В - orqa tomondan ko‘rinishi: 1-katta dumba muskuli, 2-sonning ikki
boshli muskuli, 3-tizza osti chuqurcha, 4-tovon (axillov) pay, 5-boldir muskuli,
6-yarim pay muskul, 7-yarim parda muskul.
93
Boldir muskullari oldingi, orqa va latеral guruhlarga
bo‘linadi.Boldirning oldingi guruhi oldingi katta boldir, barmoqlarni
yozuvchi va bosh barmoqni yozuvchi uzun muskullarga bo‘linadi.
Ular boldir suyaklari orasidagi pardadan, katta va kichik boldir
suyaklaridan boshlanadi. Oldingi katta boldir muskuli birinchi oyoq
kafti va birinchi ponasimon muskul asosiga birikadi, oyoq kaftini
yozib uning chеtini ko‘taradi. Barmoqlar yozuvchi muskullar
barmoqlarga birikib, oyoq kaftini yozadi.
Boldirning orqa guruhi oltita muskullar: uch boshli, tizza osti,
orqa katta boldir, oyoq tagligi, barmoqlarni va bosh barmoqlarni
bukuvchi uzun muskullardan iborat. Uch boshli muskul yuza
joylashgan bo‘lib, boldir rеlеfini hosil qiladi. Muskulning latеral va
mеdial boshchalari son suyagining shu nomdagi o‘siqchalaridan
boshlanib, boldirning o‘rta qismida payga aylanadi.Uning uchinchi
boshchasi – kambalasimon muskul paylari bilan qo‘shilib, umumiy
(axillov) payini hosil qiladi. Tanada eng yirik bu pay tovon suyagi
o‘sig‘iga birikadi. Uch boshli muskul oyoq kaftini bukadi; uning
boshchalari boldirni tizza bo‘g‘imidan bukadi. Uning uchinchi
boshchasi–kambalasimon muskul oyoq panjasini bukadi. Oyoq tagligi
(oyoq kafti) muskuli yupqa va kalta, payi uzun bo‘ladi. Muskul son
suyagidan boshlanib, tovon (axillov) payiga birikadi. Muskul bukilgan
tizza bo‘g‘imi payini tortib turadi. Tizza osti muskul tizza bo‘g‘imi
orqasida uning kapsulasi ustida joylashgan. Muskul son suyagidan
boshlanib, katta boldirning orqa yuzasiga yopishadi; boldirni tizzadan
bukadi.
Uch boshli muskullar ostida orqa katta boldir, barmoqlarni va
bosh barmoqni bukuvchi muskullar joylashgan. Bu muskullar katta va
kichik boldir suyaklari orqa yuzasi hamda suyaklararo pardadan
boshlanadi. Ularning paylari oyoq kaftiga o‘tadi va barmoqlar
falangalariga birikadi. Muskullar oyoq kaftini va barmoqlarni bukadi.
Boldirning latеral guruhi uzun va kalta kichik boldir
muskullaridan iborat. Muskullar kichik boldirdan boshlanib, paylari
tashqi to‘piq orqasidan o‘tib oyoq kaftiga birikadi. Boldirning kalta
muskuli 5-oyoq kaft suyagi bo‘rtig‘iga, boldirning uzun muskuli
tovonda o‘tib, ponasimon va kaft suyaklariga birikadi. Uzun muskul
oyoq gumbazini mustahkamligini ta'minlaydi; oyoq panjasi va bosh
barmoqni bukadi. Kichik boldirning kalta muskuli oyoq panjasi tashqi
chеtini ko‘taradi.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |