G‘azapdan o‘zingni asra, chunki u tufayli inson
ishlarini, ezgu maqsatlarini unutadi.
A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 1ta
62. "O‘tkan kunlar" romanida qipchoqlarga qarshi
bo‘lgan qora choponlar tarafdori sifatida ko‘rsatilib
tuhmat bilan qamalgan qahramonlar nomi qaysi javobda
keltirilgan?
A)Yusufbek hoji, Otabek, Hasanali
B)Otabek, Mirzakarim qutidor, Ziyo Shohichi, Rahmat
C)Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Hasanali
D)Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Ziyo
Shohichi, Rahmat
63. Quyidagi qaysi gap(lar)da yotmoq fe’li ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida yetakchi fe’l bo‘lib
kelgan?
1. Yorug‘, keng xonadagi karavotlarning birida
qirq yoshlar chamasidagi ayol yotardi.
2. Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib, yo‘l chetida qoqigullar,
lolalar, chuchmomalar qiyg‘os ochilib yotar edi.
3. Bola chalqancha yota olmay qiynaldi.
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2 D) 3
64. “Podsho buyurib, bir tuv biyani tulup qilib so‘yib,
ikkovini zich qilib, xom teriga tiqib, darvozadan
chiqarib, bir asovning dumiga taqib, bir cho‘l-jaziraga
qaratib, ko‘p odam chuvlab hurkitib, haydab yubordi”.
Ushbu parchada qaysi doston qahramonlarining
jazolanishi ifoda etilgan?
A) “Kuntug‘mish” B) “Oygul bilan Baxtiyor”
C) “Ravshan” D) “Alpomish”
65 Qaysi javobda Nizomiy Ganjaviyning Shoh
Iskandar haqida yozilgan dostoni nomi berilgan?
A) “Xiradnomayi Iskandariy” B) “Iskandarnoma”
C) “Oyinayi Iskandariy” D) “Saddi Iskandariy”
66. Millatlarni elatlarni deydi ijodkor buyuk do‘stlik
birlashtiradi
Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib
qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib
bilan to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) « ─ » , ─ .
B) : « » , ─.
C) « , , ─ , ─ ».
D) « , ─ , ─ ».
67. O‘smirlarimiz xalqaro turnirlarda g‘alaba
qozonmoqdalar. O‘zbekning dovrug‘ini olamga
yoymoqdalar.
Ushbu gapda yoymoq so‘zi qaysi ma’noda
qo‘llangan?
A)Taxlangan, o‘ralgan narsalarni ochmoq.
B)Kichik-kichik guruhlarga bo‘linib ketmoq.
C)Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq.
D)Tevarak-atrofga anqimoq.
68. Qaysi javobda o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir
xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan?
A)Do‘stimdan juda minnatdorman: undan irodali
bo‘lishni o‘rgandim.
B)Kitoblar – insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki.
Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin.
C)Yigitning lablari pir-pir uchar edi, u qo‘rquvdan
atrofga alanglar edi.
D)Vatan sajdagoh kabi muqaddas sanaladi. Uni hamisha
asrab-avaylaymiz.
69. . . . XVIII asr oxiri – XIX asr 20-yillarida Qo‘qonda
yashab ijod qilgan mashhur masalnavis adib va hassos
shoirdir. U she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Avaz O‘tar B) Zavqiy C) Turdi Farog‘iy D) Gulxaniy
70. Bu asarda Turg‘un, Nurxon, Haydar soqov va Shokir
mishiqi kabi tengdosh bolalar obrazlari orqali bola
tabiatiga xos bo‘lgan xarakter xususiyatlari ham ochib
berilgan.
Ushbu parchada qaysi asar haqida fikr yuritilgan?
A)"Bolaning ko‘ngli poshsho" hikoyasi
B)"Fanorchi ota" hikoyasi
C)"Uloqda" hikoyasi
D)"Mening o‘g‘rigina bolam" hikoyasi
71. Qaysi javobda “Qutadg‘u bilig” asari haqida to‘g‘ri
ma’lumot berilgan?
A)Ushbu asar ramali musaddasi mahzuf vaznida
yozilgan.
B)Ushbu asar nasriy didaktikaning noyob namunasi
sanaladi.
C)Ushbu asar doston janriga mansub bo‘lib, u masnaviy
yo‘lida yozilgan.
D)Ushbu asar Nosiruddun To‘qbug‘aning iltimosiga
binoan yozilgan.
72. Bosh gapi egasi yashiringan gap bo‘lgan to‘ldiruvchi
ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A)Agar onang aytmasa, bu yerga qadam bosmasding.
B)O‘zingiz nimani xohlasangiz, boshqalarga ham shuni
ravo ko‘ring.
C)Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
D)Shuni siz ham bilib qo‘yingki, onaxonning hurmatini
joyiga qo‘yish kerak.
73. "Mirzo Ulug‘bek" fojiasida qatnashmaydigan obraz
berilgan javobni aniqlang.
A) Buqalamun B) Ota Murod C) Berdiyor
D) Sakkokiy
74. Navoiyning qaysi g‘azalida “ko‘hkan”, ya’ni tosh
yo‘nuvchi timsoli orqali Farhodga ishora qilinadi?
A)“Qilg‘il” radifli g‘azali
B)“Kelmadi” radifli g‘azali
C)“Bo‘l” radifli g‘azali
D)“Yo‘q” radifli g‘azali
75. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan?
A)tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq
B)ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq
C)do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq
D)tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig‘iday asramoq
Do'stlaringiz bilan baham: |