orish 
inshootlarini bunyod  eta  olganlarki,  unga tan bermaslikning  iloji 
yo‘q  edi.  Xususan,  suv  ayirg‘ich  to ‘g‘oni  qurishdagi  mohirlik 
buning  isbotidir.
Daryo  va  kanallarga  o‘rnatilgan  chig‘ir  eng  ko‘p  ishla- 
tiladigan  suv  ayirg‘ich  edi.  Shunday  chig‘irlar  ham  yaratil- 
ganki,  ular  suvni  hatto  4  metr  va  undan  ham  balandga  chiqarib 
bera olardi.  Suvni  chuqur ariqlardan chiqarib  olish uchun tutqichli 
suv  ayirg‘ichlar  ishlatilar,  bunda  ot,  tuya,  eshak  va  ho‘kiz 
kuchidan  foydalanilar  edi.  Bu  kabi  inshootlar  Buxoro  xonligi 
xo‘jaligida  katta  o ‘rin  tutgan.  Bu  hayot  ta ’minoti  b o ‘lgan 
inshootlaming  bosh  bunyodkori  —  dehqonlar  ommasi  edi.  Har 
bir  dehqon  xonadoni  yiliga  60  kundan  100  kungacha  sug‘orish 
inshootlari  qurish,  kanal  va  ariqlami  tozalash,  sozlash  ishlarida 
qatnashishgan.
Dehqonchilik  mehnat  qurollari  nihoyatda  sodda  edi.  Oddiy 
dehqon  so‘qasi  (omoch)  asosiy  dehqonchilik  quroli  edi.  Ot, 
ho‘kiz,  sigir,  tuya,  eshak  dehqonning  suyanchig‘i  hisoblangan. 
Yaxshiyamki,  0 ‘zbekiston tuprog‘i hosildor,  iqlimi  qulay mamla- 
katdir.  Shu  ikki  muhim  omil  ancha  serhosil  va  unumdor  deh- 
qonchilikni  yo‘lga  qo‘yish  imkonini  berar  edi.
Amirlik  yerlarida  paxta,  bug‘doy,  jo ‘xori,  tariq,  arpa,  beda 
yetishtirish  dehqonchilikning  asosini  tashkil  etardi.  Deyarli  har 
bir  dehqon  xo‘jaligida  o ‘z  ehtiyoji  va  sotish  uchun  paxta 
yetishtirilardi.  Ipakchilik,  bog‘dorchilik,  sabzavotchilik  va  poliz- 
chilik  keng  rivojlangan.  Piyoz,  sabzi,  bodring,  qovoq,  qovun, 
tarvuz,  olma,  olxo‘ri,  o‘rik,  shaftoli,  nok,  yong‘oq,  bodom, 
anjir,  uzum  yetishtirilar  edi.  Buxoro  amirligi  o‘zining  qovun  va 
uzumi  bilan  mashhur  edi.  Ko‘pgina  shaharlami  bog‘lar  o‘rab 
turardi.  4  qismdan  iborat  alohida  reja  asosida  bunyod  etilgan 
bog‘lar  ham  bo‘lardi.  Bog‘  qismlarining  har birini  ariqlar  ajratib 
turgan.  Bunday  bog‘lar 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish