3.5.3. Teodolit turlari.
Teodolitlar bo`laklarining bir-biriga bo`lgan munosabatiga qarab oddiy,
takroriy va buriladigan limbli bo`ladi. Teodolit limbi aylanmasa, oddiy, aylansa—
1
0
takroriy bo`ladi. Takroriy teodolitda limb va alidada aylanganidan, har qaysisining
o`ziga xos siquvchi va qaratish vintlari bo`ladi.
Buriladigan gorizontal doirali teodolitda siquvchi va qaratish vintlari
bo`lmaydi. Gorizontal doira aylanish o`qidagi maxsus barabancha yordamida buriladi.
Teodolitlar metall limbli va shisha limbli bo`ladi. Limbi shishadan ishlangan
teodolitga optik teodolit deyiladi.
GOST 10529—79 bo`yicha metall limbli teodolitlar chiqarilmaydi.
Teodolitlar burchak o`lchashdagi aniqligiga qarab bir necha turga bo`linadi.
Burchakni bir priyom bilan o`lchashdagi o`rta kvadratik xato qiymatiga qarab
shifrlanadi. Masalan, burchakni bir priyom bilan o`lchashdagi xato 30'' bo`lsa,
teodolit shifri T30 kabi yoziladi, ya`ni «teodolit» so`zidan T harfi va aniqligi yoziladi.
GOST ga ko`ra optikaviy teodolitlar uch gruppaga bo`linadi va quyidagi shifr bilan
chiqariladi:
1. eng aniq teodolitlar—gorizontal burchak o`lchashda o`rta
kvadratik xatosi 1,0"; shifri T1;
2. aniq teodolitlar—xatosi ±2" dan ±7" gacha, shifri T2 va T5;
3. texnik teodolitlar—aniqligi ±15" dan ±30" gacha, shifri T15 va T30.
Bular bilan bir qatorda, o`quv teodoliti nomi bilan, to`g`ri tasvirli T60 shifrli
teodolit ham chiqariladi.
Bu teodolitlar bilan birga ularning takomillashtirilgani ham chiqariladi.
Chunonchi, marksheydrlik ishlarida qo`llaniladigan T15M va T30M shifrli teodolitlar;
T5K, T15K va T30K shifrli, kompensator o`rnatilgan teodolitlar; T1A, T2A, T5A shifrli,
ko`rish trubasi avtokollimastion okulyarli teodolitlar; T15K va T60 kabi to`g`ri tasvir
beruvchi yertrubali teodolitlar shifriga «P» harfi qo`shib yoziladi, masalan, T5KP
teodolita. GOST 10529—79 ga ko`ra, T1, T2, T6, T15, T30 teodolitlarining astronomik
trubalilari bilan bir qatorda yertrubalilarini ham chiqarish mo`ljallanadi.
Modifikastiyaning tartib nomeri shifr oldiga yoziladi; masalan, 2T5A kabi.
GOST ga binoan, T1 va T2 da sanoq limb diametrining ikki uchidan olinishi kerak. T1,
T2 va T5 larda qidiruvchi doira o`rnatiladi. T15 va T5 lar adilagi reversion qilib
ishlanadi.
1
0
Hozirgi texnik teodolitlarda vertikal doira va iplar to`rida dalnomer iplari
o`rnatilgan; ular vertikal burchak va masofani o`lchash uchun ishlatiladi va teodolit-
taxeometr deb ataladi.
Ba`zi teodolit trubalari ustiga maxsus moslama yordamida qo`yma adilak
o`rnatilgan, bu bilan ko`rish o`qi gorizontal holga keltiriladi. Bunday teodolit
yordamida nivelirlash ham mumkin. Metall limbli teodolit TT-5 (teodolit-taxeometr)
ko`proq tarqalganidan hozir ishlatiladi.
Teodolitlarning dalnomer koeffistienta K=100 0,54 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |