2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari - 4 soat.
1-2-mavzular. “Yozuv daftari” bilan tanishtirish. Bir xil masofada
nuqtalar qo‘yish, chamalash qobiliyatini oshirish mashqlari (2 soat).
Osti ilmoqli kichik va katta tayoqchalar hamda quyoshchalar chizish. Harf
qismlarini yozish, qo‘l mashqi, doirachalar chizish, har bir shaklni to‘g‘ri va aniq
chizish.
3-4-mavzular. Usti ilmoqli kichik va uzun tayoqchalar hamda
bayroqchalar chizish (2 soat).
Kichik va yarim harf qismlarini yozish, qo‘l mashqlari va paxta rasmini
chizish.
II bo‘lim. ALIFBE DAVRI
(120 soat)
1. O‘qishga o‘rgatish - 60 soat
5-6-7-mavzular. O tovush va Oo harfi. N tovushi va Nn harfi. A tovushi
va Aa harfi (3 soat).
Oo, Nn, Aa harflari bilan tanishtirish. Harf va tovushga ilova qilib berilgan
so‘z andozalari asosida o‘tilgan harf-tovushning so‘zdagi o‘rni haqida tushuncha
berish. Kesma harflar yordamida so‘zlar tuzish va ularni o‘qitish. Sinfdan tashqari
o‘qish -15 daq.
Do'stlaringiz bilan baham: |