Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. 0 ‘quvchilar yozgan in-
shoga qarab, o‘qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi,
rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida xulosa chiqarishi
mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan yozma ish, chiz-
machilikdan topshiriq natijalariga qarab o‘quvchining individu
al psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida
ma’lumot to'plash mumkin.
Diagnostik metodlar. Bu metodlar shaxsning u yoki bu xu
susiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni
o‘rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish
imkoniyatiga ega.
Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi.
Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari daraja
si aniqlanadi, inson holati va ularning xususiyatlari belgilanadi,
shaxsning strukturaviy sifatlari — o‘z-o‘zini baholash, emotsional
barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi o‘rganiladi.
Test inglizcha (test) so‘zidan olingan bo‘lib, sinab ko‘risb, tek-
shirish ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladi-
gan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida standartlashtiril-
gan o‘lchov o‘tkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni
yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaksiyalar o‘rtasidagi
farqlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
33
Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy
psixologik xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo‘lish
darajasini o'rganish uchun ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ij-
timoiy-psixologik xarakteristikalari asosida differensiatsiya qilish
maqsadlariga xizmat qiladi.
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash
va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarini hosil qilishdan ibo-
rat. Bu esa test o‘tkazilishi mo‘ljal
1
anayotgan, o‘rganilishi talab
qilinadigan katta sonli reprezentativ sinaluvchilarda (2—3 ming)
testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich-
da testni qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanla-
nadi, uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluv-
chiga beriladigan yo‘riqnoma tuziladi va testni o‘tkazishning
boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi.
2
-bosqichda normalar aniqla
nadi, ya’ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki
guruhlar natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi bel-
gilanadi.
Testning ishonchliligi — shu test qayta o‘tkazilganda (aynan
shu tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan
mos kelishi. Ishonchlilikni baholashning asosiy ko‘rsatkichi kor-
relyatsiya koeffitsienti.
Testning validligi — test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa,
o‘sha maqsad uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llanilish sohasiga qarab:
1. Intellekt testlari.
2. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari.
3. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari.
4. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari.
5. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallan-
gan testlar farqlandi.
Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diag-
nostika qilish uchun ko‘pincha amerikalik psixolog T. Liri tom o
nidan yaratilgan metodika qollaniladi. Bu metodik so‘rovnoma
34
bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o‘zi va atrofidagilar-
da muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va
sheriklarida bo‘lishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar
qayta ishlangach, tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishi-
ni aniqlab va shu asosda shaxslararo o‘zaro ta’sirni prognoz qili
shi mumkin.
Shunday qilib, testlar — bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki
bu ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi.
Testlar asrimizning boshlarida kashf qilingan bo‘lib, ular 20—
30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib keldi. Natija-
da maxsus soha — psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qo‘llash-
ning qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum shaxsning u
yoki bu xususiyatlarini bir necha marta, takroran sinab ko‘rish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |