VIII bo‘lim. QUSHLAR, HAYVONLAR – BIZNING DO‘STIMIZ
(5 soat, A1+: 2 soat )
89-mavzu. Bulbuljonim kuylasin. Quddus Muhammadiy (1 soat).
Qushlar – bizning do‘stimiz. Bulbulning xush ovozi. Qushlar haqidagi
maqol va topishmoqlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
90-mavzu. Chumchuq bola. O‘ktam Usmonov (1 soat).
Qushlarning inson hayotidagi o‘rni va ularga munosabat. Boboxonning
chumchuq bolasini qiynashi. Tal’at qushchani ayirboshlashi. Qushcha erkinlikda.
Boboxonning hayrati. O‘quvchilarni qushlarni asrashga o‘rgatish. Qushlar
haqidagi maqol va tez aytishlar. Ongli, tez va ifodali o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |