Iymon sham’inyondir san, ruhing suvg‘a qondir san,
Munglug‘ zorin olg-ilsan, sahar vaqti bo‘lg‘onda.
Sahar vaqtidir soat, turg‘ong‘a bo‘lg‘ay rohat,
Ochilur davlat-saodat, sahar vaqti bo‘lg‘onda.2
Shunga ko‘ra, u odamlami sabr-toqatli, insofli va diyonatli
bo‘lishga, Alloh taoloni1>erganiga shukr qilishga da’vat etadi:
Keling do‘stlar, bu dunyoda sabr qiling,
Xudo bergan ne’matlarga shukr qiling.3
Sulaymon Boqirg‘oniy insonparvarlikni birinchi o‘ringa qo‘yarkan,
insonning qiyofasi uning himmatli va saxovatli bo‘lishi bilan
belgilanadi, degan fikmi ilgari suradi:
Belingga bog‘lag‘il himmat qo‘rin,
Saqnag‘il, nelaryiqor bizga yorin.4
U insoniylik nuqtayi nazaridan odamlami insofga da’vat etib,
harom-xarishning farqiga borishga, o‘zgalar molini olmaslikka, halol
topilgan ne’matlardan yaxshilik yo‘lida foydalanishga chaqiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |