3.8. Paxtani sanoat navini aniqlash
Paxta tayyorlash maskanlarida klassifikator paxta navini organoleptik
baholashda birlashtirilgan namuna, O‘zDSt 615- (yoki O‘zDSt 642-) standartlari
talablari bо‘yicha tashqi kо‘rinish belgilarini ifodalovchi majmui asosida va tashqi
kо‘rinish namunalariga solishtirish orqali rangi va tashqi kо‘rinishi bо‘yicha
aniqlaydi.
Tashqi kо‘rinish namunalari va birlashtirilgan namuna tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri
quyosh nurining tushishidan saqlanishi kerak.
Tashqi kо‘rinishni aniqlashda yorug‘lik 300 lk dan kam bо‘lmasligi kerak.
Kelishmovchilik kelib chiqqan holda, paxta tayyorlash maskani laboratoriyasi
paxtaning navini, paxta topshiruvchi vakili ishtirokida qaytadan tanlangan
birlashtirilgan namuna orqali paxtaning rangi bо‘yicha va asboblar yordamida
pishib yetilganlik koeffitsiyenti bо‘yicha aniqlaydi. Sinash natijalari yakuniy
hisoblanadi. Nav uchun paxta rangi va pishib yetilganlik koeffitsiyentining eng
past kо‘rsatkichi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |