Mavzu. Sehrli qalam. Turg‘unboy G‘oyipov (1 soat).
Har qanday ishni bilib, o‘rganib bajarish natija berishi. Sehrli qalam ham
faqat chizishni bilganlar uchun ekanligi, bilish uchun o‘qish-o‘rganish kerakligi
haqida tushuncha. Matnni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish. Matn mazmuniga doir
maqol va topishmoqlar.
23-mavzu. Uyg‘on. Mirtemir (1 soat).
Tongda tabiatning uyg‘onishi. Erta turishning afzalligi. She’r mazmuniga
mos maqol, topishmoq va tez aytish. Topishmoq – xalq og‘zaki ijodi turi. She’rni
ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
24-mavzu. Mukofot. Ne’mat Toshpo‘lat (1 soat).
O‘rmondagi maktab. O‘rmon hayvonlari misolida bilim olishga va kitobga
munosabat. Kitobni asrash. Kitobni asragan va yaxshi o‘qiganlarga mukofot. Ertak
mazmuniga taalluqli maqol va tez aytishlar. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |