Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Kuzatish  —  psixik  xususiyatlarni  uzoq  vaqt  davomida,  reja- 

li,  biror  maqsad  asosida  o‘rganish.  Kuzatish  —  universal  metod 

bo‘lib,  turli  vaziyatlarda  ishlatiladi.  Ilmiy  kuzatish  hayotiy  (il­

miy  bo‘lmagan)  kuzatishdan  tubdan  farq  qiladi.  Hayotiy  kuza­

tish  —  kundalik  hayotda,  rejasiz  amalga  oshirilib,  turli  tasodif-

22



larga bog‘liq bo‘ladi.  Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda 

psixologik-pedagogik kuzatish bolishi uchun bir qancha talablar- 

ga  amal  qilishi  lozim:

Asosiy  m etodlar

K uzatish

Psixologik holatlarning sabablari- 

ni ilm iy tarzda tushuntirib beruv- 

chi  tadqiqot  metodi.

Eksperim ent

Psixologik  ma’lumotlarni  aniqlash- 

ga  qaratilgan  sharoitlarni  yaratish 

maqsadida  tadqiqotchining tekshiri- 

luvchi faoliyatlariga faol  aralashuvi

Hayotiy 


kuzatish 

m a’lum otlarini 

qayd  etish  bi- 

langina  chek- 

lanib,  tasodifiy 

xarakterga  ega.

Ilm iy kuzatish 

m a’lum otlarni 

qayd  qilishdan 

ularning  ichki 

m ohiyatini 

tushuntirib  be- 

rishga  o‘tish, 

uning  zaruriy 

sharti  —  aniq 

reja  va  nati- 

jalarni  maxsus 

kundalik yoki 

bayonnoma- 

larda  qayd 

etishdir.

Laboratoriya 

eksperim enti  m ax­

sus  yaratilgan  sha- 

roitlarda,  maxsus 

(apparaturalar) 

asbob  uskuna- 

lar yordam ida 

o ‘tkaziladi. 

Tekshiriluvchi 

xatti-harakatlari 

ko‘rsatm a  orqali 

belgilanadi.

Tabiiy 


eksperiment 

oddiy  hayotiy 

sharoitlarda 

o ‘tkazilib,  turli 

yosh  davr­

larida bilish 

im koniyatla- 

rini  o ‘rganish 

uchun 

qo‘llaniladi.



Psixologik-pedagogik eksperim ent

Aniqlov-


chi

Shakl-


lanti-

ruvchi


Nazorat

Yordamchi  m etodlar

Faoliyat  m ahsulini  tahlil  qilish 

Tarjim ai hoi  m etodi

Sotsiometriya

A nketa


Suhbat

Egizaklar m etodi 

Test

2-rasm. Yosh va pedagogik psixologiya metodlari.

23



1.  Maqsadga  yo'nalganlik.  Umuman  o‘quvchini  emas,  balki 

uning  shaxsiy  sifatlari  konkret  namoyon  bo‘lishini  turli  vaziyat- 

larda  va  faoliyatning  har  xil  turlarida  —  o‘yin,  o‘qish,  mehnat, 

muloqot jarayonida kuzatish.

2.  Reja.  Kuzatishni  boshlashdan  oldin  muayyan  vazifalar 

belgilanishi  (nimani  kuzatish),  reja  tuzilishi  (vaqti  va  vosita- 

lari),  ko‘rsatkichlarni  aniqlab  olishi  (nimani  qayd  etish),  bo‘li- 

shi mumkin bo‘lgan  xatolar va ularni oldini olish yo‘llari,  taxmin 

qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim.  Bunda kuzatilayotgan 

xususiyat  aniq  belgilanishi  lozim  (ular  ko‘p  bo‘lmasligi  zarur). 

Kuzatishdan  maqsad  xulq-atvordagi  topilgan  kamchiliklarni 

to‘g‘rilash  yo‘llarini ishlab  chiqish bo‘lmog‘i  lozim.

3.  Mustaqillik.  Kuzatish  yo‘l-yo‘lakay  qilinishi  lozim  bo‘lgan 

emas,  balki  mustaqil  ravishda  o‘tkazilishi  kerak  bo‘lgan  vazifa 

bo‘lmog‘i lozim.

4.  Tabiiylik.  Psixologik-pedagogik  kuzatish  o‘quvchilar 

uchun  tabiiy  sharoitlarda  o‘tkazilishi  lozim.  U  o‘qituvchining 

ishtirokisiz  o‘tkazilishi  zarurki,  o‘quvchi kuzatilayotganini  sez- 

masin.

5.  Tizimlilik.  Kuzatish  o‘qituvchining  xohishi  bilan  emas, 



balki  doimiy  reja  asosida,  tizimli  ravishda  yoki  rejalashtirilgan 

m a’lum oraliqdan so‘ng  o‘tkazilishi  zarur.

6

.  Obyektivlik.  Kuzatish  jarayonida  o‘z  taxminlarini  emas, 



obyektiv  fakt,  harakat,  o‘quvchilar  xulq-atvorining  obyektiv  xu­

susiyatlarini  qayd  etish va  shu  asosda xulosa chiqarish lozim.

7.  Qayd  etish.  Olingan  barcha  ma’lumotlar  ma’lum  tizimda 

qayd etilishi lozim.  Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni 

o‘tkazilgandan so‘ng  darhol  qayd  qilinishi kerak.

Biroq kuzatish metodining  kamchiliklari ham mavjud.  Bular:

1.  Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.

2.  Qayd  etishdagi xatolar.

3.  Qaytarish imkonining yo‘qligi.

4.  Natijalarni tahlil  qilishdagi  subyektivizm.

24



Kuzatish metodining ijobiy tomoni  shundaki,  eksperimental ra­

vishda o‘rganish imkoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi 

xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati mavjud.

Kuzatish pedagogik  amaliyotda  qo‘llaniladigan  asosiy  metod- 

lardan biridir.  Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi  kerak.

Tug'ilgandan  2—3  oygacha  — har kuni;

2—3  oydan 

1

  yoshgacha  — har hafta;



Ilk bolalik,  ya’ni  1—3  yoshda  — har oyda;

3  yoshdan  6—7  yoshgacha  — yarim yilda  1  marta;

7—11  yoshda —  1  yilda  1  m arta kuzatish  o‘tkazilishi zarur.

Eksperiment  metodi.  Eksperiment  metodi  tabiiy  va  labora- 

toriya  eksperimenti  turlariga  bo'linadi.  Bu  metod  psixik  holatni 

ta’riflashgagina  emas,  balki  ularni  tushuntirib berishga  ham  im- 

kon beradi.

Kuzatishdan  farqli  olaroq,  psixologik  eksperiment  tadqiqot- 

chining  sinalayotgan  faoliyatga  faol  aralashuvi  mumkinligini  na- 

zarda tutadi.  Jumladan,  psixologik fakt  aniq namoyon bo‘lishiga, 

uning  tadqiqotchi  xohlagan  yo'nalish  bo‘yicha  o‘zgartirilishiga, 

har  jihatdan  tadqiq  qilish  uchun  bir  necha  martalab  takrorla- 

nishiga imkon beradigan  shart-sharoitni yaratadi.

Laboratoriya  eksperimentining  xarakterli  belgisi  faqat  uning 

laboratoriya  sharoitlarida  maxsus  psixologik  asbob-uskuna- 

lar  yordamida  o‘tkazishlarida  va  sinaluvchining  xatti-harakat- 

lari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi  bilangina emas,  balki sina- 

layotganligini  biladigan  sinaluvchi  (garchi,  odatda,  sinalayotgan 

kishi  eksperimentning  mohiyati  nimadan  iboratligini,  konkret 

nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) 

kishining munosabati bilan ham belgilanadi.  Laboratoriya eksperi­

menti yordamida  diqqatning  xossalarini,  idrok,  xotira va boshqa- 

larning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  tadqiq  qilish  mumkin.  Hozir­

gi  paytda  laboratoriya  eksperimentini  ko‘pincha  shunday  tarzda 

o‘tkazishadiki,  unda  odam  odatdagi  sharoitlarda  bajarishi  mum­

kin  bo‘lgan  faoliyatning  ba’zi  psixologik jihatlari  modellashtirilib 

qo‘yiladi.  Jumladan,  eksperimentda  anchagina  hissiy  zo'riqish

25



vaziyati  modellashtirilib,  uning  jarayonida  sinaluvchi,  masalan, 

kasbi-kori  uchuvchi  bo‘lgan  kishi  anglanilgan  yechimlar  qabul 

qilishi  mumkin.  Yuksak  darajadagi  uyg‘unlikni  taqozo  etadigan 

murakkab  harakatlar qilishi,  asboblardagi  ko‘rsatkichlarga  muno- 

sabat bildirishi va hokazolar belgilab  qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Tabiiy  eksperiment  (birinchi  marta  1910-yilda  A.F.  Lazur- 

skiy  taklif  etgan)  mo‘ljallanganiga  k o la,  eksperiment  olkazila- 

yotganini  biladigan  sinaluvchida  hosil  bo‘ladigan  zo‘riqishga  yo‘l 

qo‘ymasligi  va tadqiqotni odatdagi,  tabiiy sharoitlarga  (dars,  suh­

bat,  o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.

Masalan,  materialni yodlashning  samaradorligi uni uzoq vaqt 

xotirada  saqlab  qolish  to‘g‘risidagi  ko‘rsatmaga  bog‘liqligini  tad­

qiq  qilish  tabiiy  eksperimentga  misol b o la   oladi. 

0

‘quvchilardan 



bir  guruhi  o‘rganilishi  lozim  bolgan  material  bilan  tanishtirila- 

di va ushbu material yuzasidan  ertasiga  so‘ralishini aytadi.  Bosh­

qa  bir  guruhda  esa  o‘quv  materiali  xuddi  shunday  tarzda  o‘tilib 

bolgach,  o‘quvchilarga  olilg an   dars  bir  haftadan  so‘ng  so‘ralishi 

aytiladi.  Haqiqatda  esa  har  ikkala  guruhda  ham  o‘quvchilardan 

ikki  haftadan  keyin  so‘ralgan.  Ana  shu  tabiiy  eksperiment jara­

yonida  materialni  uzoq  vaqt  xotirada  saqlab  qolishga  mo‘ljallan- 

gan yo‘l-yo‘riqning  afzalliklari  aniqlanadi.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish