Nazorat ishi (1 soat)
A1+
Mavzu. Kirpitikan. Hamza Imonberdiyev (1 soat).
Kuzda barglarning to‘kilishi, hayvonlarning qish g‘amini yeyishi, ayrim
sayyohlar barglarni yoqishi, kirpitikan ularni o‘chirishi misolida tabiatni va toza
havoni asrashning ko‘rsatilishi. Ongli, to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish. Maqol,
topishmoq va tez aytishlar.
Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon
qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A1
hikoya, ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi;
matnlarni ifodali, to‘g‘ri va tez o‘qiy oladi;
o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va
hikmatli so‘zlarni topa oladi;
matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga
qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi;
o‘rganilgan mavzular doirasida kichik hajmli matn asosida bayon yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |