Teodolitning gorizontal o`qi vertikal o`qqa tik bo`lishi kerak (NN JJ).
Teodolitdan 10—20 m narida ilingan shovun ipiga truba yo`naltiriladi va u vertikal
tekislikda buralganda iplar to`ri kesishgan nuqtasi tasvirdan tashqariga chiqmasa,
shart bajarilgan bo`ladi. Bu shartning bajarilishiga zavod tomonidan kafolat beriladi.
Mabodo shart bajarilmasa, teodolit ustaxonada sozlanadi.
Iplar to`rining vertikal ipi teodolit gorizontal tekisligiga tik bo`lishi kerak.
Truba shovun chizig`iga qaratilganda, vertikal ip uning tasvirini qoplasa, shart
bajariladi. Aks holda iplar to`ri diafragma vintlari bo`shatilib buraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |