Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


“AVTOMOBILNING MOYLASH TIZIMI” MAVZUSINI AXBOROT-



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

 
“AVTOMOBILNING MOYLASH TIZIMI” MAVZUSINI AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O`QITISH 
Bisenov T. Konimex agroservis kasb-hunar kolleji, “Umumkasbiy va maxsus fanlar” kafedrasi 
mudiri 
Bisenova B. Navoiy davlat pedagogika instituti, “Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi” 
kafedrasi katta o`qituvchisi 
Hozirgi zamon o`qituvchisi har bir darsga, mavzuga va har bir guruhning o`ziga xos 
tomonlariga bog`liq o`qitishning har xil usul va shakllarini tanlay olishi kerak. Shu bilan birga 
o`quvchilarning mustaqil ishlarga o`rgatish, ularning izlanishlarini shakllantirish va ayrim 
materiallarni keng hajmda berib, tarbiyaviy maqsadga yetishish uchun ham o`qitish shakllarini tanlay 
olishi kerak. Bir darsning o`zida qo`llaniladigan usullarni tartib bilan, o`quvchilarni charchatmasdan, 
materialni qiziqarli yetkaza bilishni ham eslatish kerak. 
Pedagogik bilim va tajribalarning bugungi namunalarining o`qitish usullaridan foydalanish, har 
bir real vaziyatlarga ko`ra ularning eng keraklisini tanlab olish va ularning bir nechtasining 
yig`indisini shakllantirish ustoz mahoratining birinchi belgilaridan hisoblanadi. O`qitish usullarining 
sifatli tanlanishi yaxshi natijaga yetkazishga asos solib, dars samaradorligi va sifatini boricha 
orttiradi.
Ta’limda yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish hozirgi vaqtda eng 
dolzarb hisoblanmoqda, sababi har bir sohani o`rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli 
usullardan foydalanish kerak bo`ladi. Shuning uchun bolalar bog`chadan tortib to yuqori saviyadagi 
ishlarni o`rganishda hozirda yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ta’limning oddiy texnik vositalardan farqli ravishda, AKT o`quvchilarga ko`p sonli tayyor, 
qat’iy tanlab olingan, tegishli ravishda tashkil etilgan bilimlarni taqdim etish bilan bir qatorda, 
o`quvchilarning intellektual, ijodiy qobiliyatlarini, yangi bilimlarni mustaqil egallash, turli axborot 
manbalari bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga imkon beradi.
Elektron darsliklardan foydalanish quyidagi didaktik masalalarni hal etishga yordam beradi: 
fan bo`yicha tayanch bilimlarni o`zlashtirish; o`zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish; nazorat 
muhitiga psixologik tayyorlash; juda chalkash savollarga javob berishga o`rgatish; AKT dan 
foydalanib, o`quv materiali bilan mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish; o`zini nazorat qilish 


199 
ko`nikmalarini shakllantirish; umuman o`qishga va fanni o`zlashtirishga motivatsiyani shakllantirish; 
o`quvchilarga o`quv materiallari ustida mustaqil ishlashlarida o`quv-metodik yordam ko`rsatish; 
qulay ta’lim muhitini va axborot manbalarini mustaqil tanlash va izlash imkoniyatlarini ta’minlash, 
ya’ni o`quvchini nazoratlarga qisqa vaqtlarda tayyorlash, shu jarayon davomida unda ko`plab foydali 
umumta’lim ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi bo`g`inidagi ta’lim muassasalari, jumladan kasb-hunar 
kollejlari o`qituvchilari oldidagi muammolardan asosiysi: ham chuqur bilim berish, ham hunar 
o`rgatish. 
Kasb-hunar kollejlarida “Avtomobillarning tuzilishi va texnik xizmat ko`rsatish” fanidan 
“Avtomobilning moylash tizimi” mavzusiga 2 soat vaqt ajratilgan.
Bugungi kunda Konimex agroservis kasb-hunar kollejida “Avtomobilning moylash tizimi” 
mavzusini amalda qanday o`qitilayotganligi haqida so`z yuritmoqchimiz. Konimex agroservis kasb-
hunar kolleji “Osiyo taraqqiyot banki” krediti bilan jihozlangan bo`lib, kollejda Italiyadan keltirilgan 
maket yordamida bu mavzuni demonstration holatda o`qitish mumkin. 
Toshkent avtomobil va yo`llar kolleji bilan “Avtomsan” ilmiy ishlab chiqarish va nashriyot-
dizayn markazi tomonidan muallifflar dotsent Jasur Qulmuxamedov, professorlar: Davron Xoshimov 
va G`olib Maxmudov, katta ilmiy xodim Aziz Xoshimov, magistrlar: Hasan Dadamuxammedov va 
Xurshid Maxmudovlar tomonidan tayyorlangan “Avtomobillarning tuzilishi” elektron o`quv 
qo`llanmasida “Avtomobilning moylash tizimi” mavzusi to`liq yoritilgan. Bu elektron o`quv 
qo`llanmada mavzu yuzasidan quyidagi fikrlar keltirilgan: “... Dvigatel detallarining ishqalanib 
ishlashi ularning yeyilishiga va qizishiga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqalanuvchi detal 
yuzalariga uzliksiz ravishda moy yuborib turish zarur. Bu vazifani dvigatellarda moylash tizimi 
bajaradi. Moylash tizimi dvigatel ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda 
moy yetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi yuzalar qisman soviydi, yeyilishi ko`payadi va 
detallarning yeyilishiga sababchi moyga yopishgan zarrachalar moy bilan birga karterga, tubiga 
tushadi va bu moy keyin filtrlanadi...”. 
Bu mavzuni faqat darslikdan va unda tasvirlangan suratlar orqali o`qib tushunish juda qiyin. 
Masalan, darslikda 1-rasmda moylash tizimining sxemasi keltirilgan deb quyidagi rasm tasvirlangan.
1-rasm 
Tasavvur qiling, o`quvchi bu rasmni ekranda bosqichma-bosqich tushuntiradigan tovushli 
videolavha yordamidagi taqdimotda ko`rganda qanday vaziyat paydo bo`ladi. 


200 
Bunday taqdimotni o`quvchi hech qachon esdan chiqara olmaydi va chuqur o`zlashtira oladi.
Bu ma’lumotlarni o`qituvchi o`quvchiga oddiy tarzda yetkazishi ham mumkin, ammo Uilyam 
Uord aytganidek, oddiy o`qituvchi - yetkazadi, yaxshi o`qituvchi – tushuntiradi, buyuk o`qituvchi – 
ko`rsatadi, ulug` o`qituvchi – ilhomlantiradi deganidek, o`quv materialini demonstratsion va 
multimediyali taqdimot ko`rinishida o`qitilishi o`quvchining eshitish, ko`rish, ko`rganlari asosida 
mustaqil fikrlash qobilyatini orttiradi, vaqtni to`g`ri taqsimlaydi, o`quv-tarbiyaviy jarayonda 
o`quvchining diqqat, xotira, fikrlash faoliyatini faollashtirib, psixologik aniq rejimlar, ta’lim va 
pedagogik o`zaro munosabatlarni insonparvarlashtirish, yaxlitlik nuqtai nazaridan ta’lim jarayonini 
shakllantirish asosida qurishga imkon beradi.
Bundan tashqari, axborotni chop etish qurilmasidan dars materialini chiqarish orqali qog`oz 
nusxasiga aylantirish mumkin. 
Bu tovushli videolavhaning boshlanishida avtomobillarning tashqi ko`rinishi va vazifasi har xil 
bo`lganligi bilan tuzilishi deyarli bir xilligi haqida so`z yuritiladi va ekranda quyidagi lavgalar 
gavdalanadi. 
Dvigatelning moylash tizimini o`quvchilarga maket va videolavha yordamida tushuntirib 
bo`lgach, o`qituvchi moy nasoslari moyni nasos bilan dvigatel mexanizmlarining ishqalanuvchi 
yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovutish tizimlariga yuborish uchun xizmat qilishini 
ta’kidlab, ularning ishlash prinsipini to`liq tushuntirib, ishlatib, ko`rsatilgan videolavhani namoyish 
etishi mumkin.


201 
Moy filtrlari moyni dvigatel yeyilishi natijasida hosil bo`lgan metall zarrachalaridan va boshqa 
ifloslantiruvchi elementlardan tozalashini, tuzilishini, ishlashini og`zaki bayon etgach, o`qituvchi 
yana tovushli videolavhani davomini namoyish etadi.
Mavzu maket, didaktik vositalar va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida 
tushuntirilib bo`lingach, mavzuni mustahkamlash uchun taqdimotda keltirilgan testlar yordamida 
mustahkamlanadi.
Yuqoridagi o`qitish asosida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida qaralayotgan
usullarning hammasidan kompleks holda foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Darsni shu holatda o`qitish orqali o`quvchilar konsepsiyani (g`oyani) a’lo darajada 
o`zlashtirishlari mumkin. Ushbu vositalar nafaqat o`qitish jarayonini qiziqarli qiladi, balki 
o`quvchilarga davomli ta’sir ko`rsatadi, o`quv mashg`ulotini samaradorligini oshiradi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish