Mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat)
Nazorat ishi (1 soat).
II bo‘lim. MAKTABIM – QUTLUG‘ MAKONIM,
KITOBIM –OFTOBIM
(15 soat, A1+: 8 soat)
20-mavzu. Maktab. Umida Abduazimova (1 soat).
Maktab, ilm o‘rganish va kitobning bola hayotidagi o‘rni. Kitob katta boylik
ekanligi. Maktab – muqaddas dargohligi. She’r mazmuniga doir maqol va
topishmoqlar. She’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish.
21-mavzu. Ilm. Abdulla Avloniy (1 soat).
Ilm – dunyoning ziynati. Madaniyat va ma’rifat. Ilmsiz inson.
Hayotimizning ilmga bog‘liqligi. Ilm haqidagi hikmatlar, maqollar. Ongli, ifodali,
to‘g‘ri, tez o‘qish.
22-mavzu. Sinfdan tashqari o‘qish (1 soat).
A1+
Mavzu. Ko‘chamda bor bir bola. Do‘stjon Matjon (1 soat).
O‘quvchi mas’uliyati, hech kimning gapiga kirmaslik, past o‘qishning
oqibati. Matnni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish. Matn mazmuniga doir maqol va
topishmoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |