tengligini himoya qildi, inson irodasini ozodlikning muhim vositasi deb
hisoblab, shu asosda axloq-odob masalalari haqida fikr bayon etdi.
«Podsho va kanizak rivoyat»ida bayon etilishicha, bir podsho
ko‘ngil ochmoq uchun shikorga chiqadi. Yo‘lda bir kanizakni ko‘rib,
chiroyiga maftun bo‘lib, uni sevib qoladi. Nogahon qiz bemorlanib
hushidan ketadi. Shoh tabiblarni chaqirtiradi, biroq ular davo
topolmaydilar. Shunda shoh masjidga boradi va mehrobda turib tangriga
nolalar qilib, yig‘lab, qizga davo berishni so‘raydi, uyquga ketadi.
Tushida bir mo‘ysafid ko‘rinadi va ertaga qizni davolaydigan hakim
kelajagin aytadi. Hakim kelganda shoh uni izzat-ikrom bilan kutib oladi.
Hakim malika yotgan joyga kirib, yoqimli so‘zlar bilan undan hol-ahvol
so‘raydi. Malika boshdan o‘tgan siru sinoatlarini bayon qilib, sevgilisi
Samarqandda zargar yigit ekanini va uning turar joylarini aytib beradi.
Hakim shohni voqeadan xabardor qiladi. Shoh Samarqandga odam
yuborib, yigitni oldirib keladi, unga in’omlar taqdim etadi. Qiz sevgilisi
bilan topishadi, sog‘ayadi, yori bilan Samarqandga ketadi. Oradan olti
oy o‘tganda qizni tuzatgan hakim yigitning do‘koniga kelib payt poylab
unga ajal sharbatini ichiradi, u olamdan o‘tadi. Qiz g‘am-anduhda
ranglari sarg‘ayadi, oxirida taqdirga tan beradi.
Bu rivoyatida Rumiy podshoning kanizakka nisbatan ko‘rsatgan
mehr-shafqatini, boadabligini e’zozlab, adab birlan jahon nurga
to‘lishini, falak pok, musaffo bo‘lishini ta’kidlab:
Nurga to‘Igay, boq, adab birlan falak,
Pok, musaffodir adab birlan malak, -deydi.
Rumiy vafodorlikni, sevgida sadoqatli bo‘lishni tashviq etadi, ishq
Allohning usturlobi asrori ekanini, unga davo yo‘qligini aytadi,
odamlami fitna, xunrezlikni orzu qilmaslikka da’vat etadi.
«Baqqol va uning to‘tisi haqida hikoyab>ida shunday voqea tasvir
etiladi: Bir baqqolning to‘tisi bor edi. U juda so‘zamol edi. Savdo ahllari
uni notiq deb bilishardi. Bir kuni baqqol uyga ketganda, u uchmoqchi
bo‘ladi. Shunda qanoti gul yog‘i idishiga tegib, u to‘kiladi. Baqqol
qaytib kelganda to‘kilgan yog‘larni ko rib, to‘tining boshiga urib-urib
kal qiladi. To‘ti shu kundan e’tiboran so‘zlashni tark etadi. Baqqol
qilgan ishidan afsuslanib sochlarini yulib yig‘laydi, yordam istab
darveshlarga hadyalar beradi, to‘tidan kechirimlar so‘raydi. Ammo to‘ti
so‘zlamaydi. Oradan uch kun o‘tadi. Boshida birorta tuki yo‘q bir
darvesh o‘tib qoladi. To‘ti tilga kirib, undan qanday gunohi uchun kal
bo‘lib qolganini so‘raydi, balki sen ham yog‘ni to‘kkandirsan, deydi.
635
Xaloyiq uning gaplarini eshitib kuladi, darveshni o‘ziga o‘xshatdi,
shekilli deyishadi.
Rumiy bu voqeani tasvirlash bilan, hayotda hamma odamlar teng
emasliklarini uqtirib, asalari ham har xil bo‘lib, biri zahar yig‘sa, biri
asal to‘plashini, ohu bir xil giyoh esa ham, sarhisobda biridan tezak,
biridan mushki nob kelishini aytadi va:
■Hissi dunyo — shu jahonga narvon,
Hissi diniy - osmonga narvon.
U1 biriga doru darmondir tabib,
Bul biriga doru darmondir habib, - deb hikoyani yakunlaydi.
Rumiyning uqtirishicha, dunyo to‘plash, mehnat qilish bu jahonda
yashash yo‘li, Alloh huzuriga solih banda bo‘lib borish yo‘li esa, diniy
qonun-qoidalarga amal qilish va shu yo‘lda sa’yi-harakatlar qilishdan
iboratdir.
Bu dunyoda baqqolga o‘xshaganlarga tabiblar doru darmonlik
qiladi,
to‘tiday
fazilat
egasi
bo‘lganlarga
esa
Muhammad
alayhissalomgina doru darmondir, madadkordir.
«Hudhud va Sulaymon haqida rivoyat»ida esa mana bu voqea
bayon qilinadi:
Sulaymon shoh shikorda yurganida bir joyga kelib chodir tikadilar.
Jahondagi barcha qushlar uchib kelib, unga bosh egishadi, xizmatiga
shaylanib turishadi. Hammalari g‘oyatda ahil, bilgan hunarlarini
namoyish qiladilar. So‘z navbati Hudhudga kelganda, u ko‘kdan turib
nazar solsa, yeming usti va tagidagi barcha narsalami, rangini, qaerda
qancha suv borligini ko‘rish hunariga egaligini izhor qiladi. Shoh uning
so‘zlarini ma’qullab, cho‘llarda o‘ziga hamroh topib olishini bildiradi.
Shu paytda zog‘-qarg‘a paydo bo‘lib, Hudhud so‘zlari yolg‘on,
odobsizlik, deb Shohda shubha tug‘diradi. Shoh, uning gaplarida jon
bor, deb o‘ylab Hudhudni sarxushlikda ayblaydi. Shunda Hudhud o‘z
so‘zlari chin, haq ekanini aytib, zog‘ qavmi o‘ziga azaldan
dushmanligini, u o‘limga munkirligini uqtiradi va o‘zi ko‘zi ko‘r
bo‘lmaguncha yiroqdan odamni behad ko‘rajagini aytdi.
Rumiy bu rivoyatida hamzabonlik - do‘stlikni dilni-dilga oshno-
begonani payvand etuvchi vosita ekanligini ta’kidlar ekan, hamdil
boiish undan ham yaxshiligini aytib, hind bilan turkning bir-biri
atrofida parvona bo‘lishini e’zozlaydi, ikki turkning bir-biriga
begonadek boiishidan afsuslanadi. Uning fikricha, agarda odamlar
o‘zaro ahil boisalar, nutqbozlikka hojat yo‘q. Qalblar o‘zi tarjimonlik
vazifasini bajaradi. Shoir:
Do'stlaringiz bilan baham: