Masihiyning qancha asar yozgani maium emas, lekin manbalardagi
maiumotlarga qaraganda, u Beruniyga atab 12 ta asar yozgan, ulaming
yaratilish davri 998-1004-yillarga, ya’ni Beruniyning Jurjonda boigan
davriga to‘g‘ri keladi. Masihiy bu asarlarini Beruniyga xat orqali
jo‘natgan. Mavzu bo‘yicha ular har xil boiib, 3 tasi geometriyaga, 3
tasi astronomiyaga, 1 tasi ilmshunoslikka oiddir. Bu asarlar bizgacha
yetib kelmagan.
Masihiyning aniq fanlarga oid quyidagi asarlari maium:
1. «Geometriya negizlari haqida kitob»;
2. «A1-Majistiy kitobining qisqacha o‘zagi haqida kitob»;
3. «Yer sukunatdami yoki harakatda ekanligi haqida kitob»;
4. «(Astronomiya) san’atining qonunlari haqida kitob»;
5. «Oy tutilishi turlarining miqdori haqida al-Beruniyga maktub»;
6. «Dastlabki harakatlantiruvchi haqida Aristotel va Galen
o‘rtasidagi vositachilik kitobi»;
7. «Almagest kitobining qisqartmasi»;
8. «Tush ta’birlari haqidagi kitob».
Masihiy astronomiya, matematika, tarix, adabiyot, pedagogika,
etika, matematika, falsafa,
tabobat va boshqa fanlar bilan ham
shug‘ullangan, lekin fan tarixida u ko‘proq tabib sifatida mashhurdir.
Beruniy uning she’riy parchalarini «Yodgorliklar» asariga kiritgan.
Masihiyning tabobat ilmiga bagishlangan «Tib san’ati bo‘yicha
yuz kitob», «Alloh taoloning insonni yaratish haqidagi hikmatlarining
ochilishi», «Tibbiy ilmlar haqida kitob», «Chechakning mohiyati va uni
(davlat) tadbirlari haqida risola», «Mijoz masalalarini o‘rganish
haqida risola», «Tomir urushidan kasalni aniqlash haqidagi kitob» kabi
asarlari bizgacha yetib kelgan.
Bulardan
tashqari
Abu
Usaybianing yozishicha,
Masihiy
xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munga atab yuqumli kasalliklar haqida
ham kitob yozgan. Bu asardan «Tib qonunlari»ni yaratishda ibn Sino
ham keng foydalangan. Olimning eng mashhur asari Ma’mun ibn
Ma’mun kutubxonasi uchun bitilgan «Sharhlar»dir.
Alloma kishilar qanday millat va diniy e’tiqodga mansub
boiishidan qat’i nazar, qanday yashashlari, qanday qilib yetuklikka
erishishlari mumkinligi haqida qimmatli fikrlar bildirgan. Insonni
jamiyatning ajralmas qismi deb hisoblagan olim, yurt tinchligi va
farovonligi uchun har bir kishi jon kuydirishi lozimligini uqtiradi:
«Odamlar orasida eng ulugi jamiyatda tutgan yuqori darajasidan o‘z
230
obro‘si uchun, yaxshi fazilatlaridan xayrli ishlar uchun, jasurlikda esa
shon-shuhrat uchun foydalanganlaridin).1
Jamoa orasida o‘zini tutishiga, ayniqsa, katta e’tibor bergan va buni
har kimning aqli, bilim, tafakkuri darajasiga mos boiishini ta’kidlagan:
«Aqlli (kishi)ning yaxshi ishi hamma joyda o4rinli, ahmoqning ziyonli
xatti-harakati hamisha xavflidir».2
Shaxsiy fazilatlar ichida aql-idrokning asosiy yetakchilik rolini
anglagan Masihiy har bir inson umr bo4yi o4zini tarbiyalab borishi, bu
ishda atrofdagilaming xulq-atvoridan ijobiy hamda salbiy tomonlarini
to4g 4ri ajrata bilishi, shularga asoslanib takomillashishi lozim, deb
hisoblaydi. ■
Tarbiyadan
tashqari ilm o4rganish, taiim olish masalasi ham
Masihiyning pedagogik
qarashlarida asosiy o4rinda
turadi. Kishi
jamiyatda o4z rniga, xalq hurmatiga sazovor bo4lishi uchun, albatta,
bilimli bo4lishi zamr. Zero, aql va bilim insonni hayvonot olamidan
ajratib tumvchi
asosiy xususiyatdir. Shu bois boshqalar
oldida
ilmsizligidan uyalib qolmaslik uchun inson har doim izlanishda, ilmga
intilishda boiishi lozim. Chunki «Aql-idroksiz va bilimsiz odam
jousiz tananing o‘zidir».
Masihiy ilm-ma’rifatli bo4lish-komil insonning ajralmas, asosiy
sifati deb hisoblaydi: «Agar odam ko4p narsani bilsa - buning o4zi
ajoyib fazilat. Agar u Yana o4z bilimlarini chuqurlashtirib borsa, uning
buyuk inson bo4lishi muqarrar».3 Allomaning bu fikrlari hayotiy tajriba
serqirra bilimlar mahsulidir.
Maiumki, barcha davrlarda boylikka hirs qo4yish qoralanib
kelingan. Shu bois haddan tashqari boylikka hirs qo4yish, uning yo4lida
imon, e’tiqodni unutish Masihiy tomonidan qattiq tanqid qilinadi.
Alloma bu odat nafs va ochko4zlik kabi yomon illatlarga yetaklashidan
ogohlantiradi, kishilami bunday yomon xislatlardan yiroq boiishga
chaqiradi: «Kimki o4zining tirikchiligi uchun zarur boigan narsalardan
qoniqib yashasa, boshqalar mulkini o4ziniki qilib olishni xohlamaydi.
Darhaqiqat, inson ehtiyojlarini qanoatlantirish naqadar qiyin ish»4, deb
afsuslanadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: