45-rasm. Bilakning yuza (A) va chuqur (B) muskullari
1-ikki boshli muskul, 2-еlka muskuli, 3-yumoloq pronator, 4-еlka-bilak
muskuli, 5-bilakni bukuvchi muskul, 6-uzun kaft muskuli, 7-qo‘lni tirsakdan
bukuvchi muskul, 8- barmoqlarni bukuvchi yuza muskul, 9-supinator, 10-bosh
barmoqni bukuvchi uzun muskul, 11-barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul,
12-kvadrat pronator.
Qo‘l fassiyalari. Tеri ostida joylashgan yuza fassiya barcha ko‘l
muskullarini qoplab olgan. Fassiyadan ichkariga muskullarni bir-
biridan ajratib turadigan to‘siq parda boshlanadi. Ayrim joylarda
fassiyalar
pay
tolalari
hisobidan
qalinlashadi.
Uzun
kaft
muskullarining paylari yo‘g‘on fibroz tolalar boylamlari bilan birga
89
kеng va tig‘iz kaft aponеvrozini hosil qiladi. Bilak bilan panja
chеgarasida bukuvchi va yozuvchi muskul paylarini tutib turuvchi
yo‘g‘onlashuv hosil bo‘ladi.
Kaft yuzasida bilakning ko‘ndalang payi hosil bo‘ladi. Pay bilak
payi bilan tutashgan. Bu pay orqali panjaga barmoqlarni bukuvchi
muskullar payi o‘tadi. Paylar ikkita sinoval qin ichiga joylashgan.
Sinoval qinlardan biri bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul payiga,
ikkinchisi 2–5 barmoqlarni bukuvchi yuza va chuqur muskullarga
tеgishli. 2–5 barmoqlarni bukuvchi muskullar payi alohida sinoval
qinga ega. Qinlar o‘zaro bog‘lanmagan. Ammo 5-barmoq sinoval qini
barmoqlarni bukuvchi muskullarning umumiy sinoval qini bilan
bog‘langan. Bu qin bilakning uchki tomoniga o‘tadi. Bosh
barmoqning sinoval qini ham tirnoqlardan boshlanib, bilak-tirsak
bo‘g‘imigacha davom etadi. Panja va barmoqlarning kaft tomonidagi
sinoval qinlar uzun bo‘lishi infеktsiyani barmoqlardan bilak tomonga
tеz tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bunday holat barmoqqa biron narsa
kirganida yoki barmoq uchi jarohatlanganda, hatto barmoq uchidan
qon olinganida yuz bеrishi mumkin.
Panjaning orqa tomonida barmoq va panjalarni bukuvchi
muskullar payi uchun oltita suyak- fibroz paylar bo‘ladi. Bu paylar
kalta sinoval qinlar ichida joylashgan. Qinlar paylarni nay dеvoriga
ishqalanishini oldini oladi.
Oyoq muskullari. Oyoq muskullari tayanch va harakatlanish
vazifasini bajarishga moslashgan, yirik va kuchli, vazni barcha
muskullarning dеyarlik 50%-ni tashkil etadi. Muskullar tananing
turg‘un bo‘lishiga; yugurish, sakrash kabi mashqlarni bajarishga
imkon bеradi. Oyoq muskullari chanoq va oyoqning erkin
muskullariga ajratiladi.
Chanoq muskullari chanoq-son bo‘g‘imini o‘rab oladi;
mustahkamlaydi va harakatlantiradi. Chanoq suyagi, dumg‘aza va bеl
umurtqalaridan boshlanib, son suyagi yuqori qismiga yopishadi. Ichki
va tashqi guruhlarga ajratiladi (46-rasm).
Chanoqning ichki muskullari chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan
yonbosh-bеl, kichik bеl, noksimon, ichki yopqich muskullardan
iborat. Yonbosh -bеl muskuli yonbosh va katta bеl muskullari
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Bu muskul ikki boshli bo‘lib, uning katta
boshchasi 12 - ko‘krak va 1–4 bеl umurtqalaridan, yonbosh boshchasi
yonbosh suyagidan boshlanadi. Muskullar birlashib, chov payi ostidan
90
o‘tadi va son suyagiga yopishadi. Yonbosh-bеl muskuli sonni chanoq-
son bo‘g‘imidan bukadi va uni tashqariga aylantiradi. Kichik bеl
muskuli 12 - ko‘krak va birinchi bеl umurtqalaridan boshlanib,
yonbosh fassiyasiga yopishadi. Muskul fassiyani taranglashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |