8-9-mavzular. I tovushi va Ii harfi. I tovushi va Ii harfini
mustahkamlash (2 soat).
Ii harfi va tovushining aytilishi, so‘zlardagi o‘rni bilan tanishtirish. So‘z
andozalaridan Ii tovush-harfining o‘rnini topish. Kesma harflar yordamida so‘zlar
tuzish va ularni o‘qitish.
10-11-mavzular. M tovushi va Mm harfi. M tovushi va Mm harfini
mustahkamlash (2 soat).
Mm harf-tovushi artikulyatsiyasi haqida tushuncha berish. Harf-tovushlarga
ilova qilib berilgan so‘zlarning ma’nolari haqida suhbatlashish va o‘qitish. So‘z
andozalaridan Mm tovush-harfining o‘rnini toptirish. Kesma harflar yordamida
so‘zlar tuzdirish va ularni o‘qitish. Sinfdan tashqari o‘qish -15 daq.
Do'stlaringiz bilan baham: |