Ijtimoiy psixologiya



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/123
Sana31.12.2021
Hajmi4,11 Mb.
#271777
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

3.  Moslashtiruvchi 
funksiya. 
Bu 
funksiya  quyidagilarda 
namoyon  boiadi:  agarda  ijtimoiy  ustanovkalar  jam iyatning  (gu- 
ruhning)  real  holatiga  mos  kelsa,  u  holda  ular  individga  m azkur 
jamiyatga  (m azkur  ijtimoiy  guruhga)  moslashishiga  imkon  bera­
di.  Ijtimoiy  ustanovkaning  bu  funksiyasi  asosan  uning  xulq-atvor 
komponenti  orqali  amalga  oshiriladi.


Ijtimoiy  ustanovka  muammosining  rus  psixologiyasida 
o‘rganiIishi
Tadqiqotchilarni  har  doim  shaxs  ustanovkalari  uning  qila- 
yotgan  ishlariga  qanchalik  darajada  ta ’sir  qilishi  qiziqtirib  kel- 
gan.  Shaxsning qarashlari,  his-tuyg‘ulari  orqali  uning jam iyatdagi 
xulq-atvori  aniqlanadi,  bu  xulq-atvorni  o‘zgartirish  uchun  aqlni 
va  yurakni  o‘zgartirish  kerak,  degan  taxm in  mavjud.
«Ustanovka»  tushunchasini  rus  psixologiyasiga  gruzin  psixo- 
logiya  m aktabining  yetakchisi  D.N. U znadze  olib  kirgan,  bu  tu- 
shuncha  ruscha  «ustanovka»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  yo‘nalish, 
yo‘naltirish  m a’nolarini  anglatadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda 
D.N. Uznadze  ustanovkaga  quyidagicha  ta ’rif beradi:  Ustanovka
—  kishining  tevarak-atrofdagi  odam larga  yoki  obyektlarga  q an ­
day  m unosabatda  bo ‘lish,  ularni  m a’lum   darajada  idrok  qilish, 
sezish,  baho  berish  va  ularga  nisbatan  qandaydir  harakat  qilish- 
ga  tayyorgarligini  anglatadigan  holatidir.  Ijtimoiy  ustanovkalar 
esa  sof ijtimoiy psixologik  kategoriya  sifatida  o ‘ziga  xos  m azm un 
kasb  etadi  va  uning  m a’nosi  —  yangicha  tafakkur  va  dunyo- 
qarashni  shakllantiruvchi  va  o ‘zgartiruvchi  ijtimoiy  psixologik 
m exanizm dir.  D em ak,  ijtimoiy  ustanovka  —  shaxsning  atrof- 
m uhitida  sodir  bo ‘layotgan  ijtimoiy  hodisalarni,  obyektlarni, 
ijtimoiy  g u ru h larn i  m a’lum  tarzda  idrok  etish,  qabul  qilish  va 
ular  bilan  m unosabatlar  o‘rnatishga  yo'naltirilgan  ruhiy  ichki 
hozirlik  bo4ib,  bu  hozirlik  asosida  shaxsning  dunyoqarashini 
ham   o ‘zgartirish  m um kindir.
Ijtimoiy  ustanovka  tushunchasi  (Obuxovskiy,  1972)  insonlar­
ning  xatti-harakatlarini  bashorat  qilishda  kundalik  hayotda  ham  
qoilaniladi:  «Nilufar  bu  konsertga  borm asa  kerak,  chunki  u  es- 
trada  musiqasiga  mutlaqo  qarshi».  Bu  holatda  kundalik hayotdagi 
ijtimoiy  ustanovka  tushunchasi  «munosabat»  tushunchasiga  ya- 
qinroq  yuradi.
L.I. Bojovich yo‘nalganlik m uam m osini o‘rgana turib,  quyidagi 
ta ’rifni  beradi:  «yo‘nalganlilik  shaxsning  ichki  pozitsiyasi  sifatida


ijtimoiy  muhitga  nisbatan  shakllanib  boradi.  Ushbu  ta ’rifdagi 
«yo‘nalganlilik»  tushunchasi  ijtimoiy ustanovka  tushunchasi  bilan 
bir  qatorda  turuvchi  m a’noni  bildiradi.
Shaxsning  asosiy  ijtimoiy-psixologik  tavsiflaridan  biri  uning 
ijtimoiy ustanovkalari  hisoblanadi.  Ijtimoiy  ustanovka  (social  atti­
tude  — ingl.)  bu  insonning boshqa  kishilarga,  ijtimoiy guruhlarga, 
tashkilotiarga,  jam iyatda  yuz  berayotgan jarayonlarga  va  hodisa- 
larga  bo'lgan  barqaror  munosabatdir.  Barcha  mutaxassislar  bir 
fikrga  kelishganki,  ijtimoiy  ustanovkalarni  o ‘rganish  shaxsni  tu- 
shunishga  bo‘lgan  ijtimoiy  psixologik  yondashuvdir.
Ijtimoiy ustanovka atamasi  psixologiyada  bir necha  m a’nolarga 
egaligi  va  g‘arb  ijtimoiy  psixologiyasida  ijtimoiy  ustanovkalarni 
«Attitude»  atamasi  bilan  nomlashganligini  yuqorida  qayd  etib 
o‘tgan  edik.
Attityud  tushunchasiga  G.M .Andreyeva  (1988)  tom onidan 
quyidagi  to‘rt  ilmiy  yo‘nalishni  belgilash  asosida  yanada  oydinlik 
kiritiladi:
1)  muvofiqlashtirish  —  o ‘z  maqsadlariga  erishish  uchun  xiz- 
mat  qiluvchi  attityudning  obyektga  nisbatan  subyektni  yo‘naltira 
olishi;
2)  bilish  —  u  yoki  bu  obyektga  nisbatan  attityudning  sodda- 
lashtirilgan  xulq-atvor  ko'rsatmasini  ta ’minlay  olishi;
3)  ifodalilik  —  shaxs  o'z-o'zini  idora  qilishida  attityud  shaxs 
sifatida  o‘zini  ifodalash  uchun  subyektning  keskin,  tang holatlari- 
dan  xalos  qilish  usuli  sifatida  namoyon  eta  olishi;
4)  himoya  —  attityudning  shaxs  ichki  ziddiyatlarini  bartaraf 
etishga  xizmat  qilishi.  Demak,  aytish  m um kinki,  attityudning 
bu  to ‘rt  vazifasi  ham  inson  va  faoliyat  taraqqiyoti  uyg'unligiga 
xizmat  qiluvchi  psixologik  m uhofazaning  qaror  toptirilishiga 
ko‘maklashishi tabiiy.  Chunki  ijtimoiy taraqqiyot omillari ham isha 
inson  ustanovkalari  kamolotiga  hamohangdir.  Bu  ham ohanglikni 
to liq   his  etgan  holda  attityudni  yanada  kengroq  ko‘lamda  «ijti­
moiy  ustanovka»  nomi  bilan  e ’tiro f etish  qabul  qilingan  (V.A. Ya­
dov,  D .N .U znadze,  G.M .Andreyeva,  P.N.Shixerev,  Sh.A .N a-


dirashvili, A.G. Asmolov va boshqalar.).  Bu esa ijtimoiy psixologiya 
fani  uchun  m uhim  bo‘lgan  psixologik  muhofaza  metodologiyasini 
nazariy-ilm iy  jihatdan  yanada  oydinlashtirishga  xizmat  qiladi. 
C hunonchi,  D.N. Uznadzening  tadqiqotida  ustanovka  m a’lum 
ehtiyojlar va  ularni  qondirish  majmuasi  sifatida  m ukam m al  ochib 
berilgan  bo‘lsa  (U znadze  D.N.,  1961),  V.A. Yadov  tadqiqotlari- 
da  ustanovka  m a’lum  vaziyatlar  bilan  bog‘liq  «o‘z-o ‘zini  idora 
qilish»  mezoni  sifatida  o ‘rganiladi  va  bu  o‘z  navbatida,  ijtimoiy 
psixologiya  fanining  taraqqiyotiga  «ijtimoiy  faoliyat  ierarxiyasi», 
degan  yangi  tushunchaning  olib  kirilishiga  sabab  bo‘ladi  (Yadov 
V.A.,  1979).

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish