3.Qaysi javobda kasr son berilgan?
A)Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
B)Ular ikkitadan saf tortishdi.
C)Sodiqjon birinchi marta ota qishlog’iga bordi.
D)Hamma yerim – o’ttiz gektar.
4. Quyidagi nuqtalar o’rniga qaysi so’zni qo’yish uslubiy
jihatdan to’g’ri sanaladi?
Keksalarning nuroniy … xonadonlar yorishganday
bo’ladi.
A)aftidan B)yuzidan C)betidan D)ruxsoridan
5.Qaysi gapda bosh harflar bilan yozish qoidasiga amal
qilingan?
A)1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik
kuni deb e’lon qilindi.
B)O’zbekiston Oliy majlisi qonun chiqaruvchi organ
sanaladi.
C)Ukam Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida
o’qiydi.
D)”Lazzat” Oshxonasida milliy taomlar tayyorlanadi.
6. Agar qo’shma gap qismlari orasida izoh munosabati
ifodalansa, qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A)Nuqtali vergul B)Tire C)Vergul D) Ikki nuqta
7.Qaysi javobda ot so’z turkumiga oid so’z ko’chma
ma’noda qo’llanilgan?
A)majnuntolnig sochlari B)shabadaning yugurishi
C)qalin do’st D)g’amgin qoyalar
8.Quyida berilgan so’zlar juftligidan qo’shma so’z
yasalganda nechtasi qo’shib yoziladi?
Javob//bermoq, Olti//ariq, har//kim, erk//sevar,
hech//qachon, shirin//so’z, ming//oyoq
A)2 ta B)1ta C)5 ta D)4 ta
9.Modal so’z ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) – Tss, – dedi Sayyora barmog’ini labiga bosib.
B) O’, ma’lumotli ekansiz–ku!
C) Xayriyat, siz ham bizga hamrohlik qilar ekansiz.
D) – Hey, menga qara, Gulchehra, – dedi u.
10.Otli so’z birikmasi berilgan javobni aniqlang?
A)chiroyli kiyingan
B)osmon kabi
C)Akam – muhandis.
D)qizlarning shivir-shiviri
11. Bosh gap ergash gapdan oldin kelgan javobni
aniqlang?
A)Agar yana maktabga bormasang, seni o’zim
jazolayman. B)Shuni bilingki, Vatan muqaddasdir.
C)Bir vaqt qarasam, oyoqlarim o’z-o’zidan yurib
ketyapti.
D)Bu kitoblar kelgusi avlodlarga ham eson-omon yetib
borishi kerak, shuning uchun ularni asrab-avaylash
bizning burchimizdir.
12.Qaysi javobda tasviriy ifodaning izohi to’g’ri
berilgan?
A)kumush tola – sharshara
B)zangori ekran – televizor
C) dala malikasi – paxta
D) mo’yqalam ustalari – arxitektorlar
13.Qaysi gapda makon-zamon sifatlari bor?
A)Yozgi harakat – kuzgi barakat.
B)Yomonning bir qilig’i ortiq.
C)Yo’llarimda zangori ko’llar, oyna kabi tiniq va bejon.
D)Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi.
14.Qaysi gapda qo’shimcha qo’shilishi ta’sirida imloviy
xatolik yuz bergan?
A)Bir kabutar ayvon peshtog’iga qo’nibdi-da, tinmay
sayrayveribdi.
B)O’z huquqini bilmagan bu yigitlar odam savdosi bilan
shug’ullanuvchi kishilarning qo’liga tushib qolgan edi.
C)Shu payt qo’lidagi shildirog’ini o’ynagancha kichik
o’g’li kirib keldi.
D)Vatan ravnag’iga munosib hissa qo’shayotgan
farzandlarimiz bilan faxrlanamiz.
15.Yomonning oshnasi bo’lmas.
Ushbu maqolda qo’llangan oshna so’zining sinonimi
qaysi javobda xato berilgan?
A) og’ayni B) o’rtoq C) do’st D) raqib
O’zbekiston Tarixi
Do'stlaringiz bilan baham: |